Jamoatchilik fikri— ta’sir ko‘rsatishning qudratli usuli bo‘lib, bolalarning
ijtimoiy foydali faoliyatini g‘oyat har tomonlama va muntazam rag‘batlantirib
borishni ta’minlaydi, jamoaning tarbiyaviy vazifalarini ancha to‘liq amalga oshiradi.
Bu usul jamoa a’zolarining ijtimoiy faolligini va o‘rtoqlarcha birdamligini
rivojlantirishga yordam beradi.
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini alohida-alohida tasvirlashga o‘tishdan
oldin ularni muvaffaqiyatli qo‘llanishning umumiy qoidalarini qarab chiqamiz;
Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullaridan samarali foydalanishning zarur sharti
pedagogning bolalarga bo‘lgan munosabatlarining chinakam insonparvarligidir.
Dostları ilə paylaş: |