Mavzu: Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi


Pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usullari



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix01.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#51933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Mavzu Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi

Pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usullari  o‘z  tarbiyalanuvchilari  taqdiriga  beparvo 

bo‘lgan kishilar qo‘lida sof kasbkorlik  vositalari  majmui  emas, bu usullar  bir  jamoa 

bo‘lib, yagona intilishlar, umumiy mas’uliyat bilan birlashgan jonli kishilarning jonli 

munosabatlaridir. 

 

Qattiqlik va toshbag‘irlikni, rasmiy ma’muriyatchilikni o‘zining bolalar bilan 



munosabati normasiga aylantirgan kishilar haqiqiy pedagog bo‘lolmaydilar. Bizning 


sharoitimizda  faqat  pedagoglar  bilan  o‘quvchilar  o‘rtasidagi  o‘rtoqlarcha 

munosabatlarni  rivojlantirishga  va  mustahkamlashga  qaratilgan  yo‘lgina  pedagogik 

ta’sir ko‘rsatishning asosi bo‘lishi mumkin. Binobarin u yoki bu usullarni qo‘llanish 

har bir holda bolalarning  faoliyatida faqat  jo‘z’iy  o‘zgarishlarga  olib kelib  bo‘lmay, 

shu  bilan  birga  hamisha  pedagoglar  bilan  tarbiyalanuvchilar  o‘rtasidagi 

munosabatlarning rivojlanishiga faol xizmat qiladi. 

 

Pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usulini  qo‘llanishning  ikkinchi  umumiy  qoidasi 



shundan  iboratki,  bu  qoida  oqilona  tayyorlangan  bo‘lishi  lozim,  uni  qo‘llanish  esa 

amalga oshirish uchun shart-sharoitning mavjudligini nazarda tutadi. 

 

Bolalarning real imkoniyatlarini, ularniig tarbiyachi rag‘batlantiradigan ishlarni 



bajarish  qobiliyatini  hisobga  olish  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  vositalaridan 

foydalanishdagi  shaxsiy  yondashuvning  mohiyatini  tashkil  etadi.  Ba’zan  u  yoki  bu 

pedagogik  ta’sir  natijasiz  qoladi,  chunki  pedagog  uning  amalga  oshirilishi  uchun 

zarur  moddiy  vositalarning  mavjud  bo‘lishini  oldindan  ta’minlamagan  bo‘ladi. 

Masalan, barcha o‘quvchilar ham ishga zarur bo‘ladigan asboblar bilan ta’minlangan 

emas, o‘qituvchi asa ularga navbatdagi topshiriqni bajarishni taklif qiladi. Pedagogik 

ta’sir  ko‘rsatishni  amalga  oshirishda  bolalarning  yoshi  va  individual  xususiyatlarini 

hisobga  olish  kabi  umumiy  prinstiplarni  izchillik  bilan  o‘tkazish  ham  muhim 

ahamiyatga egadir. 

 

YUqorida  aytib  o‘tilganidek,  ta’lim-tarbiya  jarayonining  u  yoki  bu  usulini 



to‘g‘ri  tanlash  va uni  qo‘llanishning  muvaffaqiyati  pedagogdan  pedagogik  vaziyatni 

bilish  va  hisobga  olishni  talab  qiladi.  Pedagogik  vaziyat  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish 

usullari uchun o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini 

muvaffaqiyatli  qo‘llanish  uchun  zarur  bo‘lgan  hal  qiluvchi  shart-sharoitlarni  aytib 

o‘tamiz.  Bu  avvalo  tarbiyalanuvchi  bilan  pedagogning  munosabatlaridir.  Bu 

munosabatlar  doimiy  bo‘lib  qolmaydi,  ular  o‘zaro  muomala  jarayonida  birgalikdagi 

faoliyatda  rivojlanadi  va  boyib  boradi.  SHu  narsa  mutlaqo  ravshanki,  o‘rtoqlarcha 

munosabatlarda ta’sir ko‘rsatish usullaridan biri ta’sirchan bo‘ladi, betaraf yoki salbiy 

munosabatlarda  (bunday  munosabatlar  ham  bo‘lishi  mumkin)  boshqa  usul,  boshqa 

shakl kerak bo‘ladi. 




So‘ngra  tarbiyalanuvchilarning  pedagog  taklif  qilgan  faoliyatga  munosabati 

muhim shartlardan biri hisoblanadi.  Ma’lumki, o‘quvchini oson va echimli ish bilan 

shug‘ullanishga majbur qilish — boshqa gap, uning jiddiy, odatdan tashkari mehnatni 

bajarishiga erishish esa butunlay boshqa bir gap. 

 

Ko‘p  narsa  tarbiyalanuvchining  kollektivdagi  mavqeiga  borliq  bo‘ladi.  U  hali 



yangi  bo‘lishi,  an’analar  va  o‘rtoqlarining  qiliqlarini  bilmasligi  mumkin.  Kollektiv 

hayotning  hamma  sohasida  tajribasi  bor  bo‘lishi  ham  mumkin.  Birinchi  holda  ham, 

keyingi holda ham tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatish usuli bir xilda bo‘lishi mumkin 

emas. 


 

Nihoyat,  hamisha  bolalarning  ruhiy  holatini  hisobga  olishga  to‘g‘ri  keladi, 

pedagog  ularga  biror  topshirish  bilan  murojaat  qiladi:  bolalar  quvnoq  va  vazmin 

bo‘lishlari, biror narsadan ranjib jahllari chindan bo‘lishi ham mumkin. Bu ham yana 

ta’sir ko‘rsatish shaklini tanlashga ta’sir qiladi. 

 

Pedagogik  vaziyat  bilan  u  taqozo  qilgan  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usulining 



biror  shakli  o‘rtasidagi  bog‘lanish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu  aloqadorlikni 

tushunish  tarbiyachilarga  o‘z  harakatlarida  ko‘proq  samaradorlikka  erishish,  ularni 

ongli ravishda rivojlantirish imkonini beradi. 

 

Pedagogik ta’sir ko‘rsatishning ayrim usullarini qarab chiqishni talab usulidan 



boshlagan ma’kul. 

 

Talab 



pedagogik 

ta’sir 


ko‘rsatishning 

boshlang‘ich 

usuli 

bo‘lib, 


tarbiyalanuvchilarning muayyan faoliyatini rag‘batlantirishni yoki to‘xtatishni va aniq 

amaliy hamda ahloqiy sifatlarini namoyon qilishni taminlaydi. 

 

Talab  qilish  usuli  bolalarning  ko‘pgina  ahloqiy  sifatlarini  shakllantirishga 



yordam  beradi,  lekin  tarbiyalanuvchilarda  o‘ziga  nisbatan  mas’uliyat  va 

talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi. 

 

YAgona  pedagogik  talablarni  qarab  chiqar  ekanmiz,  fakat  bizning  sostialistik 



jamiyatimizdagina  halkning  ma’naviy-siyosiy  birligini  mustahkamlashda  pedagogik 

talab tarbiyaning ta’sirchan usuliga aylanishini aytib o‘tgan edik. 

 

Pedagogik  ta’sir  ko‘rsatish  usuli  bo‘lgan  talabning  ahamiyati  nimadan  iborat 



ekanligini qarab chiqamiz. 


O‘qituvchi bolalar bilan ishlar ekan, binobarin, ularning faoliyatini tashkil etar 

ekan, o‘z ko‘rsatmalari bilan o‘quvchilarning ayrim harakatlarini rag‘batlantiradi. Ish 

jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi yoki rag‘batlantiradi, 

yakun  yasaydi.  Uning  ayrim  buyruqlari  qisqa  va  lo‘nda  bo‘lib,  sezilar-sezilmas 

majbur qilish rolini uynasa, boshqalari ancha keng tushuntirish yo‘l-yuriqlar shakliga 

ega bo‘ladi. Bir xillari o‘quvchilarni faqat ishga jabr qilish zarurati tufayli, boshqalari 

bolalarning ayrim ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishiga to‘zatish kiritish ehtiyoji 

bilan  vujudga  kelgan;  bir  xillari  o‘quvchilarning  keraksiz  va  noto‘g‘ri  harakatlarini 

to‘xtatsa,  boshqalari  muvaffaqiyatli  harakatlarini  mustahkamlaydi  va  qo‘llab-

quvvatlaydi.  O‘qituvchi  tomonidan  berilgan  barcha  ko‘rsatmalar  va  tushuntirishlar, 

mulohaza  va  tanbehlar  pedagogik  ta’sir  ko‘rsatishning  ana  shu  eng  muhim  usuln 

bo‘lgan  talab  qilishning  turli  shakllarida  aytiladi.  SHuning  uchun  ham  mubolag‘a 

qilishdan qo‘rqmay aytish mumkinki, pedagogning talabisiz o‘quvchilarning o‘quv va 

ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur etib bo‘lmaydi. 

 

Tajribali pedagog bolalar ho‘zuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi, 



o‘z  tarbiyalanuvchilaridan  har  biri  qachon  nima  qilishini  aniq  va  muayyan  tarzda 

biladi.  Zero,  talablar  ana  shu  dasturni  ularning  ishlari  va  xatti-harakatlarida  amalga 

oshirish vositasidir, xolos. 

 

Talablar  bolalar  kollektivi  bilan  ishlashning  boshlang‘ich  davrida,  dastlabki 



darslarda  ayniqsa  muhim  rol  uynaydi.  Ana  shu  bosqichda  sinfda  ishlarning  qanday 

borishi,  u  yoki  bu  harakatlarning  o‘quvchilar  tomonidan  qanchalik  aniq  bajarilishi 

ham,  o‘qituvchining  o‘quvchi  bilan  munosabatlari  qanday  yo‘lga  qo‘yila  boshlashi 

ham, bolalar uni obro‘li o‘rtoq — uO‘ rahbarlari deb e’tirof qiladilarmi yoki yo‘qmi, 

 

— bo‘larning hammasi tarbiyachining talablariga nihoyatda bog‘liqdir. 



 

SHunday  qilib,  bolalar  bilan  ishlashning  boshlang‘ich  davrida  va  ular 

faoliyatining  yangi-yangi  turlarini  tashkil  etishda  pedagogning  talablari  bolalarning 

zarur xatti-harakatlarini rag‘batlantarishning muhim vositasi hisoblanadi, shuningdek 

noma’qul  va  foydasiz  harakatlarning  oldini  olish  va  to‘xtatish  vositasi  ham  bo‘ladi. 

Talabning asosiy guruhlari va shakllarini qarab chiqamiz. 




Pedagogning  talablari  bevosita  talablar  bo‘lishi  mumkin,  bunda  ular  shunday 

bolalarga  qaratilgan  bo‘ladiki,  tarbiyachi  ulardan  muayyan  harakatlarga  erishishni 

kutadi  yoki  pedagogning  talablari  vositali  talablar  bo‘ladi,  bunda  o‘qituvchi  o‘z 

talablari  bilan  bolalarda  o‘z  o‘rtoqlariga  nisbatan  navbatdagi  talablarni  keltirib 

chiqaradi. 

 

Biz avvalo talabning asosiy shakllarini ta’riflashga o‘tamiz, bu usulning u yoki 



bu  shaklini  tanlash  pedagogik  vaziyatni  hisobga  olish  bilan  borliqdir.  Bevosita 

talablar uchun pedagogik vaziyat ikkita asosiy shartdan, ikki omildan vujudga keladi. 




Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin