BAHOLASHNING EHTIMOLIY USULLARI
Oʻquvchi ijtimoiy muammoga (masalan, suv tanqisligi) bir necha farqli yechimlarni taklif etadi, bu takliflar roʻyobga chiqishi turli omillar, vositalar va uslublarga bogʻliq boʻladi. Oʻquvchi ochiq muammoni yechishga (masalan, guruhdagi eng matonatli oʻyinchini topish) bir necha farqli matematik metodlarni taklif etadi yoki oʻquvchi voqelikni (masalan, dabdurustdan tajovuzkor boʻlib ketgan hayvonlar) tushuntirib berish uchun turli taxminlarni beradi.Oʻquvchi mahsulotning original va samarali marketing strategiyasini taklif etadi (bu yerda samarali deganda, ushbu strategiya tatbiq etilsa, maqsadli auditoriya orasida targʻib etilayotgan mahsulot borasida tasavvur oshishi nazarda tutilgan). Oʻquvchi muhandislik muammosiga samarali va original yechim taklif etadi. Taklif etilgan yechimni (masalan, chiqindilarni kamaytirish) takomillashtiradigan gʻoya beriladi, bunda yangi yechim original tarzda eskining elementlaridan foydalanishi kerak.
Ish sohasini tekshirish. Bir qator tadqiqotchilar ijodiy fikrlash uchun zaruriy aqliy
qobi liyatlarni aniqlashga harakat qilganlar. Guilfordning (1956 [46])
o‘xshash (convergent) va tafovutli (divergent) fikrlash konsepsiyasi bu
sohadagi tadqiqotlarga katta taʼsir oʻtkazgan. O‘xshash fikrlash deb,
odatda, javob topish maqsadida to‘plangan ma’lumotga asosan izlanish,
anglash va qaror qabul qilishning an’anaviy va mantiqiy strategiyasini
qo‘llash qobiliyatiga aytiladi. (Cropley, 2006 [47]). Aksincha, tafovutli
fikrlash – bu yangi yondashuvlarni qo‘llash va mavjud ma’lumotlardan
kutilmagan kombinatsiyalarni shakllantirish, shuningdek, bog‘lanishlar,
fikrlash va o‘zgartirishning ma’no jihatdan o‘zgaruvchanlik va ravonlik
kabi layoqatlarini qo‘llash yo‘li bilan original g‘oyalarni ishlab chiqish
qobiliyatidir (Cropley, 2006 [47]). Tafovutli fikrlash, shuningdek, tayyor
ko‘rsatmalardan voz kecha bilish, m uammoga boshqacha yechimlarni
qidirish, qolgan barcha vositalar kop boʻlmaganda, kutilmagan choralarga
murojaat qilish, muammolarga boshqa nuqtayi nazardan qarash, tayyor
uslublardan voz kechib, yangilarini sinab koʻrish qobiliyati deb tavsiflangan
(Schank va Abelson, 1977 [48]; Duncker, 1972 [49]). Umuman olganda,
tafovutli fikrlash aksar hollarda yangicha, noodatiy hamda kutilmagan
javoblarni hosil qilishdir.Kreativ fikrlash koʻpincha tafovutli fikrlash istilohlarida tavsiflanadi, aksar tadqiqotlar bugungacha tafovutli fikrlash bilan bogʻliq aqliy
jarayonlarni oʻrganishga bagʻishlangan. Lekin, tadqiqotlar tahliliy yoki
qaror qabul qilish qobiliyati kabi o‘xshash fikrlashning aqliy jarayonlari
ham kreativlik uchun muhim ekanligini yaqqol namoyish qilmoqda
(Cropley, 2006 [47]; Reiter-Palmon va Robinson, 2009 [50]; Tanggard va
Glaveanu, 2014 [51]). Masalan, yangicha va qiymatli gʻoyalarni berish
qobiliyati avval boshqa, muammoni joʻyali taʼriflash kabi jarayonlarni
amalga oshirishga bogʻliq boʻlishi mumkin (Runco, 1997 [52]). Darhaqiqat,
Getzels va Csikszentmihalyi (1976 [53]) aniqlashicha, rassomchilik bo‘yicha
talabalarning muammoni taʼriflashdagi muvaffaqiyatlari ular chizgan
rasmlarning estetik qiymati hamda oʻziga xosligining mezonlari bilan
chambarchas bogʻliqdir. Bu mezonlar, oʻz navbatida, ushbu talabalarning
uzoq muddatda rassom sifatidagi muvaffaqiyatiga ham boʻgliq boʻlgan.
Maktab kreativlik uchun zaruriy boʻlgan aqliy qobiliyatlar va
yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlaydigan taʼlim metodikasini targʻib qilishi
mumkin (Beghetto va Kaufman, 2010 [54]). Masalan, Mayer (1989 [55])
aqliy timsollarni (mental reprezentatsiyani) shakllantirishni oʻrganish
oʻquvchining ilm-fan, matematika hamda AKT dagi kreativligini yaxshilashi
mumkinligini namoyish etgan.Soha bo‘yicha tayyorgarlik deganda shaxsning qaysidir sohadamuvaffaqiyatli ijodkorligi uchun oʻsha sohada muayyan bilim va tajribagaega boʻlishi taqozo etilishi tushuniladi (Baer, 2016 [56]). Bu yerdagi faraz
shundan iboratki, shaxs sohaga oid qanchalik koʻproq maʼlumotga ega
boʻlsa, maʼlumotlar orasidagi bogʻliqliklarni qanchalik yaxshi anglasa,
uning ijodkorlik ehtimoli shunchalik koʻpayadi (Hatano va Inagaki, 1986
[57]; Schwartz, Bransford va Sears, 2005 [58]).Lekin bu bogʻliqlik toʻgʻridan toʻgʻri boʻlmasligi mumkin, ayniqsakreativ fikrlashning kichik, kundalik ifodasida. Sohaga oid bilim yokiqobiliyatlarning muayyan darajasi ijodiy
fikrlash uchun foydali boʻlishi umum qabul qilingan fikr boʻlsa ham, bilim yoki qobiliyatdan foydalanishning odatiy tusi ijodiyfikrlash uchun toʻsiq boʻlishi ham mumkin.
Chunki shaxs odatiy tartibga tobe bo‘lib qolishi,ushbu odatiy tartibdan chetga chiqa oladiganfikrlashdan choʻchishi mumkin..
Kreativ shaxsga xos feʼl-atvor xususiyatlarini aniqlashga bagʻishlangan tadqiqotlar ko‘p. Kreativ shaxslarning feʼl-atvorini vayurish-turishini oʻrganadigan amaliy tadqiqotlar, odatda, savolnomainstrumentlaridan foydalanadi va kreativlik nisbatan barqaror va muntazam feʼl-atvor ekanligidan kelib chiqadi (Hennessey va Amabile, 2010[1]). Ushbu tadqiqotlar aksar ijodkor insonlarga bir qator moyilliklar xosekanligini, lekin, ayniqsa, ochiqlik – ham tajribaga ochiqlik, ham intellektga
ochiqlik – ular orasida eng keng tarqalgan xarakter ekanligini namoyon
qilmoqda (Amabile, 2012 [59]; Batey va Furnham, 2006 [60]; Feist, 1998
[61]; Prabhu, Sutton va Sauser, 2008 [62]; Sternberg va Lubart, 1991 [41];
Sternberg va Lubart, 1995 [42]).37. Kaufman va boshqalarning (2009 [31]) aniqlashicha, tajribagaochiqlik barcha sohalardagi ijodiy muvaffaqiyat bilan salmoqli va uzilkesil tarzda bogʻliq boʻlgan «Katta beshlik»dagi1 yagona xarakterdir.
Ushbu tadqiqot xitoyliklarda ham kuzatilgan va oʻxshash natija qayd
etilgan (matematika/ilmiy sohadagi ijodkorlikdan mustasno) (Werner va
boshqalar., 2014 [63]). McCrae (1987 [64]) ham tafovutli fikrlash tarzi
doimo tajribaga ochiqlik bilan (lekin feʼl-atvorning boshqa qirralari bilan
emas) boʻgliq ekanligini kashf etgan. Feʼl-atvor hamda ijodiyot bilan
bogʻliq tadqiqotlarning meta-tahlillari tajribaga ochiqlik barcha sohadagi
ijodkorlarga xos ekanligini tasdiqlamoqda, qolgan feʼllarning esa ijodiyot
bilan bogʻliqligi faqatgina muayyan sohada faoliyat yuritayotgan muayyan
shaxslarga foydali boʻlishida kuzatilgan (masalan, «batartiblik, onglilik»
feʼli ilmiy ijodkorlikni qoʻllab-quvvatlashi, lekin sanʼatdagi ijodkorlikka
xalal berishi mumkin) (Batey va Furnham, 2006 [60]; Feist, 1998 [61]).
Taxmin qilinishicha, bu xususiyat «aqliy(misol uchun xayolot, tasavvur), emotsional(misol uchun qiziquvchanlik, ichki motivatsiya)va xulq-atvordagi (masalan, komfort zonasidanchiqish, yangi narsalarni faol sinab koʻrish)
koʻrinishlardan iborat xarakterlarning kengturkumidir» (Werner va boshqalar, 2014
[63]).
Dostları ilə paylaş: |