Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan barcha baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan olib boriladi.
Nizomning 3 bandiga asosan tabiiy o’lim, o’zini o’zi o’ldirish,
jabrlanuvchining o’z salomatligiga qasddan shikast etkazishi, shuningdek,
jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog’ida shikastlanishi holatlari(sud tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining ma’lumotlariga ko’ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi.
Tekshirish va hisobga olishga korxonada va uning tashqarisida ish vaqtida yuz bergan quyidagi baxtsiz hodisalar kiradi:
jarohatlanish;
zaharlanish;
kuyish;
cho’kish;
elektr toki va yashin urishi;
o’ta issiq yoki o’ta sovuq harorat ta’siri;
portlash, falokat, imoratlar, inshootlar va konstruktsiyalarning buzilishi natijasida hamda sudralib yuruvchilar, hayvonlar va hasharotlar tomonidan jarohatlanishlar;
tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o’pirilishlar, suv toshqini, to’fon va boshqalar)
natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari.
kasb kasalliklari (sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan ko’rsatmalar bilan tekshiriladi)
agar mehnat qobiliyatini 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa (H-1 shakldagi dalolatnoma to’ldirilib qayd qilinadi va bu dalolatnoma 4 nusxada to’ldiriladi va 45 yil arxivda saqlanadi);
ish bilan ta’minlovchi topshiriq bermagan bo’lsa ham, lekin korxona manfaatlarini ko’zlab qandaydir ishni amalga oshirayotganda;
avtomobil, temir yo’l, havo yo’llari, dengiz va daryo transportida, elektr transportida yo’l harakati hodisasi natijasi;
korxona transportida yoki, shartnomaga muvofiq o’zga tashkilot transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotganda;
ish vaqtida shaxsiy transportda, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo’lganda;
shanbalik (yakshanbalik) o’tkazilayotganida, qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, korxonalarga otaliq yordami ko’rsatilayotganda;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobilyati tibbiy xulosaga muvofiq kamida bir kunga yo ’qotilsa.
15-modda. Xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan ijtimoiy sug’urta qilish.
Korxonalarning xodimlari O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va shartlar bilan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy sug’urta qilinishlari shart.
(Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Ish bilan ta’minlovchi jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to’g’risidagi H-1 shakldagi dalolatnomani berish tartibi mehnat kodeksining 222-moddasida quyidagicha o’z aksini topgan:
222-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni hisobga olib borish va tekshirish
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni o ’z vaqtida tekshirishi va hisobga olib borishi shart.
Jabrlanuvchining talabiga binoan tekshiruv tugagan kundan e’tiboran uzog ’i bilan uch kun ichida ish beruvchi shu baxtsiz hodisa to’g’risida dalolatnoma berishi shart. (OzbekistonrespublikasiMK). Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o’rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi.
Ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’lgan quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshirish asosida olib boriladi:
bir vaqtning o’zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz bergan guro’hiy baxtsiz hodisalar;
o ’ lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;
oqibati og’ir baxtsiz hodisalar.
Guro’hiy o’lim bilan tugagan yoki og’ir baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan
ta’minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan quyidagilarga:
Davlat mehnat texnika nazoratchisiga;
muttasaddi xo’jalik organiga;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga;
viloyat va shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasiga;
baxtsiz hodisa yuz bergan j oydagi prokuraturaga;
baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;
O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga;
«O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga va agar baxtsiz hodisa nazorat ostidagi korxonada yuz bergan bo’lsa, viloyat kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak.
Jarohatlanganlarga korxona tomonidan to’lanadigan pulning miqdori
jabrlangan odamning o’rtacha oylik ish haqiga bog’liq, uni kasbiy qobiliyatini yo’qotganlik darajasi tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi(TMEK) va kasaba uyushmasi qoshidagi mehnatni muhofaza qilish komissiyasi xulosasini hisobga olgan holda ma’muriyat tomonidan belgilanadi. Mehnat mayibligi tufayli belgilangan nogironlik nafaqasining miqdori mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 28-moddasi talablari asosida amalga oshiriladi:
28-modda. Ishlab chiqarishda jabrlangan xodimlarga ziyon etkazganlik uchun korxonalarning moddiy javobgarligi.
Ma’muriyatning aybi bilan ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida mehnat qobiliyatini to ’liq yoki qisman yo ’qotgan xodimga
O’zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorda korxona bir marta beriladigan nafaqa to ’laydi hamda sog ’liqqa etkazilgan shikast uchun tovon to ’laydi.
Bir marta beriladigan nafaqa miqdori jamoa shartnomasi (bitimi) bilan belgilanadi va jabrlanuvchining bir yillik maoshidan kam bo ’lmasligi lozim.
Agar xodim davolanish, protez qo ’ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj bo ’lsa, korxona jabrlangan xodimga bu
tadbirlar bilan bog ’liq xarajatlarni to ’laydi, shuningdek jabrlanuvchining kasbini o ’zgartirib qayta tayyorlanishini va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishini ta’minlaydi yoki ana shu maqsadlar uchun ketadigan xarajatlarni qoplaydi. (OzbekistonrespublikasiMMQQ). Xodim vafot etgan hollarda, ish bilan ta’minlovchi marhumning
qaramog’ida bo’lgan mehnatta qobiliyatsiz shaxslarga, shuningdek o’n olti yoshga to’lmagan yoki vafot etgan kunga qadar undan ta’minot olish huquqiga ega bo’lgan shaxslarga, marhumning vafotidan keyin tug’ilgan farzandiga, shuningdek ota-
onasiga, umr yo’ldoshiga yoki oilaning boshqa a’zosiga, agar u ishlamasdan marhumning uch yoshga etmagan bolalari yoki nevaralarini ng parvarishi bilan band bo’lsa, zararni to’lashi shart.
29-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxonaning moddiy javobgarligi
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodim vafot etgan taqdirda korxona tegishli huquqqa ega bo ’lgan shaxslarga moddiy ziyonni O’zbekiston
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartib va miqdorlarda qoplaydi, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab qo ’yadigan miqdorda bir marta beriladigan nafaqa to ’laydi. (OzbekistonrespublikasiMMQQ). 194-modda. Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori
Xodimning sog’lig’iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan ish beruvchi tomonidan bir yo ’la beriladigan nafaqaning miqdori jamoa shartnomasida, agar bunday shartnoma tuzilmagan bo ’lsa,—ish beruvchi bilan
kasaba uyushmasi qo ’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o ’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Bunda xodimning soglig ’iga shikast etkazilganligi munosabati bilan bir yo ’la beriladigan nafaqaning miqdori jabrlanuvchining yillik ish haqidan, xodimning vafoti munosabati bilan bir yo’la beriladigan nafaqaning miqdori esa, marhumning olti yillik o’rtacha ish haqidan kam bo ’lishi mumkin emas.
(Ozbekiston respublikasi MK).
5.7.Mehnatxavfsizliginitarg’ibotvatashviqotqilish
Qishloq xo’jaligida mehnat xavfsizligining targ’iboti ishlab chiqarish
targ’ibotining bir turi hisoblanadi, bu asosan jismlar va mehnat vositalari bilan insonning aloqasini eng yuqori darajada xavfsiz va zararsiz sharoitni ta’minlashga yo’naltirilgan.
Targ’ibotning tuzilish elementlariga manbalar, uslublar, tashkiliy shakllar, ma’lumotli va texnikaviy targ’ibot vositalari va boshqalar kiradi. Mehnat xavfsizligini targ’ibot qilishdan maqsad, odatdagi uslublar va ma’lumotli vositalar ta’siridan keng foydalanish tufayli jarohatlanish va kasallanishlarni yo ’qotish yoki kamaytirishdan iboratdir.
Mehnat xavfsizligini targ’ibot qilish qishloq xo’jalik mehnatkashlarini xavfsiz va zararsiz mehnat sharoitlarini yaratish bilan tanishtiradi. Mehnat xavfsizligi bo’yicha targ’ibot ishlari xo’jalik rahbarlari va mutaxassislarga, tarmoq rahbarlari hamda oliy va o’rta maxsus bilim yurti o’qituvchilariga va mehnat muhofazasi fani mutaxassislari zimmasiga yuklanadi. Mehnat xavfsizligini
targ’ibot-ma’lumot fondi ma’lumotni tashuvchi materiallar-kino va magnit lentasi, videokassetalar va targ’ibot qilish vositalariga standartlar, kino va videofilmlar, qo’llanma va talabnomalar, ko’rgazmali vositalar, broshyuralar hamda eslatmalar kiradi.
Mehnat xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalar o’tkazish va malaka oshirish mehnat muhofazasiga o’qitishni tashkil qilish va bilimlarni tekshirish bo’yicha namunaviy Nizomda (N°272, 14.08.1996) barcha korxona, tashkilot, muassasa,
insitut, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, birlashma, assotsiatsiya, korporatsiya, xolding, tarmoq, vazirlik va boshqa mulk shaklidan qat’iy nazar malaka talablari hajmida ishchilar, rahbarlar, mutaxassislar, muhandis-texnik xodimlar uchun mehnat muhofazasidan bilimlarni majburiy nazorat qilish tartibi belgilangan va bu
mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun va mehnat kodekslarida quyidagicha o’z aksini topgan:
19-modda. Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo’yicha o’qitish va ularga yo’l- yo’riqlar berish.
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o ’z kasblari va ish turlari bo ’yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va muddatlarda o ’qishlari, yo ’l-yo ’riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o ’tkazishlari hamda
qayta attestatsiyadan o ’tishlari shart.
Ma ’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga o ’tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o ’rgatishni tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam ko ’rsatish bo ’yicha yo ’l-yo ’riqlar berishlari shart.
O’ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan o ’tiladigan o ’quv o ’tkaziladi.
Mehnatni muhofaza qilish bo ’yicha belgilangan tartibda o’qitish, yo’l- yo’riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o ’tmagan shaxslarni ishga qo ’yish taqiqlanadi.
Ma ’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo ’yicha malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart. (OzbekistonrespublikasiMMQQ). modda. Mehnatni muhofaza qilish talablari
Barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan
mehnat sharoitlari yaratilgan bo ’lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi.
Mehnatni muhofaza qilish talablari ushbu Kodeks, mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar, shuningdek texnik standartlar bilan belgilanadi.
(Ozbekiston respublikasi MK).
modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish me’yorlari, qoida va yo’riqnomalariga rioya etish majburiyati
Xodim mehnatni muhofaza qilish me’yorlariga, qoida va yo ’riqnomalariga, shuningdek ma ’muriyatning ishni bexatar olib borish haqidagi farmoyishlariga rioya qilishi, olingan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi, insonlar hayoti va sog’lig’iga bevosita xavf soladigan har qanday holat haqida, shuningdek ish
jarayonida yoki u bilan bog ’liq holda sodir bo ’lgan har qanday baxtsiz hodisa haqida o ’zining bevosita rahbarini (brigadiri, ustasi, hudud boshlig ’i va boshqalarni) darhol xabardor qilishi shart. (OzbekistonrespublikasiMK).