Mavzu: Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri Reja



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix24.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77633
1   2   3   4   5   6
Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay 
va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon 
yo‘naltirish, o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularda jamiyat 
uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otishdir. 
Pеdаgоgik mаhоrаtning аsоsiy tаrkibiy qismlаri 


 
Mamlakatimizning istiqlol yo‘lidagi ilk qadamlaridanoq, buyuk 
ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini 
takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash , zamon talablari bilan 
uyg‘unlashtirish asosida jahon andozalari va ko‘nikmalari darajasiga chiqarish 
maqsadida ta’lim tizimida ulkan bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining IX sessiyasida qabul 
qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 
to‘g‘risidagi Qonunda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarda o‘qituvchi-
tarbiyachilarning mehnati naqadar yuksakligi, ular oldida barkamol avlodni 
tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifa turganligi ta’kidlanadi. “Ta’lim 
to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasida ta’lim O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy 
taraqqiyotida ustuvor soha deb e’lon qilingan hamda ta’lim sohasidagi davlat 
siyosatining quyidagi asosiy prinsiplari belgilab berilgan: 
– ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 
– ta’limning uzluksizligi va izchilligi; 
– umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining 
majburiyligi; 
– o‘rta maxsus, kasb–hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki 
kasb–hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; 
– ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 
– davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; 
– ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; 
– bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; 
– ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish. 
Ushbu prinsiplar zamirida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining asosiy mohiyati 
mujassamlangan bo‘lib, uni hayotga tatbiq etish o‘qituvchilar zimmasiga 
yuklatilgan. O‘qituvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlovchi 
asosiy javobgar shaxs ekan, uning pedagogik mahorati ham hozirgi zamon talablari 
darajasida, jahon andozalariga mos ravishda shakllanishi kerak. SHu jihatdan, 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ham o‘qituvchining kasbiy mahoratini 
oshirishga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, Dasturning 4.2. bandida pedagogik 
kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga 
moslashuvchan, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishini ko‘zlovchi 
tizimini vujudga keltirish ta’kidlanadi. Pedagog kadrlarni ildam qayta tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasbiy sifatlarini 
takomillashtirishni qo‘llab–quvvatlash ta’minlanadi. Ushbu talablar zamirida ham 
o‘qituvchining pedagogik mahoratini uzluksiz takomillashtirib borish naqadar 
muhim va davr talabi ekanligi ta’kidlanmoqda. Shunday ekan, “Pedagogik 
mahorat” fanining vazifalarini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” talablari belgilab beradi. Uning vazifalari 
quyidagilardan iborat: 


- ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarni 
insonparvarlik va demokratik tamoyillarga moslab olib borish; 
- ta’lim mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti 
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning 
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda boyitib borishni ta’minlash; 
- bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan dunyoqarashini 
rivojlantirishda milliy urf–odat va an’analarimizdan, boy adabiy merosimizdan 
samarali foydalanishning tezkor metod va usullarini ishlab chiqish va joriy etish; 
- ta’lim va tarbiya jarayonini kelgusida o‘qituvchilardan talab qiladigan 
darajada sifatini va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlash 
uchun normativ hujjatlar, o‘quv–uslubiy adabiyotlar, moddiy–texnika va axborot 
bazasi bilan boyitib borish; 
- bo‘lajak o‘qituvchilarning yuksak kasbiy tayyorgarlik darajasi, malakasi, 
bilimi, madaniy va ma’naviy–axloqiy saviyasining sifatini zamon talablariga javob 
beradigan darajada oshirib borish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan 
pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarishga o‘rgatish. 
Pedagogik mahoratni egallashda kasbga oid nazariy va amaliy bilimlarni 
egallash, pedagogik jamoa bilan doimiy muloqotda bo‘lish ijobiy natijalar 
beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni 
boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning 
to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada 
boyitish, xato yoki kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini 
topish imkoniyati mavjud. 
Buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o‘qituvchining doimiy ravishda 
fanlarni mutolaa qilish bilan shug‘ullanishi haqida gapirib, shunday degan edi: 
“O‘qituvchi muntazam ravishda fan bilan shug‘ullanmog‘i lozim. Aks holda u 
qurigan daraxt va toshga o‘xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera 
olmaganidek, kelajakda bunday o‘qituvchidan hech qanday natija kutib 
bo‘lmaydi”
Hozirgi zamon fan va texnikasi jadal sur’atda rivojlanayotgan, zamonaviy 
axborot texnologiyalarining salmog‘i keskin oshayotgan bir davrda o‘qituvchi 
pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari 
fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyb o‘n besh yillik 
samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozir har yili, 
hatto har oyda fan, texnika sohasida yangi kashfiyotlar yaratilmoqda, bilimlarning 


ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqda. Kishilarda 
bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. SHuning uchun hozir 
kunda o‘qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan 
sohalardagi yangiliklarni bilishi talab etiladi. 
Bizga ma’lumki, ilg‘or jamiyat fuqarosining, xususan o‘qituvchining 
ma’naviy boyligi uning keng dunyoqarashi, teran fikrlash layoqati, savodxonligi, 
yuksak insoniy fazilatlarga boyligi bilan baholanadi. “Barcha illatlarning kelib 
chiqishi ilmsizlikdandir” degan edi yunon faylasufi Sokrat. SHunday ekan, yosh 
avlodning yuksak bilim va tafakkur sohibi bo‘lishi uchun barchamiz javobgarmiz. 
Bu javobgarlik ko‘proq o‘qituvchilar zimmasida.
Darhaqiqat, o‘qituvchilarning obro‘-e’tiborini ta’minlaydigan ilk vosita uning 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin