Mavzu: pedagogikaning ilmiy tadqiqot metodlari. Pedagogik kategoriyalar


Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishga doir misollar



Yüklə 123,8 Kb.
səhifə7/9
tarix14.11.2022
ölçüsü123,8 Kb.
#69103
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Zarijon

Tadqiqot obyekti va predmetini aniqlashtirishga doir misollar.

  1. Didaktik tavsifdagi mavzuga doir.

Tadqiqot mavzusi: Umumta’Iim maktabi o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan ta’minot vositasida rivojlantirish.
Tadqiqotning obyekti umumta’Iim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti umumta’lim maktablari o‘quvchilarida tarixiy tafakkurni rivojlantirishning modernizatsion omillari, didaktik parametrlari va amaliy-texnologik tizimi.

  1. Tarbiya nazariyasiga doir.

Tadqiqot mavzusi: Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talaba- larining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomil- lashtirish.
Tadqiqotning obyekti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy madaniyatni rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-peda- gogik shart-sharoitlari, amaliy-texnologik va neyrolingvistik dasturlashtirish tizimi.
II-BOB. PEDAGOGIK KATEGORIYALAR
2.1. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy kategoriyalari va tushunchalari
Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ijod deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma'naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o‘zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi.
Uzoq vaqtlar davomida ijod - bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat, u har kimga ham berilmaydi, deb hisoblanib kelingan. Aslida ijod - bu insonning moddiy va ma’naviy boyliklami yaratish faoliyati bo‘lib, unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etadi hamda butun bilimi, tajribasi va iste'dodi namoyon bo‘ladi.
0‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijod - yaratish, kashf etish; vujudga keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, iimiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamda yaratuvchilik faoliyati mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o‘tilgan.
Ma'naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘atida esa mazkur tushunchaga quyidagi tarzda ta’rif berilgan: “Ijod (arab. yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) - badiiy, ilmiy, amaiiy asar yoki moddiy boy- likni yaratish, vujudga keltirish. Ijod mohiyatan yaratuvchanlik faoliyati bo‘lib, inson ma’naviyatining amaldagi ko‘rinishini ifoda etadi”.
Sh.Sharipov o‘quvchilarning kasbiy ijodkorligi uzviyligini tadqiq etish asosida ijod - insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, mada­niyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘!gan yangilik yaratishi bilan bog‘!iq murakkab psixologik jarayondir, degan xulosaga kelgan.
S.Golovin tomonidan ishlib chiqilgan amaliyotchi psixolog lug‘atida ijod - yangi qimmatli g‘oyalarni ishlab chiqishning psixik jarayoni, yangi moddiy va ma’naviy ahamiyatga ega ne’matlami yaratish tarzida talqin etilgan.
Ijodkorlik - individning ijodkorlik qobiliyati - noodatiy fikrlarni o‘ylab topish, an’anaviy fikrlash doirasidan chetlashish, muammoli masalalarni tezda xal etish qobiliyatidir. U yangi g‘oyalami yaratishga doimo tayyorlik bilan tavsiflanadi va qobiliyat tuzilmasi kornponenti bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida ijodkorlik tushunchasiga ijodkor ishi, ijodkorga xos faoliyat; yaratuvchilik tarzida qisqa ta’rif berilgan.
Pedagogik ensiklopedik lug‘atda “Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi”, deb izoh berilgan. Mazkur lug‘atda “ijod” va “ijodkorlik” tushunchalariga alohida ta’rif berilmagan.
Falsafiy, pedagogik-psixologik adabiyotlarda “ijodkorlik” original, takrorlanmaydigan, ijtimoiy-tarixiy noyoblik bilan ajralib turuvchi faoliyat turi sifatida e’tirof etiladi.
So‘nggi vaqtlarda “ijodkorlik” tushunchasi bilan birgalikda “kreativlik” atamasi ham keng qo‘llanilmoqda.
Kreativlik - individning qayta ishlov berish va yaratish bilan aloqador xilma-xil faoliyat turlari, tashabbuskorligi, faolligi, boshqa kishilar bilan muloqot jarayonida, mental xatti-harakatlarigda namoyon bo‘ladigan ijodiy salohiyati va qobiliyatlari majmuidir.
N.M.Gnatko “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o‘rtasidagi farqni quyidagi tarzda izohlagan: mazkur tushunchalar bir doiraga mansub hodisaning ikki jihatini, ya’ni ijodkorlik jarayonli-natijaviy jihatni, kreativlik subyektivlik bilan bogMiqlikni o‘zida aks ettiradi. Garchi olim mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farqni ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa ham, biroq ta’rif ancha noaniqlik kasb etgan.
Adabiyotlar tahlili hozirgi vaqtda “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari o‘rtasida qator qarma-qarshilildar mavjudligini ko‘rsatadi:

  1. “ijodkorlik” va “kreativlik” tushunchalari sinonim so‘zlar sifatida talqin qilinadi. Ya’ni kreativlik ijod psixologiyasi doirasida qoMlanilib, mazkur tushuncha alohida ajratib ko‘rsatilmaydi;

  2. ijodkorlik yaxlitlikda madaniy faoliyat bilan bog‘liq, kreativlik esa subyekt uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish tarzida tavsiflanadi;

  3. kreativlik ijodkorlik masalasini o‘rganishning alohida jihati sifatida inson salohiyati, ichki resurs bilan bog‘ iiqlik kasb etadi.

Aynan uchinchi yondashuv obyektiv jihatdan o‘rinli bo‘lib, ke- rativlikni ijodkorlikning o‘ziga xos jihatlaridan biri sifatida qabul qiiish va uning doirasida mazkur masalani talqin etish maqsadga muvofiq.
Respublikamizda o‘quvchiiarning kasbiy ijodkorligi sohasida fun­damental tadqiqotlarni amalga oshirgan olim SH.Sharipovning fikricha, ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanib, uni quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin: ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, iiti- moiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, kasbiy, aralash); ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod); ijod qamrovi (ixtisoslik, muU- xassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro); ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli); ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’iimiy, investitsion, aralash); umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oya!arni hayotga tatbiq etish; prinsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo‘llash); yaratilgan ijod mahsulining ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).
Ijodkorlikni tasniflashga doir yuqoridagi yondashuvdan ma’iuin bo‘ladiki, ijodkorlik hamma vaqt subyektning ijodiy faoliyatini talab etadi. Shu bilan birga mazkur tushunchaga berilgan ta’riflardan ijodkorlik hodisasini izohlash murakkab ekanligi anglanadi.
Ijodiy jarayon o‘zida ikkita muhim belgini aks ettiradi. Ulardan biri

  • intuitsiya (zehn, fahm-farosat), ikkinchisi - intuitiv fikrlash jarayonida qoiga kiritirilgan natijani rasmiylashtirishdir. Faqat uning samarasi anglangan va intuitiv va mantiqiy fikrlash birligi sifatida manticiy fikrlash vositasida ishlab chiqilganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy jarayon turli darajada insonning ijtimoiy tashabbuskorliginitig barcha ko‘rinishlari, asosan, uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq shakllarida mutlaq o‘z aksini topadi.

