Mavzu: pedagogik jarayonni loyihalash texnologoyasining tasnifi



Yüklə 61,81 Kb.
səhifə7/13
tarix16.06.2023
ölçüsü61,81 Kb.
#131503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Boyirova Gavhar

1-bosqich - tayyorlov: “loyihaga kirish” fazasi
Bunda talabalar quyidagilarni amalga oshirishadi:

  • vaziyatga moslashish;

muammoni shaxsan o`zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o`qituvchi bilan muloqatning xarakteri.
Talabalar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo`yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo`lsa:
- guruhlarga birlashishadi;
- loyiha bo`yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
- loyiha bajarish bo`yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
-uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi; -natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
-loyiha ma’suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.


2.2. Biologiyani o'qitishda loyihalash texnologiyasi
Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi, chunki, u 1920- yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan. Hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, BraziliyavaNiderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlaming ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. J. Dyu o'qitishni o'quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda o'quvchilarning muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o'quvchilarga o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga qo'llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yo'llarini ko'rsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'liq holda o'qitish lozimligini uqtirgan.
Bu jarayonda o'quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni aw al o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalarini amaliyotga qo'llab hal etish orqali yangi bilim, ko'nikma va malakalami o'zlashtiradilar. O'quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o'qituvchi ularga tegishli ko'rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalami tavsiya etishi, o'qitishdan ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini ko'rsatishi, buning uchun muammoni hal etishda o'quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir.


Agar nazariy muammoni loyihalash lozim bo'lsa, uning aniq yechimi, agar amaliy muammo bo'lsa, amaliyotga qo'llash masalasi bo'yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqish lozim. O'quvchilar ushbu natijaga erishish uchun mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini egallagan bo'lishlari, muammoni anglash va uni hal etish yo'llarini izlashlari bu borada aw al o'zlashtirgan bilimlaridan foydalanishlari, fanning turli sohalarida izlanishlar olib borishlari, olinajak natijalarni bashorat qilish, turli yechimdagi variantlar ishlab chiqish, sabab-oqibat bog'lanishlarini tasaw ur qilishlari zarur. Loyihalash texnologiyasining asosiy mohiyati ma’lum bir muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning qiziqishlarini orttirish, loyihalash faoliyatini shakllantirish, ularning tegishli bilimlarni egallashlari, fanlararo bog'lanishlarni amalga oshirish sanaladi.

Yüklə 61,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin