1.2. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari. Ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uning izchilligi va uzluksizligini ta’minlashga erishish testlari etuk mutafakkirlar hamda ilg’or pedagoglarning diqqat-e’tiborlarini jalb etib kelgan. Axborotlar almashinuvining globallashuvi, shuningdek, ilm- fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida ro`y berayotgan ilmiy yangiliklarning son va sifat jihatidan keskin o`sib borishi o`z- o`zidan o`quvchilarga ular borasida tezkor sur’atda va batafsil ma’lumotlar berishni kun tartibiga qo`ymoqda. Ushbu talabning ijobiy ravishda qondirilishi, eng avvalo, ilmiy-nazariy hamda amaliy bilimlarni o`zlashtirishning qulay, maqbul shakli bo`lgan ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishi o`quv manbalari (o`quv dasturi, rejasi, darslik, qo`llanmalar) saviyasi, shuningdek, pedagogning bilim darajasi va pedagogik mahoratiga bevosita bog’liqdir.
Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llashda o`quv dasturi mazmunining mukammalligi, darslik hamda qo`llanmalarning zamonaviy talablar asosida yaratilganligi, o`quv rejasi mohiyatining nazariy va amaliy xususiyatlariga ko`ra yagona maqsadga erishish uchun xizmat qilishi, mashg’ulotlarni samarali tashkil etish imkonini beruvchi pedagogik shart-sharoitlarning mavjudligi, o`qituvchi hamda o`quvchilar o`rtasida ijobiy, samimiy munosabatlarning qaror topishi kabi testlar inobatga olinadi.[7,8]
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo`llashning yana bir omili - bu muayyan, yaxlit ta’limiy jarayonni oldindan loyihalash, o`quvchilar tomonidan o`zlashtiriladigan nazariy va amaliy bilimlar, ko`nikma va malakalar darajasini tashhislash hamda ta’lim maqsadining muvaffaqiyatli natijalanishini avvaldan bashoratlay olishdan iboratdir. Ayni vaqtda pedagogik yo`nalishda faoliyat olib borayotgan ilmiy tadqiqot institutlari, xalq ta’limi muassasalari va oliy o`quv yurtlari oldida o`quv jarayonini loyihalashning eng maqbul, barcha turdagi o`quv muassasalarida shakli, metod va vositalaridan qat’iy nazar tashkil etiladigan ta’lim jarayoni uchun birdek xizmat qiluvchi andozani yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu borada muayyan muvaffaqiyatlar ham qo`lga kiritilgan, ular to`g’risidagi ma’lumotlarga biz pedagogik texnologiya va uning mohiyatini ochib beruvchi, chunonchi, B.P.Bespalko, M.V.Klarin, V.Slastenin, M.O.Ochilov, N.Saidahmedov, K.Zaripov va boshqalar tomonidan yaratilgan adabiyotlar orqali xabardor bo`lishimiz mumkin. quyida biz yuqorida nomlari keltirilgan pedagog olimlarning nazariy qarashlariga tayangan holda ta’lim jarayonini loyihalash borasidagi mulohazalarni bayon etamiz.[9]
Muayyan o`quv mashg’uloti jarayonining loyihasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlardan iborat bo`ladi: