Loyiha muddatiga ko'ra: qisqa muddatli; uzoq muddatlilarga ajratiladi. Tadqiqot xarakteridagi loyihalar. Ushbu loyihalaming tuzilishi juda yaxshi ishlangan, jumladan, loyihada ishtirok etadigan qatnashchilar uchun tadqiqot predmeti, dolzarbligi, ijtimoiy ahamiyati, foydalaniladigan metodlar, tadqiqotlar va tajribalar o'tkazish, natijalarni rasmiylashtirish metodlari aniq bo'lishi kerak. Mazkur loyiha mantiqan to'lig'icha ilmiy-tadqiqot muammolariga yaqinlashgan va uning yechimiga mos va bo'ysingan bo'lishi kerak. Loyihaning ushbu turi tadqiqot mavzusining dolzarbligi, tadqiqot muammosining predmeti va obyekti, vazifalarning izchil va bosqichma-bosqich aniqlanishi, muammolarni hal etish bo'yicha farazlami ilgari surish, uni hal etishning tadqiqot o'tkazish va tajribalar qilish yo'llarini ishlab chiqish, olingan natija va xulosalarni muhokama qilish, rasmiylashtirish, tadqiqotni davom ettirish uchun yangi muammolar belgilanishi lozim. Biologiya o'qituvchisi bu toifadagi loyihalardan darsda va sinfdan tashqari mashg'ulotlarning ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan mashg'ulotlarida foydalanishi mumkin. Botanika o'quv kursida o'simlik organlarini o'rganib bo'lgandan so'ng, «O'simlik — yaxlit organizm» mavzusini o'rganishda o'quvchilarga quyidagi loyiha tavsiya etiladi. Loyiha mavzusi: o'simlik yaxlit organizm. Loyihaning maqsadi: o'simlik organlarining tuzilishi va funksiyasini hisobga olgan holda uning yaxlit organizm ekanligini isbotlash. Loyihaning mazmuni: o'simliklarning vegetativ va generativ organlarining tuzilishi va funksiyasini qayd etgan holda o'simlik yaxlit organizm ekanligini isbotlang. O'simlik organlari o'rtasidagi bog'lanishlar aks etgan jadvalni tuzing va shu asosda flkrlaringizni dalillang. Jumladan, «Qizil lola» jamoasining monitoringini tuzish» mavzusidagi loyiha iqtidorli o'quvchilar bilan ishlashda, ayniqsa, qo'l keladi. Loyiha mavzusi: qizil lola jamoasi monitoringini tuzish. Loyiha maqsadi: qizil lola jamoasining hozirgi tarkibi, uning kelgusidagi o‘zgarishi va ulami saqlab qolish chora-tadbirlarini belgilash. Loyihada foydalaniladigan metodlar: kuzatish, matematik statistika, eksperiment, tajribalar o'tkazish, umumlashtirish va rasmiylashtirish. Topshiriqning mazmuni: Agar qizil lola o‘sadigan maydonning 100 metr2 da 100 ta lola uchrasa, shu maydondagi lolalarning soni 10 yil davomida qanday o‘zgarishini yillar bo‘yicha hisoblab toping. Mazkur o ‘zgarishlarni grafik shaklda tasvirlang. Eslatma: qizil lola ko'sakchasida 6 ta urug* yetilib, urug'dan chiqqan nihol 9—10 yilda gullaydi. Har bir tup lolada bir yilda 4 ta piyozcha hosil bo'lib, undan ungan nihol 4-5 yilda gullaydi. Lola urug'ining unuvchanligi 75% ni tashkil etadi. Ijodiy xarakterdagi loyihalar. M azkur loyihani hal etishda qatnashchilardan ijodiy yondashish talab etiladi. Ijodiy loyihalarning tadqiqot xarakteridagi loyihalardan asosiy farqi, ulaming mantiqiy strukturasi awaldan belgilanmaydi, balki loyihaning yechimi davomida shakllantiriladi. Ijodiy loyihada qatnashchilarning qiziqishi, motivi, ehtiyojiga ko‘ra loyihaning yo'nalishi, olinajak natija belgilanadi. Lekin loyihada ko‘zda tutilgan natijani rasmiylashtirish va jihozlashda qat’iy talab qo'yiladi. Biologiya o'qituvchisi ushbu loyihalar turidan darslarda foydalanishi mumkin. Odam va uning salomatligi o'quv kursida «Odamning sutkalik ovqat ratsionida oqsil, yog', uglevodlar miqdori va ulardan ajralib chiqadigan energiya miqdorini aniqlash» laboratoriya mashg'ulotini kichik guruhlarda tashkil etib, ularga quyidagi topshiriqlar tavsiya etiladi: 1-guruh topshirig'i. O'rta yoshli aqliy va yengil jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ularning ovqat ratsionini tuzing. 2-guruh topshirig'i. O'rta yoshli og'ir jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchilar uchun bir kecha-kunduzda sarf qilinadigan energiya miqdoriga muvofiq holda ulaming ovqat ratsionini tuzing.