Mehnat muhofazasiga doir tadbirlarni reialashtirish va mablag’ bilanta’minlash
Qishloq xo’jaligida mehnat muhofazasiga doir ishlar tashkiliy-texnik
tadbirlarning kompleks rejasi asosida amalga oshiriladi. Bu tadbirlarni xo’jalik ma’muriyati mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Kompleks reja yillik,beshyillikyoki ko ’pyillikrejalardan tashkil topadi.
Bunda fan va texnikaning mehnat muhofazasi sohasida erishgan yutuqlari hamda xo’jalikni rivojlanish istiqbollari hisobga olinadi. Ishning bajarilishini nazorat qilish xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis zimmasiga, uni amalga oshirishga javobgarlik esa xo’jalik tarmoqlari, bo’limlari, bo’linmalari boshliqlari zimmasiga yuklatiladi. Maxsus mablag’ni va moddiy ta’minotni talab qiluvchi tadbirlar jamoa shartnomasiga ilova qilinadigan rejaga kiritiladi. Jamoa shartnomasini har yili xo’jalik rahbari ishchi-xizmatchilar nomidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan tuzadi.
Mehnatni muhofaza qilinishini moliyaviy ta’minlash, O’zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunining 11- moddasidagi talablar asosida amalga oshiriladi.
11-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta’minlash Mehnatni muhofaza qilishni moliyaviy ta ’minlash davlat tomonidan,
shuningdek mulk shaklidan qat’iy nazar jamoat birlashmalari, korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Mehnatni muhofaza qilish uchun tegishli byudjetlardan alohida qayd bilan ajratiladigan byudjet mablag ’lari (respublika va mahalliy) boshqaruv hamda nazorat idoralarini saqlash, ilmiy- tadqiqot ishlarini moliyaviy ta ’minlash,
mehnatni muhofaza qilishga oid davlatning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini bajarish uchun foydalaniladi.
Har bir korxona mehnatni muhofaza qilish uchun zarur mablag ’larni jamoa shartnomasida belgilanadigan miqdorda ajratadi. Korxonalarning xodimlari ana shu maqsadlar uchun qandaydir qo ’shimcha chiqim qilmaydilar.
Korxonalar o ’zining xo jalik, tijorat, tashqi iqtisodiy va boshqa faoliyatidan keladigan foyda (daromad), shuningdek boshqa manbalar hisobiga mehnatni muhofaza qilishning markazlashtirilgan fondlarini tashkil etish huquqiga ega.
Mehnatni muhofaza qilishga mo ’ljallangan mablag ’larni boshqa maqsadlarga ishlatish mumkin emas.
Fondlarni tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida belgilanadi.
(11-moddaga O’zbekiston Respublikasining 01.05.98 Qonuniga muvofiq o’zgartishlar kiritilgan) .
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Qonunda ko’rsatlgan talablar asosida mehnat muhofazasiga doir tadbirlar quyidagi mablag’lar hisobiga ta’minlanadk
davlat va markazlashtirilmagan kapital mablag’lar, shu jumladan ishlab chiqarishni rivojlantirish jamg’armasi,
ijtimoiy-madaniy va uy-joy qurilishi jamg’armasi hamda xo’jalik jamg’armasi;
agar tadbirlar asosiy vositalarni kapital tuzatish bilan bir vaqtda amalga oshiriladigan bo’lsa - amortizatsiya jamg’armasi;
agar xarajatlar kapital xarajatlar bo’lsa - asosiy faoliyat, tarmoq va umumxarajat mablag’lari;
O’ta zararli ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar kasallanishining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini bepul berish ko’zda tutilib, issiq nonushta yoki tushlik tarzida beriladi. Bevosita zararli sharoitda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga bepul sut yoki uning o’rnini bosuvchi boshqa mahsulot beriladi.