Mavzu: pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogik kategoriyalar


I-BOB. O`SMIRLIK DAVRIDA IJTIMOIY INTELLEKT VA TOLERANTLIKNI O‘ZARO TA’SIRI



Yüklə 123,8 Kb.
səhifə2/9
tarix14.11.2022
ölçüsü123,8 Kb.
#69103
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Zarijon

I-BOB. O`SMIRLIK DAVRIDA IJTIMOIY INTELLEKT VA TOLERANTLIKNI O‘ZARO TA’SIRI
ljtimoiy-gumanitar izianish sifatida pedagogik tadqiqot- larning o‘ziga xosiiklari. Ilm-fan - olam haqida obyektiv, tizimli tash- killashtirilgan va asoslangan bilimlarni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan bilish faoliyatining alohida turi. Ilm-fanning diqqat markazida tabiat, ijtimoiy hayot, inson, uning ongi, psixikasi va faoliyati, san’at, odob, din, ta’lim, ilm kabi madaniy voqeliklar mujassamlashadi.
Ilm-fanning ustuvor vazifasi - ilmiy-nazariy tavsifga ega bo‘lib, real voqelik haqida obyektiv bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish (“Obyekt nima?”), ilm-fan rivojining zamonaviy bosqichi proektiv- konstruktiv (me’yoriy, texnologik) funksiyasi (“Obyekt qanday boiishi lozim?”), obyektlami o‘rganishda haqiqatni izlash strategiya va qayta aloqa yo‘nalishlarini aniqlash bilan bog‘liq boiib qolmoqda.
Akademik V.V.Krayevskiy pedagogika fani amaliyotdan odimlashi lozimligini ko‘p marta ta’kidlagan. Bu borada pedagogikaning ustuvor masalalaridan biri pedagogik tizimni ilmiy asoslashdir. Boshqacha aytganda, har qanday pedagogik novatsiya ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim! Mazkur vaziyatda pedagogikaning ilmiy-nazariy funksiyasi konstruktiv-texnik vazifadan farqli ravishda ustuvor va tizim hosil qiluvchi tavsifga ega boMadi, Ta’lim va tarbiyaning ilmiy asoslangan tizimi, uning yangi metodlarini yaratish nazariy tadqiqotlar jarayonida pedagogik hodisalami anglanishidir. Faqatgina ushbu asosda pedagogik faoliyatning istiqbolli yo‘nalishini toiiq idrok etish, ilmning amaliyotga ta’sirini ta’minlash mumkin. Xususan, ta’lim va fanning globallashuvi va internatsionallashuvi negizida xalqaro oliy ta’lim makoni shakllanib, u pedagogik tadqiqotlarning obyekti bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, bunday tadqiqotlarning vazifalaridan biri - mazkur fenomen mohiyati, qonuniy aloqalari, uning faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlovchi ijtimoiy-madaniy omillami aniqlashning muhim ahamiyat kasb etishida namoyon boiadi. Mazkur tadqiqotlarda tendensiyalar, muqobil rivoj- lanish variantlarini bashoratlash hamda xalqaro ta’lim makonining madaniy-tarixiy paradigmasi, ijtimoiy-madaniy mohiyati, qadriyatlar dinamikasi va taraqqiyot strategiyalarining turli me’yoriy modellarini ilmiy asoslash va loyihalashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Haqiqatdan ham, professor V.V.Serikovning qayd etganidek: “Ko‘p holatlarda insonni nimaga o‘rgatish va qanday o‘qitish haqidagi masala an’analar, tajriba, “vaqt talablari”, ijtimoiy, iqtisodiy, ba’zan esa “inqilobiy” maqsadga muvofiqlikdan kelib chiqib hal qilingan.
Zamonaviy bosqichda madaniyat kontekstida ilm-fanni, hamda “madaniyat - ilm” tizimi bo‘yicha aloqalarni yuzaga keltirish bilan bog‘liq muammo o'ta dolzarblir. V.S.Stepinning qayd etishicha: “Ilmiy bilish jarayoni nafaqat o‘rganilayotgan obyektning ichki xususiyatlari, balki ijtimoiy-madaniy xususiyat kasb etuvchi ko‘plab omillar bilan ham bog‘liqdir. Ilmni tarixiy rivojlanish bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqar ekanmiz, madaniyat shakl va turlarining o‘zgarishi bilan ilmiy bilishni bayon etish andozalari, reallikni ilmda namoyon bo‘lishi va fikrlash usullarining o‘zgarayotganini aniq anglash mumkin, ular madaniyat kontekstida shakllanib, uning turli fenomenlar ta’sirini o‘zida aks ettirishi, tabiiy. Bu ta'sir turli ijtimoiy-madaniy omillarni o‘z ilmiy bilish usulini paydo qilish jarayoniga kiritilishi sifatida taqdim etilishi mumkin”. Ushbu munosabat doirasida ilmiy refleksiyaning obyekti sifatida ilmning o‘zi, hamda ilmning amaliyligi va rivojlanishini asoslaydigan ijtimoiy-madaniy kontekst hisoblanadi.
Ilm-fan - texnogen madaniyatning qadriyatlar ierarxiyasida ustuvor ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy davr uchun ijtimoiy xayotning barcha sohalarida ilm-fan va axborotlar ko‘lami o‘ziga xoslik kasb etadi. V.A. Lektorskiyning qayd etishicha, rivojlangan mamlakatlarda asosiy boylik yangi bilimlarni yaratish, ommalashtirish va iste’mol qilishda namoyon bo‘ladi. Aynan bilimga, uni yaratish va qo‘llash imkoniyatlariga munosabat borgan sari jamiyatning ijtimoiy qatlamlarga ajratilishi va yangi jahon tartibidagi o‘mi va obro‘sidan kelib chiqib mamlakat va hududlarga bo’linishini belgilaydi. Bunda yangi texnologiyalar va o‘zaro hamkorlikdagi amaliy faoliyatni loyihalashtirish mumkin bo‘lgan bilimlar haqida gap boradi.
Lekin global inqirozlar tufayli insonning yangi dunyoqarash yo‘nalishlarini izlash muammosi yuzaga keladi. V.S.Stepinning qayd etishicha, zamonaviy ilm bir qator global muammolar, mutlaqo yangi obyekt turlari bilan to‘qnashdi, bu esa ilmning asosi va samarali tadqiqot strategiyalarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi.
XXI asrda fanning yaratuvchanlik qudratining oshib borishi, ishlab chiqarish kuchiga aylangani ilmiy tadqiqotlarning dolzarbligidan dalolat beradi. Har bir fanning metodologiyasi fanshunoslikning tarkibiy qismi, fanning taraqqiyoti esa uning mukamma! metodologiyasining yaratil- ganligiga bog‘liq. Fan obyektiv borliq haqida bilimlar tizimi, voqelikni ilmiy nazariy aks ettirishdir. Hozirgi globallashuv jarayonida, avvalo, har bir axborotga ilmiy yondashish, qolaversa, fanning jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy rivojlanishida hozir javob bo‘lishi davr talabidir.
Ilm-fanning dialektik xususiyati, davr talabi, jamiyat buyurtmasiga mos istiqbolli vazifasi har bir fanning metodologik asosini tako- millashtirishni taqozo etadi. 0‘z navbatida fanlarning tez rivojlanishi; har 3-4 yilda uzluksiz ta’lirn mazmuni o‘zgarib turishi; har tomonlama rivojlangan, intellektual salohiyatli barkamol avlodni tarbiyalashdek dolzarb muammoni ilmiy-metodik ta’minlash metodologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi.
Fandagi har bir yangi qadam faqat avvalgi yutuqlarga tayangan holda boyitilishi mumkin:
-yangi bilim eski bilimni mukammallashgan to'liqroq va aniqroq shakli bolib, haqiqatni yanada aniqroq aks ettiradi;
-o‘tmishdagi fan taraqqiyoti yangi fan uchun zamin tayyorlaydi;
-o‘tmishdagi bilimlaming faqat hozirgi davr ilmiy nazariyalariga mos keluvchi elementlargina ahamiyatlidir.
Zamonaviy ilmiy tadqiqotlar obyektlari sifatida insonparvarlikka asoslangan tizimlarni ajratib ko‘rsatish mumkin ~ bunday tizimlar insonning o‘zini asosiy komponent sifatida ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bunday tizimlarga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: biosfera, INTERNET global tarmog‘i, zamonaviy texnologik loyihalashtirish tizimlari, bunda nafaqat mashina, “inson - mashina” tizimi ham emas, yanada murakkab rivojlanayotgan kompleks “inson - mashina+eko- muhit tizimiga tatbiq etilib, ijtimoiy-madaniy muhit esa ushbu texno- logiyani qabul qiladi.
V.S.Stepinning qayd etishicha: “Agar klassik ilm-fan haqiqatning alohida-alohida jihatlarini o'rganishga e’tibor qaratgan bo‘lsa, zamo­naviy ilm-fan xususiyatini bilimning turli sohalarining mutaxassislari ishtirok etadigan kompleks tadqiqot dasturlari belgilaydi”. Bu borada zamonaviy ilm-fanda “gibrid” tadqiqotlar ustuvor ahamiyat kasb etadi.

  1. I.Fildshteynning fikricha, bugun inson va uning rivojlanishini o‘rga- nuvchi boshqa fanlar bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladigan psixologik- pedagogik tadqiqotlar yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda: ijtimoiy antropologiya, fenomenologiya, madaniyatshunoslik, kognitiv sotsio- logiya, semiotika, informatika.

Yangi obyektlarni ng yuzaga kelishi o‘z navbatida metodoiogik strategiyalar, tadqiqot taktikalari, metodlari va mezonlarining o‘zga- rishini ham taqozo etadi.
Postnoklassik davrda ilm-fanning rivojlanish tendensiyalari:

  • zamonaviy ilm-fan ilmiy tadqiqot asoslarining radikal trans- formatsiyasi bilan xarakterlanadi (to‘rtinchi “ilmiy inqilob”): olam manzarasi, falsafiy-aksiologik asoslar va me’yoriy-mezonli tizimlar. Paradigmal “odimlash” ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun ham xarakter- lidir: pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va h.k. Ilmiy ratsionallikning postnoklassik turi shakllanadi;

-yangi obyektlaming ilm-fan tomonidan o‘zlashtirilishi va oqibatda “gibrid” tadqiqotlaming dolzarb ahamiyat kasb etishi. Natijada “insonga mos” obyektlarni tadqiq etish jarayonida haqiqatni izlash nafaqat uning mohiyatini aniqlash bilan, balki bunday obyektlarni muayyan aksiologik ustanovkalarga muvofiq qayta tashki!Iashtirish strategiyalari va prognostik yo‘nalishlari bilan bog‘liq;

  • zamonaviy ilm-fan uchun ilmiy refleksiyaning umumiyligi va uzluksizligi xosdir. Ilmiy refleksiya “maydonr’ni kengaytirish: nafaqat “xususiy” yoki metodoiogik refleksiya, balki “tashqi” refleksiyaning ham zaruriyat kasb etib (E.G. Yudin), uning ob'yekti sifatida jarayonning o‘zi emas, ilmiy tadqiqotning ijtimoiy-madaniy mazmun-mohiyati mu- him ahamiyat kasb etadi;

  • paradigma, ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish me’yorlarining ochiqligi va jo‘shqinligi. Zamonaviy ilmiy ratsionallik (V.S. Shvirev) - bu “ochiq ratsionallik”, bunda tadqiqot dasturlari va paradigmalar uzluksiz tanqidiy refleksiya va transformatsiyalar uyg‘unligini talab etadi;

  • ratsional-mantiqiy va subyektiv-irratsionallikning o'zaro uyg‘un- ligi ilmiy tadqiqotning o‘z-o‘zini aksiologiyazatsiyalash komponentlari sifatida. Ilmiy muammo tadqiqiga doir yondashuvlaming variativligi, dialogik tavsifga egaligi va o‘zaro bir-birini toMdirishi, polikonsep- tuallik, haqiqatning ko‘p oMchovga ega ekanligi shular jumlasidandir.

Ilm-fan maqomi falsafiy-aksiologik asoslar, tabiiy me’yoriy- mezonli tizim sifatidagi paradigma, obyekt, vazifa va funksiyalami, fan predmeti, nazariya, kategorial apparat va atamalar tizimi, metodologik vositalar majmui, empirik baza, dolzarb muammo doiralarini o‘z ichiga oluvchi metodologik tizimni rivojlantirish darajasi bilan belgilanadi.
Pedagogika fani metodologiyasi bilim va faoliyat tizimi sifatida. Pedagogika fanining metodologik tizimi qator komponentlarni o‘z ichiga oladi.
Pedagogikaning obyekti va predmeti. Ilm-fan obyekti - mazkur fan tadqiq etuvchi voqelik sohasidir. Masalan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning obyekti inson bilan bog‘liq madaniy hodisalardir. Pedagogika fanining obyekti yaxlit pedagogik jarayon bo‘lib, u zamonaviy bosqichda faqat bilimlaming shakllanish bosqichi, insonning intellektual salohiyatining rivojlanishi bilan belgilanmaydi. V.V.Serikovning qayd etishicha: “Ta’lim olganlik o‘zlashtirilgan ma’lumotlami bor holaticha qayta takrorlash va bilimdonlik yoki “ko‘p bilimga egalik” bilan qiyoslanmaydi, balki ko‘plab sohalarda chuqur bilimga ega bo‘lishni taqozo etadi. Bu esa bilimlar dunyosida yuzaga kelgan masaiani echish uchun keraklisini tanlay bilish va mustaqil tadqiqot o‘tkazish va ana shu asosda yangi bilimlarni izlab topish va o'rganilayotgan fan sohasida yaratilayotgan ekologik, ijtimoiy, axloqiy natijalami baholay olish, ya’ni mutaxassislar ta’kidlashganidek, gumanitar ekspertizani o‘tkaza olish ko‘nikmasidir”. Yaxlit pedagogik jarayon - bu ta’lim va tarbiya birligidir.
Ta’lim va tarbiya masalasini turli fanlar tadqiq etishi mumkin. Ta’lim-tarbiya esa ko‘p qirralidir. Ta’lim-tarbiya sotsiologiya, falsafa, psixologiya va boshqa fanlarning o‘rganish obyekti boiib, turli rakurslarda o‘rganiladi: qadriyat; madaniyat komponenti; ijtimoiyla- shuv; dinamik va statistik tizim; o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro faoliyati; jarayon; natija; mustaqil ta’lim; boshqaruv va loyihalashtirish obyekti; ta’lim xizmatlari sohasi va h.k. Har bir fan muayyan rakurs, dolzarb tadqiqot masalalari, tushuncha doirasi, nazariy va metodologik pozitsiyalar kontekstida voqelik obyektini o‘rganadi va bu bilan tadqiqot predmetini loyihalashtiradi.
E.G.Yudin nuqtai nazariga ko‘ra, o‘rganish obyekti, tadqiqot muammosi, metodologik vositalar tizimi (obyekt qismlarga ajratib o‘r- ganiladigan va tadqiqot muammosi asosida shakllantiriladigan tushun- chalar; obyektni o‘rganish tamoyillari va metodlari; tadqiqot jarayonlari) va ularni qo‘llashning izchilligi — tadqiqot predmetini yaratadi.
Pedagogika voqelikning mazmun-mohiyatini o‘rganadi, qonuniyat- larini aniqlaydi, pedagogik o‘zaro ta’sirning mohiyati, pedagogik jarayonni loyihalashtirish va amalga oshirish shakl, metod, vositalari va texnologiyalari, uning sifat va samaradorligi mezonlarini ishlab chiqadi.
Pedagogika fanining maqsad va vazifalari. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida to‘rt asosiy funksiyani bajaradi: analitik, prognostik, tash- kiliy va metodologik.
Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani baja- rish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo'shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat rivojlanish strategiyasi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g'oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega. ~
0‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, ilg‘ot xorijiy tajribalar asosida ta’lim va tarbiya naza- riyasini rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalami bajarishga e’tibor qaratiladi:



Yüklə 123,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin