Mavzu: pedagogik jarayonni loyihalash texnologoyasining tasnifi



Yüklə 61,81 Kb.
səhifə1/13
tarix16.06.2023
ölçüsü61,81 Kb.
#131503
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Boyirova Gavhar


MAVZU: PEDAGOGIK JARAYONNI LOYIHALASH TEXNOLOGOYASINING TASNIFI
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………..3
Asosiy qism
I-BOB. Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy tasnifi
1.1.Pedagogik jarayonni loyihalash texnologiyasining umumiy tasnifi……….........................................................................................................4
1.2. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari…………………………….......9
II-BOB. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi mazmun tasnifi
2.1. Loyihaviy ta’lim texnologiyasi tasnifi………………….......15
2.2. Biologiyani o'qitishda loyihalash texnologiyasi
Xulosa…...………………………………………………………………….33 Foydalanilgan adabiyodlar……………………………………….……...34

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarilib, o`quvghi yoshlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo`lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro`yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg’ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g’risida’’gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi’’ning maqsad va vazifalari hayotga izchil joriy etilishi natijasida yurtimizda 1 ming 500 dan ziyod o`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari barpo etildi.
Mamlakatimizdagi 1411 ta kasb-hunar kollejlarida yoshlarimiz bir nechta ixtisoslik bo`yicha zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab kelmoqda.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari qoshida 144 ta akademik litsey tashkil etilgan bo`lib, ularda aniq, tabiiy, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar hamda madaniyat va san’at yo`nalishlari bo`yicha, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalar asosida zamonaviy o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlangan kabinetlarda yosh avlodga puxta bilim berilmoqda. Ushbu maskanlarni har yili o`rtacha 35 ming nafar yigit-qiz bitirib chiqmoqda.
Akademik litseylarning faoliyatini ular joylashgan hududning demografik, iqtisodiy va boshqa omillarini hamda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish natijalari nuqtai nazaridan olib borilgan tahlillar bu sohadagi ishlarning qoniqarli emasligini ko`rsatmoqda. Hozirgi paytga kelib akademik litseylar sonini optimallashtirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish va mazmunini yangilash, ularni bitirib chiqayotgan yoshlarning oliy ta’lim muassasalariga o`qishga kirish ko`rsatkichlarini tubdan yaxshilash bo`yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo`lmoqda.[2]
Mazkur sohadagi mavjud muammolarni hal etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g’risida»gi 2829- sonli qarori 14-mart 2017 yilda qabul qilindi.
Ushbu qaror akademik litseylarda o`quv jarayonining sifati va samaradorligini oshirish, bu maskanlarda ta’lim berish uchun umumta’lim maktablarining eng qobiliyatli bitiruvchilarini saralab olish, yoshlarning o`zlari tanlagan kasb va mutaxassisliklarni egallashga bo`lgan orzu-intilishlariga erishmog’i uchun yanada keng sharoitlar yaratish kabi aniq maqsadlarga yo`naltirilgan bo`lib, unda quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
bugungi kunda moddiy-texnik va o`quv-metodik bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan 4 ta akademik litsey faoliyati tugatiladi hamda oliy ta’lim muassasalaridan uzoqda joylashgan, ta’lim sifati va bitiruvchilarining institut va universitetlarga o`qishga kirish ko`rsatkichlari past bo`lgan 54 ta akademik litsey bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantiriladi;
investitsiya dasturi loyihasi va qurilishlarning manzilli ro`yxatlarini shakllantirishda akademik litseylar negizida tashkil etiladigan kasb-hunar kollejlari uchun yangi o`quv ustaxonalari qurish uchun mablag’lar ajratishga alohida e’tibor qaratiladi;
kasb-hunar kollejlariga aylantirilayotgan akademik litseylarning 2 va 3-bosqich o`quvchilari o`qishni tugatgach, yaqin hududda joylashgan, ta’lim yo`nalishi o`xshash bo`lgan akademik litseylarda yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi va davlat namunasidagi akademik litsey bitiruvchisi diplomini oladi;
oliy ta’lim muassasalarining yuqori malakali professor-o`qituvchilarini akademik litseylarda dars berishga kengroq jalb qilish maqsadida akademik litseylardagi o`qituvchilik faoliyatiga soatbay haq to`lash miqdori oliy ta’lim muassasalarida mehnatga soatbay haq to`lash miqdoriga tenglashtiriladi;
ta’limning uzluksizlik va uzviylik tamoyillariga rioya qilgan holda iqtidorli o`quvchilar bilan ish olib borish doirasida ayrim fanlar chuqur o`qitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablari bilan akademik litseylar o`rtasida o`zaro ta’sirchan hamkorlik mexanizmi yo`lga qo`yiladi.

Yüklə 61,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin