Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P
MAKTABGACHA PEDAGOGIKANING BOSHQA FANLAR BILAN BOG'LIQLIGI Maktabgacha pedagogika fani jamiyat va insonni o'rganuvchi fanlar bilan chambarchas
bog'langan. Pedagogika ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyani o'rganar ekan, sotsiologiya,
anatomi- ya, fiziologiya, psixologiya, umumiy pedagogika fanlari, falsafa bilan
chambarchas bog'liqdir. Chunki mazkur fanlar tarbiya- ning maqsadi va vazifalarini
o'rganish metodologiyasini belgi- laydi. Jamiyat to'g'risidagi materialistik falsafa tarbiya
masala- siga asoslangan holda yondashish imkonini beradi.
Tarixiy materializm pedagogika tarbiyaning sinfiy mohiya- tini ochib berish, uning paydo
bo'lishi va rivojlanishi ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotida va kishi shaxsining rivoj
lanishida tarbiyaning rolini baholashga yordam beradi. Didak- tik masalalarni ishlab
chiqishda pedagogika bilish nazariya- siga suyanadi, axloqiy tarbiya masalalarini o'rgatishda pedagogika etikaning axloq to'g'risidagi ta‟limotiga, estetik tarbiyaning maqsadini,
yo'llarini, metodlarini belgilashda etika fa- niga asoslanadi.
Etika axloqni nazariy jihatdan asoslab, yosh avlodni, uning axloqiy tarbiyasi
muammolarini, inson shaxsini shakllantirish- da axloqiy g'oyalar rolini tushunishni
chuqurlashtiradi.
Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabat- larni rivojlanishining
umumiy qonuniyatlarini o'rganadi, nafo- sat tarbiyasining ilmiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Fiziologiya pedagogikaning tabiiy-ilmiy bazasi bo'lib, u bi- rinchi navbatda inson oliy nerv
faoliyatining rivojlanishi, nerv sistemasining xususiyatlari, sezgi organlari, tayanch-harakat
apparati, yurak-tomir va nafas olish sistemalari va shu kabi- larning rivojlanishi haqidagi
ma‟lumotlarga tayanadi. Hozir- gi zamon fiziologiyasi eng muhim pedagogik muammolar
ni to'g'ri hal etishda: bola rivojlanishiga, uning qobiliyatlari- ni shakllantirishga muhit,
irsiyat va tarbiyaning ta‟siri va shu singarilarni begilashda pedagogikaga yordam beradi.
0„sib bo- rayotgan organizm tuzilishining va harakat qilish qonuniyat- larining asosiy
tamoyillarini ochib beruvchi yosh fiziologiyasi ta'lim-tarbiya berish masalalarini ishlab
chiqish uchun katta ahamiyatga ega. Fiziologiyaning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining
tipologik xususiyatlari to'g'risidagi xulosalarni pedagogikaga o'quv-tarbiya jarayoni
metodikasini ishlab chiq- ishda, bolalar faoliyatlari uchun yaxshiroq sharoitlar yaratish- da
yordam beradi.