Mavzu. Qishloq xoʻjaligida mehnat muhofazasi ishlarini


Qishloq xo’jalik korxonalarida pasportlashtirishni tashkil etish tartibi



Yüklə 232,94 Kb.
səhifə7/11
tarix28.11.2023
ölçüsü232,94 Kb.
#168528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11

Qishloq xo’jalik korxonalarida pasportlashtirishni tashkil etish tartibi


Ish joylarini talabga javob berishini aniqlash maqsadida, mashina, mexanizmlar, texnologik jarayonlar, bino va inshootlami sanitariya talablariga,
MXST, SM va Q, texnika xavfsizligi va yong’in xavfsizligi qoidalariga, mehnat xavfsizligi chora-tadbirlarini rejalashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni olish va qishloq xo’jalik korxonalarini mehnat xavfsizligi talablariga javob berish
maqsadida pasportlashtirish o’tkaziladi.
Pasportlashtirish shundan iboratki, har bir ishlab chiqarish bo’limi (hudud) bo’yicha bir qancha pasportlashtirish texnologik varaqalari to’ldiriladi. Bular bo’lim pasportini tashkil etadi. U bino ma’lumotlarining umumiy tavsifini, sexlar, hududlar, ishlab chiqarish kategoriyalari, portlash, yonish xavfi bo’yicha xonalar klassi, noqulay mehnat sharoitida ishlaydiganlarning soni, sanitariya-maishiy xonalar bilan ta’minlanishi, maxsus kiyimlarni tikish va ta’mirlash punktlari, tibbiyot xonasini qurish, jihozlash, oshxona, mehnat xavfsizligi xonalari hamda burchaklarini, sanitariya maishiy xonalar rejasi, shuningdek mehnat xavfsizligi vositalari tavsifini (himoyalovchi to’siqlar va signal beruvchi moslamalarning mavjudligi, elektr tokidan himoyalanish vositalari, shaxsiy himoyalanish vositalari, mehnat sharoitlariga baho beruvchi vositalar, o’t uchirish vositalarining
mavjudligi) o’z ichiga oladi.
Pasportlashtirishni bo’lim (hudud) rahbarlari o’tkazadilar va ish joyida noqulay omillar faollashganda (kuzda va qishda) uni har kuni mehnat xavfsizligi bo’yicha muhandis nazorat qilishi shart. Nazoratni yuqorida turgan tashkilotlar va viloyat kasaba uyushmasining mehnat bo’yicha texnik inspektsiyasi olib boradi.
Mehnat xavfsizligini va sharoitlarini pasportlashtirishning natijalarini ishlab chiqarishda mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini rejalashtirishda foydalaniladi.



    1. Yüklə 232,94 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin