Mavzu: Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja: Pedagogning kasbiy vakolatlari mazmuni "Kasbiy kompetensiya" tushunchasining ma'nosi


Mavzu: Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi predmeti va uning vazifalari



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə7/29
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#113844
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Mavzu Pedagoglik kasbi va uning kasbiy kompetensiyalari Reja P

Mavzu: Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi predmeti va uning vazifalari
Reja:
1. Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi predmeti
2. Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi vazifalari
3. Maktabgacha pedagogikaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi
Maktabgacha pedagogika bola tarbiyasida uning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga
olib boradi. Shu bois, pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari,
ularda o'tadigan psixik jarayonlarning qonuniyatlari haqida- gi ma'lumotlar muhimdir,
Shunga ko'ra pedagogikaning psi- xologiya fani bilan bog'liqligi an'anaviy tus olgan.
Hozirgi zamon pedagogikasi ko'p tarmoqli fan bo'lib, av- valo, u tarbiya ijtimoiy hodisa
ekanligi jihatidan pedagogika tarixi bilan bog'lanadi. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan
bog'lanish tizimida etnografiya, xalq pedagogikasi alohida o'rin tutadi.
Umumiy pedagogika guruhi - uzluksiz ta‟lim jarayonining o'ziga xosligini asoslab beruvchi
oila pedagogikasi, maktabgacha pedagogika, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta‟limi pe
dagogikasi, oliy ta‟lim pedagogikasi, maxsus pedagogika kabi tarmoqlarga bo'lingan.
Pedagogik fanlar majmuyi.
Ta‟lim jarayoni va didaktika haqida tushuncha
Ta'lim jarayonining ilmiy, nazariy uslubiy va amaliy asoslari- ni, ya'ni ta'lim, bilim
berish, o'qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo'limi didaktika shug'ullanadi,
"Didaktika" grekcha so'z bo'lib, "o'qitish”, "o'rgatuvchi" degan ma'nolarni anglatadi.
"Didaktika" so'zining lug'aviy tarji- masi "Ta‟lim nazariyasi" demakdir. Ta'lim nazariyasi
ta'lim ja- rayoni tushunchasi va mohiyatini, ta'lim tamoyillarini, ta'lim mazmunini, ta'lim
metodlari, shakllari va vositalari mazmuni- ni aks ettiradi. Ta‟lim nazariyasining asosiy
mohiyati ta'limni tashkil etishdan iboratdir. Ta'limni tashkil etishdan asosiy maqsad yosh
avlodni ilmiy bilimlar, ko'nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat.
Ta'lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlari- dan biri bo'lib, individual psixik
rivojlanishni va bilimlarni o'zlashtirishni ancha tezlashtiradi. O'qituvchi ta‟lim jarayonida
faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o'quvchi, talabaga ta'sir
ko'rsatadi, bu esa ularni bilim olishla- rini yanada faollashtiradi, natijada o'quvchi ta'lim
jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi.
Ta'lim jarayonida o'quvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlar amaliy faoliyat
yordamida yanada mustahkam- lanadi. Inson tevarak-atrofdagi voqelik, narsa va
hodisalarning mohiyatini amaliy hayotda ularga to'qnash kelish yo'li bilan bilib oladi, ularni
o'zlashtiradi. Inson amaliy faoliyat tufayligi- na ijtimoiy, ishlab chiqarish faoliyati
jarayonini tashkil etuvchi munosabatlar, shuningdek, tabiat hodisalari sirini o'zlashtirib oladi.
Narsalar, buyumlar bilan amaliy muomalada bo'lish nati- jasida buyumlar sezgi
organlariga ta'sir qiladi, sezgilar idrokni keltirib chiqaradi. Amaliyotda insonning faol
fikrlash faoliyati yuzaga keladi. Fikrlash yordamida u real voqelikni chuqur tu- shunadi.
Bilim manbayi sanalgan amaliyotning ahamiyati xususida so'z yuritganda bilish
jarayonining mohiyatini ham ta‟kidlab o'tish joiz.
Bilish murakkab dialektik jarayon bo'lib, jonli mushoha- dadan abstrakt tafakkurga, so'ngra
amaliyotga o'tish yo'lidir.
Bilish shaxs uchun mavhum ham o'zlashtirilmagan narsa, vo- qea va hodisalar mohiyatining
ong yordamida anglash iaray- onidir. Obyektiv borliqni bilish uni sezishdan boshlanadi. Se
zish ongning tashqi olam bilan bo'ladigan chinakam aioqasidir. Sezish tevarak-atrofdagi
voqelik, narsa va hodisalarning sez- gi organlari (bizga ma‟lumki, ular beshta)ga ta‟sir
etuvchi ay- rim si fat, belgilarning ongda aks etishidir. Bunda har bir organ, har bir
analizator I.P.Pavlov ta'kidlab o'tganidek, narsalarning ayrim eng muhim sifatlarini his
etadi, Sezish muayyan narsa, voqea-hodisalar mazmunini ongda idrok etilishiga olib keladi.
Idrok - sezish a‟zolari orqali ongga ta‟sir etib turilgan narsa va hodisalarning unda
(ongda) yaxlitligicha aks etish jaray- onidir.
Sezish va idrok qilish yordamida bilish jarayonida tasavvur ro'y beradi. Tasavvur inson
ongida uzoq muddat saqlanib qol- adigan sezishlar va idrokning izidir. Yoki boshqacha
aytganda, tasavvur sezgi a'zolariga qachonlardir ta‟sir etgan hamda idrok qilingan narsa va
voqea-hodisalarning ongdagi yaqqol hissiy obrazidir. Tajriba vositasida odamda tasavvur
zaxirasi boyib, ko'payib boradi. Tasavvur fikrlashda, tushunchalarning tarkib topishida
muhim rol o'ynaydi. Tasavvur muayyan umumlash- malarning mavjudligi bilan bog'liq.
Sezish, idrok va tasavvur bilishning muhim tarkibiy qismlari bo'lsa-da, ular ham haqiqiy
voqealikni bilish muammosini to'la hal etishmaydi, Bilish jarayonining eng yuqori
bosqichida tafakkur yuzaga keladi.
Inson faqat tafakkur yuritish jarayonidagina muayyan ja- rayon yoki voqea, hodisa
mohiyatini, munosabatlarning sa- babiy baholanishlarini aniqlaydi va shu orqali moddiy
borliqni chuqur, to'la va to'g'ri aks etishiga erishadi. Tafakkur I.P.Pavlov ta'limotiga ko'ra,
assotsiatsiyalarining hosil bo'Iishidan iborat.
Jonli mushohada uchun birinchi signal tizimi, abstrakt ta~ fakkur uchun ikkinchi signal
tizimi asosiy ahamiyatga ega.
Abstrakt tafakkur voqealik bilan o'zaro aloqada bo'lgan taqdirdagina inson bilimlari
chuqurlashib boradi. Jonli mu- shohada va abstrakt tafakkur birligigina bilimlarni haqiqiy
va chuqur bilimlarga aylantiradi.
Jonli mushohada va tafakkur doimo odamning amaliy faoli- yatiga asoslanishi kerak.
Odam tabiat va ijtimoiy jamiyat qo- nuniyatiarini ochib, o'z faoliyatida ulardan
foj/dalanishga inti' ladi. Har qanday nazariy bilimning qiymati uning amaliyotga qanchalik
xizmat qiiishi bilan belgilanadi. Nazariy amaliy faoli- yat mohiyatidan kelib chiqib
asoslanaai hamda amaliy faoliyat- ning yaxshiroq yo'lga qo'yilishiga xizmat qiladi. Biroq,
amali- yot ayni vaqtda bilimning to'g'riligini tekshirish vositasi ham- dir. Nazariy g'oya, fikr
amalivotda tekshirilgan va u orqali tas- diqlangandagina u inson bilimlarining muhim
tarkibiy qismi- ga aylanadi.
Demak, bizga bilim amaliyotdan sezgi idrok, tasavvur va tafakkur asosida hosil bo'lishi va
yana amaliyotga qaytib bo- rishida namoyon bo'ladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bilim
amaliyotga o'zining ilgarigi ko'rinishida emas, balki ancha boyigan ko'rinishda, ancha
yuqori darajada qaytib boradi. Biz bu holm sxema tarzida quyidagi holatda ko'rishimiz
mumkin.Bilish jarayoriida bilim hosil bo'ladi. Bilim-odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyot
jarayonida to'plagan umumlashgan tajri- basidir. Bilim obyektiv borliqni to'g'ri aks ettiradi.
Eng to'g'ri va mukammal bilimlar ham o'z navbatida doimiy emas, balki ijtimoiy taraqqiyot
jarayonida o'zgarib boradi.



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin