Mavzu: pisa tadqiqotida kreativ fikrlashni baholashni ishlab chiqishning ahamiyati. Reja


KREATIV FIKRLASHNING KOMPETENSIYAVIY MODELI



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə6/11
tarix23.06.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#134645
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kreativ fikrlash fanidan mustaqil ish

KREATIV FIKRLASHNING KOMPETENSIYAVIY MODELI

PISA baholash dasturida kreativ fikrlash testining kompetensiyaviy modeli uch shaklda aks etadi. Kompetensiyaviy model kreativ


fikrlashni baholash maqsadiga ko‘ra uch jihatga boʻlinadi: «turli gʻoyalarni ishlab chiqish», «kreativ gʻoyani ishlab chiqish», «gʻoyalarni baholash va takomillashtirish».
Test oʻquvchilardan gʻoya berish (yaʼni, turli yoki kreativ gʻoyalar
berish) kognitiv jarayonida hamda gʻoya qiymatini baholash va uni
takomillashtirishda samarali ishtirok etishni talab etish orqali kreativ
fikrlashni oʻlchaydi. Shuning uchun testlar nafaqat kreativ fikrlashning
tafovutli (divergent) kognitiv jarayoniga diqqat qaratadi, balki o‘quvchilar, shuningdek, boshqalarning gʻoylarini baholashga, ularni takomillashtirish usullarini ham taklif etishi kerak.
88. PISA sinovida gʻoya turli shakllarni olishi mumkin: masalan, hikoya, chizilgan rasm, ijtimoiy muammoga yechim yoki ilmiy fenomen
borasidagi gipoteza. Test komponentlari oʻquvchilarning turli gʻoyalarni
bera olish va nostandart fikrlay olish qobiliyatlarini namoyish qilishi uchun maʼnili kontekst va yetarli darajada ochiq vazifalarni taqdim etadi. Test komponentlari kreativ fikrlashning barcha jihatlarini qamrab oladigan shaklda tuziladi. Lekin testdagi har qaysi komponent ham kompetensiyaviy modelning barcha jihatlari haqida maʼlumot bermaydi.


PISA tadqiqotida kreativ fikrlashni baholashning
kompetensiyaviy modeli.

Gʻoyani ishlab chiqish va uni baholash hamda takomillashtirish


kognitiv jarayonlarini talab etgan koʻnikmalar qisman kontekst bilan
aniqlanadi. Masalan, sheʼr yozish bilan laboratoriyada ilmiy gipotezani
sinab koʻrishning ikkisi ham kreativ gʻoyani ishlab chiqish sifatida koʻrilsa ham, bu ikkisi uchun talab etiladigan kognitiv va sohaga (domenga) oid malakalar turlichadir va sohaga oid bilim hamda tajribaning turli turkumini taqozo etadi. Yozma ifodalashda gʻoya yaratish, odatda, mavzuga oid
xotiradan foydalanishni ham oʻz ichiga oladi va bu orqali uzoq-muddatli
(chuqur) xotiraga murojaat etiladi (Bereiter va Scardamalia, 1987 [113]).
Ilmiy muhitda gʻoya yaratish, asosan, yangi savollarni shakllantirish
hamda ushbu savollarga oid tajribalarni oʻtkazishni oʻz ichiga olgan ilmiy oʻrganishdan boshlanadi (Getzels va Csikszentmihalyi, 1967 [114]).
Shuningdek, gʻoyani baholash va tanlash ham alohida kognitiv
koʻnikmalarni, sohadagi bilimni va turli ijodiy sohalar borasida tajribani oʻz ichiga olishi mumkin. Masalan, adabiy yozuvchilik ravon va izchil boʻlishi, oʻquvchining ehtiyojlarini qoniqtirishi uchun bir necha bor tahrirni talab etadi (Bereiter va Scardamalia, 1987 [113]); ilmiy kontekstda gʻoyani baholash yechim samarali va amalga oshirish mumkin boʻlganligini tekshirishdan iborat.
91. Toʻrt domenning barqaror qamrab olinishi kreativ fikrlashning bir
sohasida muvaffaqiyatli boʻlgan oʻquvchilarning naqadar boshqa sohada
ham muvaffaqiyatli boʻla olishi darajasini tekshirishga imkon beradi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin