Kreativ ifodalash2-shakl. Sinovda baholanishi kerak boʻlgan domenlar.
YOZMA IFODALASH Yozma ish ham maktab kontekstida, ham uning tashqarisida kreativ
ifodalashning tabiiy vositasidir. Yozuvchilik bolalarning aqliy va muomala koʻnikmalarini takomillashtirishda muhim oʻrin tutadi (Tompkins, 1982 [106]). Ravon yozuvchilik mantiqiy izchillikni talab etadi. Ijodkor yozuvchi insonlarni uning xayolotini anglashga va unga ishonishga chaqiradi. Bu esa yozuvchi detal va izchillikka urgʻu berishini taqozo etadi. Masalan, hatto
jinlar va oʻzga sayyoraliklar haqidagi xayolotga asoslangan hikoyalarda
ham ichki mantiqiylik boʻlishi, muallif yaratgan dunyo ichida maʼno boʻlishi kerak.
Yozuvchilik bilan shugʻullanayotgan insonlar yozuvchilik mahorati va jarayoni borasida
tafakkur qiladilar, oʻz ishidan kutilgan natijalarni
aniqlab oladilar va boshqalarning matniga ijodiy
munosabat bildiradilar (Carter, 2001 [107]).
Ushbu qadamlar oʻquvchi uchun intellektual va
emotsiyonal rivoj lanishning yangi qirralarini
ochishi, oʻzlarini va atrof-muhitni yax shiroq
anglashga yordam berishi mumkin (Essex, 1996
[108]). Ustiga-ustak, ijodiy yozuvchilik faqat
adabiyot janri bilan kifoyalanib qolishi shart
emas, hujjatli nasr ham ijodiy boʻlishi mumkin.
76. Kognitiv testda, o‘quvchilar oʻz xayolotini yozma ravishda ifodalay
olish qobiliyatini namoyon qilishi kerak. Bunda ular yozma muomalani turli auditoriya uchun tushunarli va oʻziga xosligini namoyon qiladigan tarzda qoida va tartiblarga amal qilishi lozim. Yozma ifodalash sohasi uchun bir qator test shakllari ishlab chiqilgan. Oʻquvchilarga beriladigan vazifalarda: ochiq va xayoliy yozma ish (buni tekshiruvchilar inson boʻlgani bois, hajm cheklovi mavjud); sarlavhasini tanlash kerak boʻlgan rasm kabi turli yozma formatlarga gʻoya berish; boshqalarning (testda taqdim etiladigan) yozma ishini ijodiy takomillashtirish talab etiladi.