Ijodiy salohiyal - bu murakkab integral tushuncha boiib, o‘zida ijtimoiy axloq me’yorlari va axloqiylik doirasida turii sohalarda faoliyatni amalga oshirishga doir shaxsning bilim, ko‘nikma, qobiliyat va shaxsiy intilishlari yig‘indisini aks ettiruvchi tabiiy-genetik. ijtimoiy- shaxsiy va mantiqiy komponentlami aks ettiradi. Bo‘lajak defekto- logiarda ijodiy salohiyat shaxsiy qobiliyat, bilim, ko‘nikmalar tizimi sifatida shaxsiy o‘zlikning ahamiyatini anglash, o‘quv faoliyatiga ijodiy yondashuv, o‘z-o‘zini namoyon etishga intilish, hayotiy maqsadlaming anglanganligi, ijodiy faoliyatga yo‘nalganlikda namoyon boiadi.
Ijodiy fikrlash insonning muammoli vaziyat sharoitida obyektiar o‘rtasidagi yangi aloqalarni izlab topish, mavjud tajribalarga asosianib, yangi harakat usullaridan foydalanish, muvaffaqiyatli yechim topishi uchun zarur jarayon bo'lib, verbal-mantiqiy, ong osti va intuitiv-amaliy komponentlar birligini aks ettiradi. Ijodiy jarayon tuzilmasida ijodiy fikrlash motivatsiyasi asosiy 0‘rinni egallaydi. U bilish va subyektiv ahamiyatga ega motivlarda o‘z ifodasini topadi. Ijodiy fikrlshning asosiy mexanizmi intellektuai faollikdir. Intellektual faollik shaxs ijodiy salohiyatining muhim tayanch komponenti sifatida aqliy faoiiyatning intellektuai va motivatsion omillarini aks ettiradi. Ana shu jihat bilan bog'liqlikda intellektuai faollik uch darajada namoyon bo‘ladi; reproduktiv, evristik va kreativ.
Ijodiy qobiliyat - bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligini tushunish, muammoni ifodalay olish, g‘oya farazini ilgari surish uchun kerak boMadigan bilimlardan foydalanish, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash hamda yechimini topish, natijada yangi original mahsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san’at asari, tavsifnoma va boshqalar) sifatlari majmuidir,
P.Ergashev, G.Gozibekova, G.Baykunusovalar ta’kidlab o‘tish~ ganidek, shubxasiz yuksak ijodiy kobiliyatlar kandaydir yagona va xatto bir necha omilning emas balki pedagogik-psixologik shart- sharoitlarning kattagina kompleksi maxsulidir. Biroq ushbu inkor etish kiyin bo‘lgan mulohazani e’tirof kilish, birinchidan, kreativlikni rivojlantiruvchi bir kator omillarni sun’iy xosii kilishning iloji yo‘q, degani emas, ikkinchidan, psixik taraqqiyotning kompensatsiya qonu- niga ko‘ra, muayyan omilning etishmayotgan ta’siri boshka omillar bilan muayyan darajada qoplanishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas.
Xususan, bir qator tadqiqotlarda maxsus uyushtirilgan mashg‘u- lotlar yordamida shaxs ijodiy qobiliyati taraqqiyotida ijobiy dinami- kaga erishish mumkinligi isbotlanmoqda. Jumladan, o‘quvchilar bilan art-terapiya va improvizatsiya usullari vositasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilganda kreativlikning qator ko'rsatkichlari bo'yicha sezilarli o'sishga erishish mumkinligini ko'rsatdi.
Ijodiy faoliyat - bu subyekt faoliyatining o‘z mehnatiga (ishdan qoniqish, uni bajarish jarayonida yangilikka intilish, muammo yechimini topishda ijodiy motivatsiya) munosabati va masalani ijodiy hal etish (awal o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni hamda faoliyat usullarini yangi holatga mustaqil ko‘chirish, muammoli, ma’lum obyektni yangi funksiyasini ko‘ra bilish) jarayonidir.
Ijodiy faoliyat o‘zida quyidagi muhim jihatlarni aks ettiradi: tizim ichida va tizim o‘rtasidagi bilim va ko‘nikmalami yangi tizimga qisqa va uzoq muddat ichida o‘tkazishni mustaqil amalga oshirish; kutilmagan vaziyatda (holatda) yangi muammoni ko‘ra bilish; obyekt tuzilishini ko‘ra bilish; muammoni hal etishda muqobillikni hisobga olish; yangi muammolaming yechimini izlab topishni ijodiy faoliyatning avvaldan ma’lum boMgan usullari bilan uyg‘unlashtirish; muammolami hal etishda butunlay yangicha yondashuvni qaror toptirish.
Pedagogik ijodkorlik o‘qituvchi bilimlarining chuqur va keng bo‘lishini, ushbu bilimlaming tanqidiy o‘zlashtirilishi va yangicha qo‘llanishini, bilim va intuitsiyaga asoslangan yangiliklar yaratishga qodirlikni, bir paytning o‘zida ko‘plab variantlarni ko‘ra bilish va maqbullarini tanlab olish malakasini taqozo etadi.
Tahlil natijalari pedagogik ijodkorlikning quyidagi muhim jihatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini berdi:
pedagog ijodkorligining harakatlantiruvchi va yo‘naitiruvchi kuchi bo lgan pedagogik ijod vaqt va fazoda bir oz cheklangan bo‘Iadi. Ijodiy jarayon bosqichlari (pedagogik g‘oyaning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va h.k.) bir-biri bilan ma’lum vaqt oralig‘ida qat’iyan bogiiq boiib, o‘zaro tutashib ketadi. Bu o‘rinda bir bosqichdan ikkinchisiga tezkor o‘tish talab qilinadi. Pedagog faoliyati muayyan mavzu, bo‘limni o‘tishga dastur bo‘yicha ajratilgan soatlar chegarasida ham vaqt jihatdan cheklangan;
pedagog ijodiy izlanishlarining natijalari ancha uzoq vaqtni talab etadi. Moddiy va ma’naviy faoliyat sohasida uning natijalari tez yuzaga chiqadi va qo‘yilgan maqsad bilan tezda qiyoslash imkoniyati yuzaga keladi. 0‘qituvchi faoliyatining natijalari esa o‘quvchi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarda, ularning faoliyat turlari va xulq-atvorida o‘z ifodasini topadi hamda ko‘pincha nihoyatda nisbiy va qisman baho- lanadi;
o‘qituvchining ijodi o‘z o‘quvchilari va hamkasblari bilan bir maqsadga asoslangan birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyat muhitida kechadi. 0‘qituvchilar va o‘quvchiiar jamoalaridagi ijodiy izlanish muhiti ijod va ijodkorlikning qudratli rag‘batlantiruvchi omilidir. Pedagog o‘z sohasining mutaxassisi sifatida ta’lim jarayonida o‘z o‘quvchilariga o‘quv-bi!ish faoliyatga ijodiy yondashuvini amalga os'niradi;
o'qituvchining ijodiy pedagogik imkoniyatlarining namoyon bo‘lishi ta’lim jarayonining metodik va texnik jihatdan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq;
o'qituvchi o‘z hissiy-ruhiy hoiatini boshqara olishi va o‘quv- chilarida ham shu holatni yarata olish malakasiga ega bo‘lishi talab qilinadi. 0‘qituvchi o‘quvchilari bilan muloqotni ijodiy jarayon va o‘zaro muloqot sifatida, o‘quvchilarining tashabbusi va ijodkorligini qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning o‘z-o'zini toiiq namoyon etishiga yordam bergan holda tuzish qobiliyatiga ega boMishi kerak.
Intuitsiya va pedagogik tafakkur. Intuitsiya (lot. intuitio - sinchiklab qarayman) - haqiqatni dalil bilan isbotlamasdan, bevosita fahm-farosat bilan anglab olish qobiliyati; fikran ilg‘ab olish yo‘li bilan tajriba doirasidan chiqish, shaxsiy qobiliyati yoki bilib olinmagan aloqalar, qonuniyatlarni jonli shakida umumiashtirish. Tadqiqot- chilarning fikricha, intuitsiyaning hissiy, aqliy va mistik turlari bor. Hissiy intuitsiya deb, aqliy mushohada va boshqa sezgi obrazlariga bog‘liq boimagan holda tushunchadan oldin keladigan intuitiv sezishga aytiladi. Hodisalarning mohiyatini birdaniga aql bilan ilg‘ab olish aqliy (intellektual) intuitsiya deyiladi (E. Gusseri). Ilohiy qudrat bilan muloqot jarayonida vujudga keladigan mutlaqo ongsiz ilohiy ilhom mistik intuitsiya hisoblanadi (J. Mariten). Intuitsiya - subyektning obyekt bilan bevosita qo‘shilishib ketishi okibatidir (A.Bergson). Psixoanalizda intuitsiya ijodning ongsizlikdagi ilk tamoyili deb talqin etiladi (3.Freyd). SHarq falsafasida intuitsiyani “ilohiy ilhom” yoki “ilohiy zeh” deb atashgan (Ibn Sino). Intuitsiyani o‘rganib, boshqarib ham bo‘lmaydi. U to‘satdan miyaga kelib qoluvchi fikrdir. Inson miyasida ro‘y beruvchi refleksiv jarayonlar shu qadar murakkab zanjirli bogManishlar hosil qiladiki, ba’zan turli sabab-oqibatli zanjirlar tizimidagi halqalar bir- biriga tutashib ketadi. Shunday tutashuv jarayonida inson miyasiga yarq etib yangi fikr kelib qoladi. Ana shu holat intuitsiyaning nerv-fiziologik asosi hisoblanadi. Bu kutilmaganda, behosdan ro‘y berganligi uchun ki- shilar intuitsiyani ilohiy va g‘ayritabiiy mohiyatga bog‘!ab tushun- tirishga urinishadi, lekin uning zamirida o‘ziga xos psixik jarayoniar yo- tadi. Intuitsiya inson miyasida ro‘y beruvchi o‘z-o‘zini sozlash, o‘z- o‘zini muvofiqlash mexanizmi bilan bog'langan. Miyada muayyan payt- da o‘z-o‘zidan ishlash jarayoni sodir bo‘ladi va u o‘z-o‘zicha yangi bi- limni ishlab chiqadi. Bu jarayonni ongii nazorat qilmaganligimiz tufayli miyamizga yangi fikr quyilib kelgandek bo‘lib tuyuladi. Asiida bu fikrni miyamiz o‘zo‘zidan hisoblab chiqqan bo‘Iadi.
Mushohada, insayt, intuitsiya mashaqqatli ilmiy izlanish, yangi faktlami topish va ulami ilmiy farazlar, tizimlar, nazariyalar va qonun- larda ratsional, mantiqiy-diskursiv anglab etish bilan bir qatorda, ilmiy ijodning zarur jihatlari, olimning izlanuvchan, jonli, tirishqoq aqlining doimiy hamrohlaridir. Buyuk fizik A. Eynshteyn ilmiy ijodda intuitsiya, faraz, mushohadaning ahamiyatini qayd etgan holda, «Mohiyat e’tibori bilan, faqat intuitsiyagina chinakam qimmatga egadir», deb ko‘rsatib o‘tgan edi.
Insonning dunyoni bilish, subyektning obyekt bilan o‘zaro ta’sirga kirishish jarayoni o‘ta murakkab va ziddiyatli jarayondir. U olimdan na­faqat ongli, balki ongsiz faoliyat ko‘rsatishni ham talab etadi.
Insonning ong osti sohasining bilish faoliyati intuitiv bilish deb ata- ladi. Intuitsiya esa - bu bilish obyektining ayni shartlarda boshqa yo‘l bilan asoslab boMmaydigan xossalariga bevosita, nomantiqiy tarzda haqqoniy deb qarashdir. Ilmiy ijodda intuitsiya sezgi va aql-idrok fao- liyatiga qarshilik ko‘rsatmaydi, balki bilishning hissiy va ratsional jihat­lari bilan uzviy bog'lanib, ulami to‘ldiradi.
Subyektning obyekt borlig‘i qonuniyatlarini, uning xossalari va aloqalarini hissiy va ratsional bilishi ongning ijodiy faolligiga yorqin misol bo‘la oladi. Ammo ongli darajada sodir boMuvchi insonning ijodiy jarayoni uning ruhiyatining yanada chuqur - ongsiz va ong osti qatlamlariga ham kirib boradi. Hozirgi zamon ilmiy tasavvurlariga ko‘ra, insonning ongsiz ong osti ruhiy faoliyati sohasi ba’zan ong anglab etmaydigan sezgilar, tasavvurlami o‘z ichiga oladi. Ong osti sohasi ma’naviy hayotning tush ko‘rish, gipnoz holati, anglanmagan istaklar, tashvishli sezgilar, masalan, inson hayotida ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lishi arafasidagi tashvishli sezgilarni qamrab oladi.
Ruhiyatda ong, ong osti sohasi va ongli narsalarnirig o‘zaro aloqasi masalalariga psixoanaliz asoschisi Zigmund Freyd katta e’tibor bergan.
Uning fikricha, inson ruhiyati uch sohadan: “U”, “Men”, “Mendan Us- tun” sohalardan tashkil topgan. “U” - ongsiz mayllarning teran qatlami bo'lib, unda gedonizm, lazzatlanish prinsipi etakchilik qiladi. “Men” - bu shaxsning ong sohasi, ongsiz soha bilan reallik prinsipi hukm suruv- chi tashqi olam o‘rtasida vositachidir. “Mendan Ustun” soha - bu shaxsning ichki ma’naviyati, vijdoni, ta’bir joiz bo‘lsa, shaxsning ichki ijtiomiylashish darajasidir. Z.Freyd eksperimentlar va klinik tadqiqotlar negizida insonning ma’naviy olamida ongsiz narsalar, shu jumladan bi­lish va ijodiy faollikning rolini asoslab berdi.
Ong osti sohasi va intuitsiya ilmiy bilish jarayonida bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Strukturaviy lingvistika sohasidagi yirik mutaxassis, til psixomexanikasi nazariyasining asoschisi Gyustav Giyom bilish jarayo­nida hodisalami aniq ko‘rish, ularning mohiyatini teran tushunishda in- tuitsiya muhim rol o‘ynaydi, deb e’tirof etgan. 0‘z ma’ruzalarida Giyom shunday deb qayd etgan: “Intuitiv mexanikada barcha operatsiyalar ong­siz ravishda sodir bo‘ladi. Ongsizlik, intuitsiya - bir xil narsalardir, nati- jani ko‘rish imkonini beruvchi til strukturalari bilan tasdiqlanuvchi intui­tiv mexanika operatsiyalarning samaradorligi bizda o‘zimiz boshqara olmaydigan, kuchi bilimlarimizni oshirishda emas, balki bashorat qilish (luicidite) qobiliyatimizni kuchaytirishda bo‘lgan faoliyat darajasi mav- judligidan dalolat beradi”.
Q.Abduraximovning fikricha, ongsizlik vaqt oqimi davomida infor- matsion fazoning o‘zgarishi, axborotlar oqimidagi kamchilikiarni to‘l- dirish, mental strukturalar o‘z-o‘zining tarkib topishini oxiriga etkazishida sodir bo‘ladi. Ilmiy tadqiqot ishida faoliyatning avtomat- lashgan, ongli, yarim ongli va ongsiz holatda nazorat qilinadigan komponentlari - ko‘nikma, malaka va odatlar inson bilish faoliyatining anglanmagan komponentlari sifatida kognitiv psixologiya yo‘nalishi o‘rganishi kerak bo‘lgan muammolardan ekanligiga alohida urg‘u berilgan. Bilish jarayonida anglanmagan (implitsit) bilimlarning anglangan (eksp 1 its it) 1 i kka o‘tishi ko‘pincha insayt sifatida talqin qilinadi, boshqa bir tomondan esa, anglanganlikning nazorat qilinishi avtomatik harakatlarga o‘tish bilan uyg‘unlashadi va malakani shakllantiradi.
Ongsizlik tuzilishi bilan bog‘liq nuqtai nazar asosiga intuitsiyani kiritish uning asosiy komponentlari va mexanizmlari harakatini yanada aniq va umumlashtirilgan holda aks ettirish imkonini yaratadi. Intuitsiyaning turli modallikdagi axborot oqimlari va ularning o‘tmish, hozirgi vaqt (dolzarb) va potensial holatlarda vujudga kelish darajalari tanlovni universal integrativ mexanizm sifatida ko‘rish mumkinligidan dalolat beradi.
Intuitsiya - bu ijodiy faoliyatning ichki, subyektiv tomoni bo‘lib, unda ongsiz komponent bilish faoliyati natijalarini umumlashtirish, birlashtirish, tushunib etishga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, ilmiy ijodda onglilik va ongsizlikning, intuitivning o‘zaro ta’sirini haddan tashqari soddalashtirib yubormaslik kerak, zotan, bu juda murakkab, chalkash va ancha mavhum jarayondir.
Pedagogik tafakkur. Eng avvalo, “tafakkur” tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. “Falsafa: qomusiy lug‘at”da “tafakkur” tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Tafakkur (arab. - fikrlash, aqliy bilish) - predmet va hodisalaming umumiy, muhirn xususiyatlarini aniqlaydigan, ular o‘rtasida ichki, zaruriy aloqalar, qonuniy bog'lanishlami aks etadigan bilishning ratsional bosqichi».
Psixologiya fanlari doktori, professor E.G‘oziev esa, mazkur tushunchaning mohiyatini quyidagicha izohlaydi: “Tafakkur inson aqliy faoliyatining, aqliy zakovotining, ongli harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur tevarak-atrofni, ijtimoiy muhitni hamda voqelikni bilish quroli, shuningdek, insonning keng ko‘lamdagi faoliyatini oqilona amalga oshirishning asosiy sharti hisoblanadi”.
E.Z.Usmonovaning fikricha, tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon boiib, dastavval keng predmetli (amaliy) faoliyat tarzida namoyon bo‘ladi, keyinchalik u “aqliy” xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi.
Q.Shonazarov “tafakkur” tushunchasining quyidagi ta’riflar maj- muini taklif etgan: tafakkur voqelikni inson tomonidan bevosita hissiy idrok qilib bo‘lmaydigan obyektiv xususiyatlari, aloqalari, muno- sabatlari bilan ongli ravishda aks ettirilishini bildiradi; tafakkur biror tayyor yechimi yo‘q muammo paydo boMganda boshlanadi. Inson biror narsani bilish ehtiyoji paydo bo‘lganda fikrlay boshlaydi; tafakkur ongning voqelikni aniq, chuqur, to‘!iq va bevosita umumlashtirib va bevosita aks ettirish (biiish)ga qaratilgan faoliyatidir; tafakkur bu inson miyasida predmet va hodisalaming o‘z qonuniy aloqalari va muno- sabatlari bilan umumlashtirib aks ettirish jarayonidir; tafakkur yangilikni qidirish va ochishga sotsial jihatdan bog/liq, aloqador, analiz, sintez jarayonida voqelikni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir; tafakkur individni bilvosita va umumlashgan holda aks ettirishga qaratilgan bilish jarayoni; tafakkur obyektiv voqelikning faol in’ikosi;
bilimlarning tushuricha, mulohaza, fikr, xulosa, nazariya va hakozolar tarzidagi shakllanishi, harakati va rivojlanishidir.
“Tafakkur” tushunchasini tahlil etish asosida uning quyidagi asosiy xususiyatlarga ega ekanligi haqidagi xulosaga kelingan: 1) unda voqelik abstraklashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o‘laioq tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali belgilaridan chetlashgan, mavhumlashgan holda e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga qaratishimizga imkon beradi; 2) tafakkur borliqni bilvosita aks ettiradi. Unda yangi bilimlar tajribaga har safar murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil qilinadi. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o'rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi; 3) tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real anologiga ega boMmagan narsalar - yuqori darajada ideallashgan obyektlarni ya­ratish, ularning eng muhim xususiyatlarini o‘rganish, hodisalami oldindan ko‘rish, bashorat qilish imkoniyati vujudga keladi; 4) tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr - ideal hodisadir. U faqat tilda - moddiy hodisada reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila oiadigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlaming o‘zaro fikr aimashish vositasiga aylanadi. Boshqacha aytganda til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir.

Yüklə 123,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin