Mavzu: Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix01.02.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#51933
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Mavzu Pedagogik odob. Pedagogning muomala odobi

Birinchi  omil    kimdan  talab  kilinsa,  o‘shaning  talab  qiluvchiga  bo‘lgan 

munosabatidir.  Ikkinchi omil —bu  tarbiyalanuvchining pedagog  rag‘batlantiradigan 

faoliyatga munosabatidir. Umuman olganda bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf va 

salbiy  munosabatlar  deb  ta’riflaymiz,  holbO‘qi  amalda  bu  munosabatlarning  juda 

ko‘pdan-ko‘p ko‘rinishlari ham bo‘lishi mumkin. 

 

Endi talab shakllariga to‘xtalib o‘tamiz. Talab to‘ppa-to‘g‘ri bo‘lishi mumkin, 



bunda  o‘qituvchining  murojaati  «SHunday  va  faqat  shunday  qil»  formulasi  buyicha 

kat’iy, dadil oxangda  ifodalangan  aniq ayon  ko‘rsatmaga  ega bo‘ladi. Bunday  holda 

bolalarga harakatga undovchi omil talabning o‘zi hisoblanadi. 

 

To‘ppa-to‘g‘ri  talab  jamoa  bilan  ishlashning  birinchi  bosqichida  ayniqsa 



ta’sirchan  bo‘ladi.  Buni  bir  adib  ko‘rsatib  o‘tgan  edi:  «Samimiy,  oshkora,  ishonarli, 

qizg‘in va qat’iy talab bo‘lmasa, jamoani tarbiyalashni boshlab bo‘lmaydi, binobarin, 

kimda-kim  ikkilanuvchilardan,  berilgan  vadalarni  shuvab  ketuvchilardan  ish 

boshlashni uylasa, u xato qilgan bo‘ladi». 

 

Pedagog  bolalar  uchun  yangi  bo‘lgan  faoliyatni  tashkil  etayotgan  joyda  ham 



to‘ppa-to‘g‘ri talab zarurdir. Bu erda to‘ppa-to‘g‘ri talabning ta’limning boshlang‘ich 

metodi bo‘lgan yo‘l-yuriq berishga o‘xshab ketishi o‘ziga e’tiborni jalb qiladi. SHuni 

ham  aytib  o‘tamizki,  to‘ppa-to‘g‘ri  talab  ko‘pincha  o‘quvchining  pedagogga  yoki  u 

boshlagan  faoliyatga  betaraf  munosabatda  bo‘lishi  sharoitida  ishlatiladi.  Bunday 

vaziyatda to‘ppa-to‘g‘ri, bevosita talabning quyidagi qoidalariga rioya qilish ayniqsa 

muhimdir. 





Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin