Loyihalash texnologiyasining asosiy tezisi: «O'rganilayotgan bilim, ko'nikmalar menga nima uchun zarurligi va undan qayerda va qay tarzda foydalanishni bilaman» sanaladi. Bu tezis o'quvchilarning fan asoslarini ongli o'zlashtirishlari, hayotga moslashishlari va mo'ljalni to'g'ri olishlariga yordam beradi. Biologiyani o'qitishda o'qituvchi loyihalash texnologiyasidan o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda nafaqat darsda o'quv muammolarini hal etishda, balki darsdan va sinfdan tashqari ishlarda ham ijodiy muammolarni hal etishda foydalanishi zarur. Loyihalash texnologiyasida foydalanish o'quvchilarga individual va differensial yondashish imkonini beradi. Har bir loyiha o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi, shu sababli ular ma’lum belgilariga ko'ra quyidasicha tasniflanadiLoyihada ko‘zda tutilgan faoliyatning ustunligiga ko'ra: tadqiqot xarakteridagi loyihalar; ijodiy xarakterdagi loyihalar; rolli loyihalar; amaliy xarakterdagi loyihalar; izlanish va mo'ljal olishga mo'ljallangan loyihalar. Loyihalarning predmeti va mazmuniga ko'ra: bir fan sohasini qamrab olgan loyihalar; fanlararo izlanishni talab etadigan loyihalar. Loyihalar xarakteriga ko'ra: aniq natija olishga mo'ljallangan loyihalar; ko'p yo'nalishli natija olishga mo'ljallangan loyihalar. Loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar soniga ko'ra: yakka tartibdagi loyihalar; ikki o'quvchiga moMjallangan loyihalar; o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo'ljallangan loyihalar. Loyiha ko‘lamiga ko'ra: bir sinf o'quvchilariga mo'ljallangan loyihalar; maktab o'quvchilariga mo'ljallangan loyihalar; shahar miqyosida hal etilishi mo'ljallangan loyihalar; mamlakat miqyosida hal etilishi mo'ljallangan loyihalar; dunyo miqyosida hal etilishi mo'ljallangan loyihalar.