Mavzu: Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/22
tarix01.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#51933
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Mavzu Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi

Birinchi  qoida:  odatda,  talab  ijobiy  bo‘lishi,  ya’ni  mutlaqo  muayyan  xatti-

harakatni  keltirib  chiqarishi,  bolalarning  u  yoki  bu  harakatlarini  shunchaki 

ta’qiqlamasligi, to‘xtatmasligi lozim. 

 

Albatta, o‘qituvchining taqiqlashlaridan ayniqsa bolalar belgilangan hulq-atvor 



qoidalarini  har  xil  tarzda  bo‘lgan  xollarda  foydalaniladi.  Biroq  pedagoglar 

talablarining  asosiy  mazmunini  ta’qiqlashlar  tashkil  etmaydi.  Talablardagi  asosiy 

narsa bolalar hulq-atvori va faoliyatining ijobiy dasturidir. 

 

Ikkinchi  qoida:  to‘ppa-to‘g‘ri  talab  yo‘l-yuriq  tarzida,  ya’ni  bir  xil  ma’noli, 

aniq  va  tushunarli,  konkret  bo‘lishi  lozim.  Dastlabki  paytlarda  bolalarning  yangi 

harakatlarini  rag‘batlantirganda  talab  yo‘l-yuriq  berish  bilan  qo‘shilib  ketganday 

bo‘ladi, bu harakatlarni detallashtirib, ularni aniq ta’riflab beradi. 

 

Uchinchi qoida: pedagogning harqanday oqilona, aniq va tayyorlangan to‘ppa-

to‘g‘ri talabi albatta bajarilishi, oxiriga etkazilishi kerak. 

 

SHuni  esda  tutish  kerakki,  o‘xshash  pedagogik  harakat  qonunining  namoyon 



bo‘lishi  natijasida  har  bir  yangi  talabning  bajarilishi  pedagogning  keyingi  talablari-

ning  kuchi  va  ta’sirchanligini  oshiradi  O‘quvchida  tarbiyachiga  aql-idrok  bilan  aniq 

bO‘ysunish  odatini  shakllantiradi.  Va  aksincha,  har  bir  bajarilmagan  talab  shundan 

keyingi talablarning samaradorligini pasaytirdi. 

 

To‘ppa-to‘g‘ri talablarning texnik ijrosi haqida gapirganda, ularni qo‘yishning 



qat’iy,  ishonarli  ohangini  ta’kidlab  utish  kerak.  U  osoyishta,  vaziyatga  qarab,  jiddiy 

bo‘lishi, lekin hech vaqt baqirishga, bolani haqorat qilishga aylanib qolmasligi kerak. 

 

Talab-maslahat tarbiyalanuvchi ongiga ishonchsizlik bildirishdan iborat bo‘lib, 



u  yoki  bu  xatti-harakat,  amaliy  vazifani  u  yoki  bu  usulda  echishning  maqsadga 

muvofiqligi  to‘g‘ri  sida  o‘qituvchining  mustaqil  ravishda  qaror  qabo‘l  qilish  uchun 

tarbiyachining tavsiyasini o‘z ichiga oladi. 

 

Iltimos  singari,  maslahatni  ham  majbur  qilib  tiqishtirmaydilar,  tanlash  huquqi 



bolaning  o‘zida  qoladi.  Bu  shakl  ishga  ongli  munosabatni  rivojlantiradi  va  bundan 

tashqari, pedagogni katta yoshdagi  o‘rtoq deb bilishga o‘rgatadi, uning obro‘si keng 

bilimlarda, katta hayotiy tajribada, mahoratda yashirilib yotganligiga asoslanadi. SHu 



bilan  birga  masalahat—bu  hamma  narsani  ipidan  ignasigacha  tasvirlab  beradigan 

yo‘l-yuriq emas, balki ko‘pincha echimlarni mustaqil izlashga undashdan iboratdir. 

 

Bevosita talabning bu shakli yana shunisi bilan foydaliki, u bolalarni muayyan 



vaziyatlarda,  ayniqsa  paydo  bo‘ladigan  qiyinchiliklarda  o‘rtoqlari,  o‘quvchilar  bilan 

maslahatlashishga  o‘rgatadi.  O‘z  navbatida  pedagoglar  o‘zlariga  bolalar  maslahat 

uchun  murojaat  qilishini  qadrlashni,  o‘zining  javob  reakstiyasini  shunchaki  aytib 

berish  emas,  balki  kichik  yoshdagi  o‘rtoqlariga  tabiiy  yordam  ko‘rsatishni 

o‘rgatishlari lozim. 

 

Talab-sha’ma  bolalarni  muayyan  xatti-harakatlarga  rag‘batlantyarishning 



yashirin  shakli  va  eng  nozik  vositalaridan  biridir.  SHa’ma  ilgari  ishlatilgan,  yaxshi 

tanish  bo‘lgan  talablarni,  ma’nosi  ochib  berilmaydigan  talablarni  o‘ziga  xos  shartli 

qisqartirishdir. Tajribali pedagogga ba’zan bolalarning zarur harakatlarini bajarishini 

ta’minlash  uchun  ko‘z  tikib  qarash,  qoshlarning  harakati,  ritorik  savolning  berilishi 

kifoya qiladi. Muayyan sharoitda sha’ma talabning «yashirin» shakli rolini uynaydi, u 

faqat ikki kishiga tushunarli bo‘lib, atrofdagilarning diqqatini jalb qilmaydi. 

 

SHartli  talab  shundan  iboratki,  bola  uchun  yoqimli  bo‘lgan  biror  faoliyat  turi 



yoqimsiz yoki qiyin faoliyat uchun rag‘batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. 

 

«Darslaringni  qilsang—uynagani  borasan»-  bu  bavosita  talabning  ana  shu 



shakliga  eng  oddiy  misol  bo‘ladi.  SHartli  talabdan  foydalanganda  bajarilishi  shart 

bo‘lgan  faoliyat  bilan  sarflangan  kuch-g‘ayrat  uchun  o‘ziga  xos  mO‘qofot  bo‘lgan 

faoliyat  o‘rtasidagi  aloqa  tabiiy  edi.  Aks  holda  bolalarda  o‘z  manfaati  yo‘lida 

foydalanish  kayfiyati  paydo  bo‘lishi  mumkin,  bunda  shartli  talabdan  endi  pedagog 

foydalanmaydi,  bolalar  esa  uning  oldiga  o‘z  shartlarini  qo‘yadilar:  «Bizning  futbol» 

uynashimizga ruxsat etsangiz, sinfni yig‘ishtirib chiqamiz» va hokazo. 

 

Umuman  talabning  bu  shaklini  qo‘llanish  bolalarni,  ularning  qiziqishlari  va 



mayllarini  yaxshi  bilishni,  ularning  individual  qobiliyatlarini  va  me’er  tuyg‘usini 

hisobga  olishni  nazarda  tutadi.  Bu  usulni  (xullas,  boshqa  harqanday  usul  kabi) 

suviste’mol qilmaslik kerak. 



O‘yin  shaklidagi  talabdan  odatda  qiziqarli  bo‘lmagan  va  ba’zan  zerikarli 

mashg‘ulotlarni tashkil etish haqida gap boradigan joyda, biror ishni, ayniksa kichik 

yoshdagi bolalar bilan ishlashni jonlantirish uchun foydalaniladi. 

 

Misol  keltiramiz.  Maktab-internat  tarbiyalanuvchilaridan  bir  guruhi  odatda 



uxlashga yotish uchun juda o‘zoq, hozirlik ko‘rishardi. Bolalar tez echinishni bilmas, 

o‘z  buyumlarini  tartibsiz  qilib  tashlayverishardi.  SHunda  tarbiyachi  kechqurunlari 

«Kim  tezroq?»  o‘yinlarini  o‘tkaza  boshladi,  har  kimning  vaqtini  sekundomer  bilan 

qayd qilib qo‘ydi. O‘yin hammani jalb qildi, hatto o‘z rekordchilari paydo bo‘ldi. 

 

Bolalar  kollektivini  tashkil  qilishga  o‘yin  singib  ketishi  lozim,  degan  edi  bir 



adib.  Bavosita  talabning  bu  shakli  nihoyatda  ta’sirchan  bo‘lishi  mumkin,  chunki 

bolalarni  qiziqtirib,  udarga  quvonch  bag‘ishlaydi,  birinchi  qarashda  eng  yoqimsiz 

bo‘lib ko‘ringan ishlarni bajarishdan qoniqish hosil qilishga imkon beradi. 

 

Qoralovchi talabdan pedagog shunday hollarda foydalanadiki, bunda bolaning 



u yoki bu harakatlariga salbiy baho berish uning yoqimsiz xatti-harakatlarini 

to‘xtatishda rol o‘ynaydi va foydali harakatlarni rag‘batlantiradi. 

 

 

 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin