O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi: tashkiliy qism;
o‘rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish);
v) nazorat ishini o‘tkazish;
g) uy vazifasi (o‘rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).
Laboratoriya darslarining tuzilishi: tashkiliy qism;
nazariy materiallarni mustahkamlash;
laboratoriya ishini o‘tkazish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Amaliy darslarning tuzilishi: tashkiliy qism;
nazariy materiallarni mustahkamlash;
v) amaliy ish topshiriqlarini bajarish;
g) o‘quvchilarni baholash;
d) uy vazifasi.
Darsga qo‘yiladigan talablar. Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
4.Darsga qo‘yiladigan talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondashish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablaro‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
5.O‘qituvchining darsga tayyorgarligi.O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi to‘rtta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish va rejalashtirish. Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni tashxislash bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi. Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish. Loyihalashtirish va rejalashtirisho‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi. Loyiha (boshqarish dasturi) qisqa va aniq, erkin tuzilgan, pedagog o‘zi uchun boshqarish jarayoni muhim vaziyatlari (kimdan va qachon so‘rash, qayerda mavzuni kiritish, mashg‘ulot keyingi bosqichiga qanday o‘tish, oldindan ko‘zda tutilmagan qiyinchiliklar yuzaga kelganida jarayonni qaysi sxema bo‘yicha qayta o‘zgartirish)ni belgilab olishga imkon beruvchi hujjatdir.
6.Ta’limni tashkil etishning yordamchi shakllari. Ta’limning yordamchi shakllari: to‘garak, konferentsiya, maslahat (konsultatsiya), fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari va boshqalar sanaladi.
Maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning asosiy va barqaror turlariga o‘qish jarayonining tarkibiy qismi sifatida qaraladigan, o‘quvchilarning mustaqil uy ishlari kiradi. Uning asosiy maqsadi - darsda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarini kengaytirish, chuqurlashtirish, ularni esdan chiqarishning oldini olish, o‘quvchilarning individual layoqati, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.
Fan to‘garaklari yo‘nalishi, mazmuni, ish metodi, o‘qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi..
Ta’limning yordamchi shakllariga ekskursiyalar ham kiradi. Ular ommaviy, guruhli va kichik guruhli bo‘lishi mumkin. O‘quv ekskursiyalari alohida fanlar hamda bir qancha fanlar bo‘yicha ham rejalashtiriladi. Ekskursiyani muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘qituvchi unga puxta tayyorlanishi: ob’ekt va mashrut bilan oldindan tanishib chiqishi, to‘la rejani ishlab chiqishi, o‘quvchilarni bo‘lajak topshiriqlarni bajarishga jalb eta olishi kerak.
O‘quv rejasi turli fakultativ va tanlov bo‘yicha kurslarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ular o‘quvchilar, ularning ota-onalari istak va qiziqishlarini hisobga olish bilan bog‘liqlikda ishlab chiqiladi. Fakultativ va tanlov fanlari ro‘yxatini aniqlashda faqat o‘quvchilar istaklari emas, balki ijtimoiy talablar va maktab imkoniyatidan kelib chiqiladi. Fakultativ va tanlovi bo‘yicha mashg‘ulotlar majburiy va umumiy o‘rta ta’lim fanlari bilan uzviy bog‘liqlikda o‘tkazilishi kerak.
Maslahat (konsultatsiya - o‘quv suhbati)ga talablar ko‘pincha o‘quvchilarning ma’lum o‘quv materiali yoki topshirig‘i ustida mustaqil ishlashi sababli yuzaga keladi. Bunda ko‘proq o‘quvchi savol beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarga o‘quv materialini egallashda qiyinchiliklarni engishga yordam beradi. Konsultatsiya davomida o‘qituvchi o‘quvchilar faoliyatini u yoki bu masalani to‘g‘ri tushunishga mustaqil keladigan, ular uchun qiyin topshiriqni tushunib oladigan qilib, o‘rganilayotgan materialni mohiyatini ochishga o‘rganadigan qilib yo‘naltiradi. Konsultatsiya o‘qituvchiga o‘quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni aniqlash, alohida e’tibor berishni talab etuvchi vaziyatlarga ularning diqqatini jalb etishga imkon beradi. To‘g‘ri tashkil etilgan konsultatsiya o‘quvchilarda o‘zini nazorat qilish, bilimlarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni tarbiyalaydi. O‘qimishlilik darajasini to‘g‘ri aniqlashga yordam beradi.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Hozirgi vaqtda ta’limni tashkil etishning qanday shakllari keng tarqalgan?