Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа



Yüklə 39,25 Kb.
səhifə4/11
tarix20.01.2023
ölçüsü39,25 Kb.
#79781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8. (1)

3.1. Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish
mexanizmi
3.1.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning
turkumlanishi
Iqtisodiy adabiyotda pul-kredit siyosati vositalari, ya’ni
instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan:
1. An’anaviy instrumentlar.
2. Noan’anaviy instrumentlar.
Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi:
- qayta moliyalash siyosati;
- majburiy zaxira siyosati;
- ochiq bozor siyosati;
- valuta siyosati;
- depozit siyosati.
Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar
kiradi:
- tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash;
- tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini
belgilash;
- tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini
belgilash;
- selektiv kreditlash.
3.1.2. Pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlari.
Qayta moliyalash siyosati.

Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda uning an’anaviy instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, valuta siyosati va depozit siyosati) foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat taraqqiy etgan
mamlakatlarda (katta yettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, GFR,
Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish
pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini
bajarmoqda. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo‘lgan tadbirlar majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi:
1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi
trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.
2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi
qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli.
3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g’ridan - to‘g’ri
kreditlash usuli. Majburiy zaxira siyosati. Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi.
Bunda uch xil tushuncha qo‘llaniladi:
1.Zaxira talablari (reserve requirements).
2.Minimal zaxiralar (minimum reserves).
3.Majburiy zaxiralar (legal reserves).
Majburiy zaxira siyosati pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida
dastlab AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank
tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida joriy qilingan edi.
Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul
massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga
Markaziy bank tomonidan ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga
aylandi.

Yüklə 39,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin