Bir qator tadqiqotchilar qiziquvchanlikhissini muvaffaqiyatli ijodiy faoliyat uchun«Katta beshlik» ayni damda shaxsiy fe’llarning «Besh faktorlik modeli» deb ham ta’irflanadi:Tajribaga ochiqlik, onglilik, ekstraversiya, xayrixohlik va nevrotizmmuhimligini taʼkidlagan (Chávez-Eakle, 2009 [66]; Feist, 1998 [61]; Guastello, 2009 [67]; Kashdan va Fincham, 2002 [68]). Shunga bogʻliq, lekin butkul farqli feʼl boʻlgan «intellektga ochiqlik» ham ijodiy yutuqlarni bashorat qilishda qoʻl keladi. Intellektga ochiqlik deganda, mavhum va semantik ma’lumotni asosan mantiqiy fikrlash vositasida aniqlash tushuniladi (DeYoung, 2014 [69]). Tajribaga ochiqlikdan farqli oʻlaroq, intellektga ochiqlik, ayniqsa, ilmiy ijodkorlik bilan chambarchas bogʻliqdir (Kaufman va boshqalar., 2016 [70]).Sabr-toqat, qatʼiyat hamda o ʻz ijodiy kuchiga ishonish insongamaqsad sari intilish hissi va ushbu maqsadlarini roʻyobga chiqara olishiborasidagi bardavomlik hissini berish orqali uning ijodkorligiga taʼsirqilishi isbotlangan.Sabr – qiyinchiliklarga qaramay maqsad sari harakatni astoydildavom ettirish, qatʼiyat–maqsadiga yetishish uchun qiyinchiliklargachidash va ularni yengish – ijodkorlik uchun muhim xislatlardir. Cropley(1990 [71]) ijodkor shaxslarning «zoʻr berishga astoydil shayligini» eʼtirof etgan boʻlsa, Torrance (1988 [72]) ularning eng asosiy xislati qatʼiyat ekanligini taʼkidlagan. Amabile (1983 [34]) fikricha, uzoq muddat davo mida shijoat bilan biror vazifa ustida ishlash va oʻnglanmayotgan ish yuzasi dan hafsalasini pir qilmaslik ijodiy salohiyatning muhim qismidir. Oʻz ijodiy kuchiga ishonish deganda insonlarning vazifaga ijodiy yondasha olishi borasidagi ichki eʼtiqodlari tushuniladi (Beghetto va Karwowski, 2017 [73]). Maqsad sari intilish va oʻz ijodiy kuchiga ishonish chambarchas bogʻliq: bir qator tadqiqotchilar oʻz ijodiy kuchiga ishonch inson oʻnglanmayotgan ish yuzasidan hafsalasi pir boʻlishi yoki qiyinchiliklarga qaramay davom etaverishida va alal oqibat vazifani ijodiy hal etishida muhim oʻrin egallaydi deb hisoblaydilar (Bandura, 1997 [74]). Ushbu ishonchga, oʻz navbatida, avvalgi faoliyat yakunlari, kayfiyat hamda vazifa bajarilayotgan ijtimoiy muhit taʼsir oʻtkazishi mumkin (Bandura, 1997 [74]; Beghetto, 2006 [75]).Taʼlim jarayonida oʻquvchining ijodiy fikrlashini qoʻzgʻatishgaqaratilgan xatti-harakatlar shu sababli uning oʻz ijodiy salohiyatiga ishonch,sabr va qatʼiyatini kuchaytirishga qaratilishi mumkin (Davis va Rimm, 1985[76]).Zamonaviy tadqiqot tobora kreativ fikrlashga individual yumush emas, koʻproq ommaviy xatti-harakat sifatida qaramoqda. Bunga yangi bilim yaratishda guruhlarning faoliyatini tahlil qilishni misol keltirish mumkin. (Thompson va Choi, 2005 [77]; Prather, 2010 [78]; Grivas va Puccio, 2012 [79]; Scardamalia, 2002 [80]). Kreativ fikrlashni bunday anglashda ilgari surilgan asosiy fikr, ijodiy faoliyat inson va uning muhiti, jumladan, ushbu muhitdagi boshqa insonlar orasidagi munosabatning natijasi ekanligidir. Bu yoʻsinda, kreativ fikrlash va faoliyat doimiy «bajarish» (muhitga qaratilgan xatti-harakat) va «duchor boʻlish» (muhitning aks harakatini qabul qilib olish) sikli sifatida shakllantirilgan (Glaveanu va boshqalar., 2013 [44]). Oʻzaro hamkorlik natijasida guruhlar alohida insonning qobiliyati yetmaydigan murakkab muammolarga yangicha yechimlarni taklif etishi mumkin (Warhuus va boshqalar. 2017 [81]). Hamkorlikdagi kreativ fikrlash borasidagi tadqiqotlarga ko‘ra, guruh aʼzolari maqsadli, opportunistik vaziyatdan kelib chiquvchi va tartibsiz murakkab jarayonlarda ishtirok etgan holda, maqsad qoʻyadi va uning roʻyobga chiqishini kuzatadi, bunda guruhning turli aʼzolari oʻzining kuchli tarafiga asoslanib, guruhda yetakchilikni oladi. Xususan, muzokara usulidagi olib boriladigan jarayonlarda qatnasha olish yangi gʻoyalarni yaratishga zamin tayyorlaydi (Montuori, 2003 [82]; Tsoukas, 2009 [83]). Hamkorlik natijasida, faoliyat gʻoya yaratish va takomillashtirish bilan bogʻlanadi, gʻoyalardagi kamchilik tuzatiladi, boshi berk muammolarni aylanib oʻtish yoʻllari kashf etiladi. Hamkorlikda ishlay olish qobiliyati taʼlim kontekstida ham bilim yaratishning muhim qismidir. Oʻquvchilar boshqalarning gʻoyalarini kashf etib, ular asosida yangi gʻoyalarni yaratishi va shu orqali hamkorlikda yangi bilimlarni yaratishida maktab qulay zamin sifatida xizmat qiladi. Oʻquvchilar oʻzgalarning gʻoyasidan bahramand boʻlishni, hammuallif lik va hamkor faoliyatni oʻrganishi kerak (Starko, 2010 [84]; Scardamalia, 2002 [80]). Amaldagi PISA sinovining tuzilishiga koʻra, kreativ fikrlashni baholashda qatnashayotgan o‘quvchilarga kreativ fikrlashning topshiriqlarini yechish uchun bir soat beriladi, qolgan bir soat esa matematika, oʻqish va tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘nalishlariga ajratilgan. Kreativ fikrlashni tekshirishga qaratilgan test topshiriqlari 30 daqiqalik seksiya yoki klasterlardan iborat. Har bir klaster sinalanayotgan jihat (turli gʻoyalarni ishlab chiqish, kreativ gʻoyani ishlab chiqish, gʻoyalarni baholash va takomillashtirish), soha (yozma ifoda, vizual ifoda, ijtimoiy va ilmiy muammoni hal qilish) hamda davomiyligi (5 daqiqadan 15 daqiqagacha) bilan farqlanadigan test qismlaridan iborat. Klasterlar almashib turadigan test dizayniga koʻra kompyuterlashgan turli test formatlariga kiritilgan. Kreativ fikrlashning jihatlari hamda topshiriqlarning foizdagi ulushi 2-jadvalda keltirilgan. Ushbu raqamlar bu baholash doirasini (framework) ishlab chiqilayotgan davrda maslahatlashilgan mutaxassislarning qarashini aks etadi.