O‘qituvchi aktyorlik mahorati va uning elementlari. Maktabdagi o‘quv tarbiya jarayoni ko‘p qirrali, murakkab, dinamik tarzda sodir bo‘luvchi hodisadir. Pedagogik faoliyat san’at bilan yaqin ekanligi ma’lum. YAna shu narsa ham ma’lumki, san’at talant va mahoratning o‘zero birlashuvi tufayli yuzaga keladi. Mahoratga yesa maktabda asos solinadi. Maktab o‘quvchilaridagi tabiiy imkoniyatlarni rivojlantiradi va umumlashtiradi, ularga zarur bilim va ko‘nikmalar beradi, talantni uyushtiradi, ularni har kanday ijodiy topshiriqlarga hozirjavob va chaqqon qilib tarbiyalaydi.
Pedagogik san’atni ko‘pincha bir aktyor teatri deb ham ataydilar. SHuning uchun pedagog teatr ko‘rinishlaridagi ish prinsiplarini, ularning
qonunlarini byugashlari kerak. Ijodkorlikning tabiiy birligini ijodkor inson tabiati orqali ko‘rishning K.S. Stanislavskiy tizimi yordam beradi. Bunda ixtiyoriy bo‘lmagan ijodkorlik jarayonini ongli tarzda egallash, faoliyatda shaxs o‘z talantini ko‘rsatish masalasi birinchi marotaba xal etiladi. K. S. Stanislavskiy tizimi - aktyorlik ijodkor ligi to‘g‘risidagi fan bo‘libgina qolmay, balki qanday qilib ob’ektiv qonuniyatlarga tayanib turli qobiliyatlarni o‘stirish, rivojlantirish, boyitish mumkinligi to‘g‘risidagi fan hamdir.
U (ya’ni Stanislavskiy tizimi) har qanday talantning ijodiy faoliyatda foydali koyeffitsiyentdosh oshirish usuli hamdir.
Ba’zan tadqiqotchilar K.S. Stanislavskiy tizimida faqat ichki va tashqi holatlar-elementlarni ko‘radilar. Pedagoglarni tayyorlash tizimida bildirilgan hissiyotlar mantiqiy fikr bilan jonli jismoniy harakatlar orqali bog‘lash to‘g‘risidagi K.S. Stanislavskiy konsyeщiyasi pedagogik ta’sir sharoitida o‘qituvchining qabul qilish organlarini mashq qildirishni talab etadi. Qabul kilish bilan jonli o‘zaro harakat, asosida, pedagogik faoliyat boshlanadi. Bu qonunning buzilishi pedagogning auditoriya bilan o‘zaro aloqa jarayonini izdan chiqaradi. Stanislavskiyning harakatlar bu jismoniy va ruhiy birlikni ifodalab, pedagogning tashqi yoki ichki rivojlanishini, xulqining ta’na va ruhiy elementlaryni - alohida rivojlanishini inkor etadi hamda metod va pedagogik texnikaning mustahkam aloqasini talab etadi. SHuning uchun ham pedagogik mahorat o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq uchta qism bilan belgilanadi.
Pedagogik nazariya, pedagogik texnika va dars mavzusi materiali ustida ishlash metodlari, dars mavzusi uni tashkil etish va o‘tkazish bilan xarakterlanadi.
Agar nazariyani o‘rganish kerak bo‘lsa, pedagogik texnika va metodlarni egallash zarur bo‘ladi, ya’ni ma’lum amaliy ko‘nikmalarni ishlab chikish kerak. Bunta uzok va sistemali mashq orqali, ya’ni, agar pedagogik texnika ongli va reflektorli faoliyatga aylansagina erishiladi. SHuning uchun ham Oliy O‘quv yurtining vazifasi talabani faqat o‘z ustida kundalyk ishlashga o‘rgatishgina bo‘lib qolmay, balki butun pedagogik ishlar davomida mahoratni takomillashtirishga o‘zida ehtiyoj sezishni tarbiyalab borish xam uning vazifasiga kiradi.
Auditoriyaga aktyorlar kabi ta’sir etish mahoratini egallash uchun pedagogning tabiiy xususiyati bilan ta’lim tarbiya jarayoni va amaliy faoliyatda egallangan talantni yanada takomillashtirish qobiliyati ham hal qiluvchi rol o‘inaydi. Ishchanlik talantning ajralmas qismidir. Pedagogik talant nima? Bu tushuncha tarixiy - falsafiy, pedagogik, axloqiy-estetik tadqiqotlarda yetarlicha talqin etilgan. By o‘rinda teatr sohasidagi pyodagog-islohotchilar V.I. Nemirovich-Danchenko va K.S. Stanislavskiylarning tushunchalari pedagogik talant tushunchasiga yakin turadi. Aktyor san’ati juda murakkab va uning sifatlari quyidagicha: yuqumliligi, suqliligi, intuitsiyaning to‘griligi, diksiyasi, imo-ishoraning elastikligi va chiroyliligi, xarakterlarni ochishga qobillik kasbiga nisbatan mexnatsyevarligi, muhabbati, didi va b.k.
K.S. Stanislavskiy talant nima? - degan savolga javob berib: «Talant - insonning ko‘plab ijodiy qobiliyatlarining baxtli yig‘indisi bo‘lib, u irodaviy yeifatlar bilan bog‘likdir» dedi.
U artistning ijodiy qobiliyatiga nimalar kirishini sanab beradi: kuzatuvchanlik, ta’sirchanlik, xotira, temperament, fantaziya, tasavvur, ichki va tashki ta’sir, singdirish, amalga oshirish, did, akl, ichki va tashki ritm va tezlikni xis etish, ohanglilik, samimiylik, o‘z-o‘zini boshqarish, tirishqoqlik, sahnabopligi va b. q. Bu o‘rinda qo‘shimcha qilib shularni ham aytib o‘tadi: chuqur ma’no beruvchi ma’lumotlar, faktlar, shuningdek, ma’noli qarash, aklli ko‘z, yuz, mimika, tana harakatlari va b. q. aytib o‘tish kerak.
Albatga, bu xususiyatlar, bir aktyor teatri ijrochisi -o‘qituvchi uchun ham juda zarurdir. Biz shu narsani yaxshi bilamizki, o‘qituvchining har bir muvaffaqiyati ortida bir-biridan farq kilmaydigan o‘ziga xos takrorlanmas shaxs yotadi. Lekin, eng muhimi, bu odamlarga yuqtira olish xususiyatidir. Huddi mana shu vaqgda yuqtira olish xususiyati tufayli shaxslararo munosabat hamkorlik yotadi. Har kanday talant yozuvchilik yo artistlik, yo pedagogik talant, o‘zining xis-tuyg‘usini boshqalarga yuqtira olish qobiliyatidir. Huddi mana shu talantdir.
K. S. Stanislavskiy artistning yuqumchilligini, uning tortish kuchi deb ham yuritiladi: «Siz shunday artistlarni bilasizmi, sahnada paydo bo‘lishlari bilanoq, tomoshabin ularni yaxshi ko‘rib qoladi. Nima uchun? CHiroyli bo‘lgani uchunmi? Doimo ham chiroyli emas, ovoz uchunmi? Odatda, doimo ham, shunday ovoz bo‘lavermaydi. Talanta uchunmi? U doimo xam e’tiborga olinavermaydi. U xolda nima uchun? O‘sha ko‘zga ko‘rinmas, biz ilg‘ay olmagan o‘sha xususiyatni kirishimlilik deb aytamiz. Bunday artistlarning kamchiliklari ham eng yaxshi bir xususiyat bo‘lib ko‘rinadi va tomoshabinlar o‘sha qiliqlarini qaytarib, o‘zlashtirib oladilar. Bu xuyeusiyatlar sahnadagina bo‘lib, ular hayotiy emas. Bunday xususiyatlar pedagoglar ko‘zlarida, yuz tuzilishlarida, xarakatlarida, barcha ishlarida aqlliligi, fikri, ma’naviy qiziqishida ko‘zga tashlayib turadi.
Pedagog bilan o‘quvchining o‘zaro mulokoti pedagogik aloqa, o‘zaro samimiylik, talabchanlik va javobgarlik prinsiplari asosida yo‘lga ko‘yiladi. Pedagog o‘zaro muloqoti jarayonida o‘quvchilarni albatta, akliy, axloqiy, estetik jihatdan boyitish kerak. Lekin boshqa odamlarni to‘g‘ri anglash va baholay olish, ko‘nikma va malakalar sistemasini egallamay turib bunga erishib bo‘lmaydi.
Muomala (munosabat) pedagog va o‘quvchilarning bir-birlarining obrazlarini shakllantirishni nazarda tutadi xamda muomalada qatnashayotgan har bir ishtirokchining shaxsiy xususiyatlari to‘g‘risidagi tushunchani shakllantirishni hisobga oladi. Muomala o‘zida estetik tavsifni, ya’ni katnashuvchilarning ichki va tashqi dunyosini, kishida o‘ziga nisbatan ma’lum munosabatini keltirib chiqaradi, muomalada ahloqiy komponentlar ham namoyon bo‘ladi ya’ni, pedagogning o‘quvchiga yo‘naltirilgan so‘zi va ishi o‘rtasidagi munosabat. Bu uchta komponent - aqliy (biliga) estetik va ahloqiy komponentlarni o‘zaro bir birlari bilan uzviy bog‘liqligidir.
Ilg‘or pedagoglarning pedagogik o‘quv-tarbiya jarayonlarini tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, pedagogik aloqani belgilab beruvchi muhim shartlardan biri bu pedagogning hissiyoti kuchi, hayajon kuchi xisoblanadi. Dars jarayonida pedagog xayajonining turli-tumanligi uning yorqin ifodalanishi, o‘quvchi faoliyati va tajribasida tasdiqlanishi shuncha kuchli bo‘ladi. Dars his-xayajonsiz, ma’nosiz bir mashgulotdir. SHuning uchun o‘qituvchi xis-tuygusini rivojlantirishni o‘qituvchi mahoratining muhim elementlaridan biri deb hisoblash zarur.
Pedagogik faoliyatda auditoriya bilan o‘zaro munosabat pedagogik qadriyatiga bogliq.
K.S. Stanislavskiy o‘zining tizimida asos qilib talantni emas, temperamentni emas, (chunki bularga o‘rgatib bo‘lmaydi) balki sahnada ishonchli tarzda o‘z-o‘zini his etishni oladi. Ko‘pincha, pedagog va artistga noto‘gri hissiyot va xayajon halaqit beradi. CHunki noto‘gri his-hayajon, o‘rinsiz tarzda muskul harakati, fikrlash qobiliyatini yomonlashtiradi va estetik his-hayajon tuyg‘uning paydo bo‘lishiga xalaqit beradi. Bunga qarama-qarshi tarzda pedagog o‘zini erkin, bo‘sh, xoli tutishi kerak. Bu maxsus mashq orqali amalga oshiriladi.
Talantli pedagog ishini kuzatganimizda, bizni, asosan, uning tabiiyligi, o‘ziga rom eta olish, auditoriyaga karab kanday muomala chorasini qo‘llashni bilib olishi qoyil koldiradi.
O‘qituvchilikka tanlab olishda, shu sifatlarni Hisobga olish, mahoratni, turli pedagogik ko‘nikma va malakalar tizimini shakllantira borib, bo‘lguvchi pedagogning har tomonlamaligini, samimiyligini, o‘zini erkin tutishi va boshqa xususiyatlarini eng qimmatli hazina sifatida ehtiyot qilish va saqlash kerak. Pedagog ijodida insoniy sifatlarning roli muhimligi, ularning asosi bo‘lib temperament, iroda, tezkorlik, intuitsiya, sog‘lom instinktlar, o‘ziga xos nutqi, yurakdan his eta olishi va boshqalar hisoblanadi.
Ko‘pincha, biz: «Bu juda aklli pedagog», degan gapni eshitamiz. Lekin shu narsaga shponch hosil qilamizki, ko‘pincha, pedagogga berilgan bu baxr, uning serqirra sifatlarini to‘la ifodalab bera olmaydi. Ajoyib aql egasi, mulohazalilik, alohida pedagogik mashqsiz, intuitiv tarzda oldindan ko‘ra bilish, o‘quv-tarbiya masalalarini ijodiy hal eta olish ko‘nikmasisiz aql hech nima bermaydi. Pedagogik faoliyat faqat tushunib yetishnigina emas, chukur his etishni xam talab etadi.
Talantli pedagoglarda aql bilan hissiyotning tengligiga mavjud. Ularning ichki hayoti yorqin, nozik, tezkor, undaylar ortiqcha xarakatsiz so‘z bilan faoliyatning, ma’lumot va hissiyotning auditoriyaning e’tibor chegarasshsh yaxshi seza oladi. Baxtli pedagog uchun o‘quvchilar bilan har bir uchrashuv bir kashfiyot, xar bir yangi dars oldingilarga o‘xshamaydi. Uning ishi doimiy ijodkorlik bilan yo‘g‘rilgan, boshka. hayotni tasavvur qilmaydi.
Pedagog va artist auditoriyani bilishi va his etishi zarur uning ilg‘or va qolok kismini tushunishi, kimga tayanish va kimga yordam berishni yaxshi bilishi zarur. SHuningdek, mazkur shaxsning yoshi, kasbiy yo‘nalishiga ko‘ra reaksiyasini bilmogi kerak. Nima uchun sinf pedagogga bo‘ysunadi? Pedagogning o‘ta xushyorligi qanday yuzaga keladi? Bunga o‘zini tayyorlash mumkinmi?
K.S. Stanislavskiyda yaxlit muomala jarayonining boskichlari to‘g‘risida juda qiziq fikrlar bor. Bularning hammasini butunicha pedagogik faoliyatga ko‘llasa bo‘ladi.
BIRINCHI BOSQICH. Artistning sahnaga chiqishi «Barcha qatnashchilarni bir-bir qarab chiqishi, so‘ngra bitta ob’ektni mo‘ljalga olish.
IKKINCHI BOSQICH. Ob’ektga yaqinlanish, uning e’tiborini o‘ziga tortish.
UCHINCHI BOSQICH. Ko‘z bilan ob’ekt qalbini egallab borish. TO‘RTINCHI BOSQICH. O‘z qalbini ob’ektga uzata bilish.
BESHINCHI BOSQICH. Ob’ektning qarshi javobi va kalban o‘zaro tushuna olish, o‘zaro kabul kilib olish.