Mavzu. Qishloq xoʻjaligida mehnat muhofazasi ishlarini



Yüklə 232,94 Kb.
səhifə9/11
tarix28.11.2023
ölçüsü232,94 Kb.
#168528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
215- modda. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha yo’l-yo’riqlar berish va o’qitish
Xodimlarga texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi, yong ’in chiqishdan saqlanish va mehnatni muhofaza qilishning boshqa qoidalari haqida yo ’l-yo ’riqlar berish hamda xodimlarning mehnatini muhofaza qilishning hamma talablariga rioya etishlarini doimiy ravishda tekshirib borish vazifasi ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ish beruvchi xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha o ’qishlarini ta ’minlashi va ularning bilimlarini tekshirib turishi shart.
Mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha o ’quvdan, yo ’l-yo ’riqdan o ’tmagan va bilimlari tekshirilmagan xodimlarni ishga qo’yish taqiqlanadi. (Ozbekiston
respublikasi MK).
Yo’riqnoma.Yo’riqnomalar ikki xil bo’ladi: kirish va ish joyida
o’tkaziladigan yo’riqnoma. O’z navbatida ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar dastlabki, davriy, joriy va navbatdan tashqariga bo’linadi.
Kirish yo ’riqnomasi. Barcha ishga yangi kiruvchilar, boshqa korxonalardan xizmat safariga jo’natilganlar (ish malakasi va stajidan qat’iy nazar) amaliyot
o’tayotganlar va shogirdlar kirish yo’riqnomasini o’tadilar. Uni xo’jalikning mehnat muhofazasi bo’yicha mas’ul xodimi yoki shu vazifa yuklatilgan boshqa rahbar xodim o’tkazadi. Agar ishga qabul qilish bevosita tarmoq ish joylarida amalga oshirilsa, kirish yo’riqnomasini shu tarmoq boshlig’i o’tkazishi kerak.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam ko’rsatish, yong’in xavfsizligi va boshqa maxsus masalalar bo’yicha yo’riqnomalarni tegishli mutaxassislar o’tkazadilar va maxsus jurnallarga rasmiylashtirib boradilar.
Ish joyida o’tkaziladigan dastlabki yo’riqnoma. Barcha ishchilar kirish yo’riqnomasidan o’tgandan keyin ish joyida ish boshlashdan oldin boshlang’ich yo’riqnomadan o’tishlari lozim. Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomadan maqsad - har bir ishchini to’g’ri va xavfsiz ish usullariga o’rgatishdir. Yo’riqnoma jarayonida ishchiga u ishlaydigan uskunada bajariladigan texnologik jarayon, uning harakat uzatish mexanizmlari, xavfli joylari, konstruktiv xususiyatlari, paydo bo’lishi mumkin bo’lgan xavflar, ishni xavfsiz bajarish usullari, ish joyini sanitariya va gigiyena talablariga mos holda tashkil qilish va shu kabi masalalar tushuntiriladi.
Yo’riqnoma o’tkazish ishchining bevosita rahbari bo’lgan ustaga yuklatiladi. Ayrim zarur hollarda bu yo’riqnoma tegishli mutaxassislar (mexanik, energetik, texnolog) ishtirokida o’tkaziladi. Xodimlarga elektr xavfsizligi bo’yicha yo’riqnoma o’tkazish va malaka guro’hi berish xo’jalik bosh energetigi zimmasiga yuklatiladi.
Davriy yo ’riqnoma. Ishchining malakasi va ish stajidan qat’iy nazar, har olti oydan ko’p bo’lmagan muddatda xavfsiz ishlash usullari bo’yicha davriy yo’riqnoma o’tkazib turiladi. Bundan asosiy maqsad - ishchining xafsizlik
borasidagi bilimlarini yangilab va to’ldirib turishdir. Turli sabablar bilan (ta’til, kasallik, mehnat safari va sh.o’.) o’z muddatida ishchilarga o’tkazilmagan yo’riqnoma keyinchalik o’tkaziladi. Davriy yo’riqnoma o’tkazilganligi haqida jurnalga yozib rasmiylashtirib qo’yiladi.
Navbatdan tashqari yo ’riqnomaquyidagi hollarda o’tkaziladi:

  • texnologik jarayon o’zgarganda;

  • bo’lim yoki brigadada baxtsiz hodisa yoki halokat ro’y berganda;

  • yangi qoida va yo’riqnomalarni ishchilar diqqatiga etkazish zarurati tug’ilgan hollarda;

  • ishlab chiqarish intizomi, qoida va yo’riqnomalarning talablari buzilishi aniqlangan hollarda.

Joriy yo ’riqnomaqo’yidagi hollarda o’tkaziladi:

  • ishlab chiqarish hududlarida gaz yoki elektr payvandlash ishlari amalga oshirilishi kerak bo’lganda;

  • uch metrdan oshgan balandlikda montaj yoki tozalash ishlari amalga oshirilganda;

  • ish kuni davomida xavfli va zararli ishlarni bajarishdan oldin.


Yüklə 232,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin