Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi Reja: 1. Shaxsni rivojlantirish haqlda tushuncha 2. Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli 3. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq
maqsadlarni ko'zlab sistemali ra- vishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo'lida
tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta‟sirining kuchi va uni
natijasi irsiyat va muhit kabi omillar- ning hamkorligi bilan belgilanadi.
1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o'zlashtiriladi, ya'ni bilim,
ma‟lumot egallanadi.
2. Tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish
mumkin. Masalan, ko'rlar, gunglar ham o'qitilib, sog'lom kishilar qatori hayotga
tayyorlanadi.
3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta‟sirini bartaraf etish mumkin.
4. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sha- roitida insoniyatning ijtimoiy
tarixi tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y
beradi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosa- batlari sistemasiga kiradi.Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab
jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va
umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi kerak,
ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usul- larini hali egallamagan bo'ladi.
Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tan
laydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini ri- vojlantirishda tarbiyaning
yetakchilik roli shu bilan belgilana- di. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari,
ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy
bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari
o'zgaradi, o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xilma-xil bo'lib boradi.
Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan
bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va
hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoni- yatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi
(masalan, emaklash- dan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha
miqdordagi tasavvurlarga ega bo'lgandan keyin tush- unchalar darajasidagi bilimlarni
o'zlashtirish; buyum asosida- gi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo).
Tarbiya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugun- gi rivojlanish
darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojla- nishini olg'a harakatlantiradi.
Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o'tadi. Har bir navbatdagi
bosqich avvalgisi bilan mustah- kam bog'liq bo'ladi, avval erishilgan bosqich yanada
yuqori- roq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh bosqichida
shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo'ladi.
Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha
tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko'zi ojiz va kar bolalar uchun
mo'ljallangan jamoat muassa- salarida ayniqsa, aniq namoyon bo'ladi. Bunday bolalar
uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga
tayyorlashni ta‟minlaydi. Biroq, tarbiya bola rivoj- lanishini jadallashtirmasligi, uning biror
tomonining ruhiy ri- vojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun
Maktabgacha ta'lim pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg'un rivojlantirish,
uning rivojlanishini boyi- tish maqsadi o'rtaga qo'yiladi (A. V. Zaporojes).
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik
rolini, uning har bir bola shaxsini shakllantirish uchun mas‟uliyatini qaror toptiradi. Taniq
li pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas‟uliyatini ta'kidlab shunday yozgan edi:
«Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam
yomon tarbiyalangan bo'lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola
yaxshi bo'lsa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir.
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o'zlashtirishga yordam beradi, buning asosida
uning bilish, ko'rgazmali, o'yin, eng oddiy mehnat va o'quv kabi xilma-xil faoliyat turlari,
shuningdek, muomalasi shakllanadi, Bola u yoki bu faoliyatni o'zlashtirib, faollik ko'rsatadi,
ayni paytda shu faoliyat bilan bog'liq bilimlar, malaka, ko'nikmalarni o'zlashtiradi. Shu
asos- da unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shaklla- nadi.
Faoliyat - kishining moddiy va ma‟naviy ne‟matlar yara- tish borasidagi hamda shaxsiy
va ijtimoiy sohadagi ma‟lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.
Faoliyat - insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat - bir
narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni).Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya obyek- tiga emas, shu bilan birga
tarbiya subyektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning
yetak- chilik rolini belgilaydi, Bolalarning rivojlanishi va tarbiyala- nishining yosh bilan
bog'liq davrlarida faoliyatning turli xil- lari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi,
lekin bunda ularning roli bir xil bo'lmaydi; har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi
ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat
ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzuyi, vositalari, buyumlar bilan amalga
oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib tura- di. Ilmiy ma‟lumotlarning
dalolat berishicha, bola ularni dar- hol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning
rahbar- ligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi
muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog'chasidagi tarbiya va ta‟lim sharoitlariga bog'liq bo'ladi.
Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy
qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi
hisoblanadi.
Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (his- siy va hissiy-predmetli
muomalasining) eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo'lgan ehtiyojini rivojlantiradi,
tasavvur- larini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning
faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib
qo'yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog'liq bo'ladi. Hayotning dastlabki yillar- ida
kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o'z ichiga oladigan yo'l
yo'riq tadqiqot faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo'ladi. Tarbiyachilar bolalar bi
lan muomalada bo'Iar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. Shunday yo'I bilan
bolalar o'ziga xos buyumlar bilan bog'liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o'zi
bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.
Buyumlar bilan bog'liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha ta‟lim
muassasasida ham bir va ikki yoshli bolalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi,
chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari
rivojlanadi, Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rah- barligida buyumlarning xususiyatlari,
ular bilan qilinadigan harakatlar to'g'risida dastlabki bilimlarni o'zlashtiradilar.
Bola ikki yarim yoshga to'lganda buyumlar bilan bog'liq faoliyat va muomala ancha
yuqori rivojlanish darajasiga eri- shadi, o'yin va tasviriy faoliyatga o'tish uchun asos
yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o'zini- o'zi anglashning
dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o'zini atrofdagi odamlardan ajratadigan, o'z
imkoniyatlarini anglab yetadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu
bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O'zini-o'zi
anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo'ladi.
Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va
ta‟siri ostida ro'y bersa, 4-6 yoshli bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o'z
xohishlariga ko'ra qo'shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba‟zan ijodiy xususiyatga ega
bo'ladi.
Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim yo- shida yetakchi bo'ladigan
o'yin faoliyatida maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi.
Tarbiyachilar rahbarligidagi o'yinlar chog'ida bolalar turli harakat usullari- ni, buyumlar,
ularning xususiyatlari va belgilari to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtiradilar. Bolalar makon,
vaqt munosabatla- rini, o'xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yeta- dilar,
tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o'yinlar harakat- larning rivojlanishiga, makonda yo'l
yo'riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o'yinlarda bolalar odamlar o'rtasidagi
munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahami- yatini anglab yetadilar va o'zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo'ladi va
har tomonlama rivojlanish im- koniyatlari kengayadi. O'yin xayolni rivojlantirishga,
atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to'g'risidagi bilimlarni chuqurlashti- rishga, shaxsning
jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirish- ga ko'maklashadi.
Muntazam mehnat topshiriqlari o'z faoliyatini jamoat man- faatlariga bo'ysundirish,
ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish
ko'nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.
Mashg'ulotlardagi eng oddiy o'quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar
haqidagi bilimlarni o'zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko'nikmalarni
shakllantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda ta'lim paytida bolalarning e‟tibori tabiat,
odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta‟lim berish
muhim aloqalar va munosabatlarni o'zlashtirishga va aloqalarni umumlashti- rishga hamda
eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qa- ratilgan bo'ladi, bu esa bolalarda tushunish
tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. O'zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy
qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o'yinlarda va mehnatda qo'llaydilar. Bularning hammasi
bola shaxsining rivojlanishiga ta‟sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni
shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg'ular, sabab- lar, maqsadlarni tarbiyalash
va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o'tish
imkoni- ni beradi.
Kichik maktab yoshida asosiy narsa o'qish bo'lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy
ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushu- nadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o'z
xatti-haraka- tini va tengdoshlarining xatti-harakatini o'zgacha nuqtayi na- zardan maktab
o'quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qilib qo'yadi. Bola faollik, ijodkorlik
ko'rsatib, kattalarning uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo'yayotgan tobora murak
kablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy- tarixiy tabiati har bir yosh
avlodga obyektiv ravishda berilgan bo'ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida,
bilimlarda, san‟atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari
birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta
avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakl- lanadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg'otib, yangi xulq-atvor sifatlarini
shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.