LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI BO'YICHA TALABANING O'Z-O'ZINI NAZORAT QILISHIGA MO'LJALLANGAN O'QUV TOPSHIRIQLARI Topshiriqning didaktik maqsadi. Siz o'quv topshiriqlari ustida mustaqil ishlab, biologiyani o'qitish jarayoniga zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan biri loyihalash texnologiyalarini qo'llash, mazkur texnologiyalarning o'ziga xos xususiyatlari, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo'llari bilan tanishishingiz, metodik bilim, ko'nikma va malakalaringizni, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur. Matnni diqqat bilan o‘qing, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlami bajaring: 1. Loyihalash texnologiyasining mazmuni va mohiyatini o'rganing. 2. Loyihalarning tasnifini ko'rib chiqing. Uni hamkoringizga tushuntiring. 3. Tadqiqot xarakteridagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 4. Ijodiy xarakterdagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 5. Rolli loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 6. Izlanish xarakteridagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 7. Amaliy xarakterdagi loyihalarning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang. 8. O'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish yo'llarini o'rganib chiqing. Topshiriqni yakunlash qismi avvalgi mavzulardagi kabi o'tkaziladi. Biologiyani o’qitishda loyixalash texnologiyasining metodlari Xulosa. 1.Talabalarning mustaqil islarini taskil etishda Loyihaviy ta’lim texnologiyasi foydalanish bo`yicha tavsiyalar berildi.
2. Loyihaviy ta’lim dolzarb ta’lim muammolarini hal etish imkonini beradi va davr talabiga mos keluvchi usul bo`lib,ta’limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta’minlaydi .
3. Loyihaviy ta’lim nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog`lash va talabalarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb etish imkonini beradi kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirish va rivojlantirishni ta’minlaydi .