Ilm-fanda kreativ fikrlash turlicha aks etishi mumkin: ilmning
ilgʻorlashishiga hissa qoʻshadigan yangi gʻoyalarni taklif etish; taxminlarni isbotlash uchun eksperimentlarni shakllantirish; amaliy manfaat boʻlgan muayyan sohalarga tatbiq etiladigan ilmiy gʻoya yoki ixtirolarni ishlab chiqish yoki ilmiy/muhandislik faoliyatini yangicha rejalashtirish
(Moravcsik, 1981 [111]). O‘quvchilar kreativ fikrlashni ilmiy tadqiqot
mobaynida materiallar bilan istagancha sinab ko‘rish, oʻrganish va tahlil
etish orqali namoyon qilishlari mumkin (Hoover, 1994 [112]).
82. Ilm-fanda kreativ fikrlash ilmiy tadqiqot malakasiga juda yaqin,
lekin ushbu testning bir qator xususiyatlari uni matematika va ilm-fan
sohasidagi testlardan butkul ajratib turadi. Birinchidan, ushbu test avval
oʻrgatilgan bilimni qoʻllashga emas, yangi gʻoyalarni yaratishga urgʻu
beradi. Ikkinchidan, oʻquvchining yondashuv va yechimlarining oʻziga
xosligi baholanadi (agar javoblar yaroqli deb topilsa). Uchinchi farq
yagona mukammal yechimi boʻlmagan ochiq savollardan foydalanishdan iborat. Nihoyat, ushbu test oʻquvchining ilmiy kontekstda kreativ fikrlash jarayonlariga – yaʼni «toʻgʻri» yoki «eng maʼqul» yechimni topish qobiliyatiga emas, ochiq muammolar yechimiga qay tarzda yondashishiga e’tiborni
qaratadi. 83. Ilmiy muammoni hal qilish domenidagi test savollar turli ilmiy kontekstdagi kreativ fikrlashning farqli jihatlarini qamrab oladi. Umuman olganda, oʻquvchilardan quyidagilar soʻraladi: ilmiy kontekstda ochiq shakldagi muammoni yechish; taqdim etilgan ssenariyga asoslangan holda, ilmiy mohiyatga ega muammolarga yechim yoki gipoteza (farazlar, taxminlar) gʻoyasini berish; avvaldan berilgan tayyor yechimni yanada takomillashtirish haqida taklif berish. Ehtimoliy vazifalarda ilmiy fenomen borasida kuzatuvlar taqdim etilib, oʻquvchidan farqli tadqiqot predmeti yoki muammoni ifodalab berish uchun gipoteza soʻralishi; laboratoriya
muhitida turli jihozlar orqali biror narsani kashf etish ham soʻralishi
mumkin. Ko‘proq matematik yo‘nalishga ega bo‘lgan topshiriqlar guruhi o‘quvchilardan ma’lumotlar yoki geometrik shakllarning berilgan xususiyatlarini namoyish qilish uchun turli usullarni ishlab chiqishlarini talab qilishi yoki ma’lumotlarning berilgan to‘plamidan iloji boricha ko‘proq xulosa chiqarishlarini so‘rashi mumkin. Shuningdek, ushbu topshiriqlar guruhida innovativ yechimni talab etadigan ochiq muhandislik muammo yoki takomillashtirilishi lozim boʻlgan tizim ham taqdim etilishi mumkin.
Interaktiv simulatsiya va oʻyinlar ilmiy muammoni hal qilishdagi
kreativ fikrlashni baholashda ayniqsa qoʻl keladi, chunki bunday muhitda oʻquvchiga uning tanlovi va harakatlari borasida darhol aks bog‘lanish yuz beradi; oʻquvchilar ushbu aks bog‘lanishga qanday munosabat bildirishini kuzatish ilmiy innovatsiyaning ajralmas qismi boʻlgan magʻlubiyat va kashfiyot bilan oʻquvchilarning munosabati borasida munosib maʼlumot beradi.
85. Mazmun sohasiga tayyorgarlikning muhimligi bu – shubhasiz shu
sohada tasavvur qilish mumkin bo‘lgan aksar topshiriqlarni yechishda
muqarrar paydo bo‘ladigan muammodir. Validliksiz originallik qiymatga ega emas, validlik esa, o‘z navbatida, hech bo‘lmaganda, asosiy bilimlarning ba’zi darajalarini yoki asosiy ilmiy tamoyillarni anglashni taqozo etadi.