Mavzu. Qishloq xoʻjaligida mehnat muhofazasi ishlarini


Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh



Yüklə 232,94 Kb.
səhifə2/11
tarix28.11.2023
ölçüsü232,94 Kb.
#168528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bosh mutaxassis ( bosh agronom, bosh zootexnik, bosh muhandis, bosh texnolog) - hamma bo’linmalar boshliqlarining xavfsizlik yo’llari hamda ishlab chiqarish sanitariyasiga doir me’yorlar va qoidalarni bajarishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borish, xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqish, o’quv-o’rganish ishlarini nazorat qilish, xodimlarni davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlarini, ishlab chiqarishda xavfsiz faoliyat usullarini ommaviy tadbiq qilinishini, mehnat xavfsizligiga oid ko’rgazmali qurollar va ogohlantiruvchi yozuvlar tayyorlanishini nazorat qilish, kasaba uyushmasi
tashkiloti bilan birgalikda ishlab chiqarish sanitariyasi va texnika xavfsizligiga oid ishlarning holatini tekshirish, belgilangan muddatlarda ishlab chiqarishda ro’y
bergan shikastlanish to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish va yuqori turgan
tashkilotlarga hisobotini berish, mehnat sharoitini sog’lomlashtirishga ajratilgan mablag’larning sarflanishini nazorat qiladi.
Bosh mexanik, energetik - barcha turdagi inshootlar va turli uskunalarni, bosim ostida ishlaydigan qurilmalarni, elektr qurilmalarni o’z vaqtida texnik
tekshiruvdan o’tkazish va reja asosida xizmat ko’rsatish ishlarini to’g’ri tashkil
etilishi hamda o’z vaqtida o’tkazilishiga, shuningdek, ta’mirlash ishlarining xavfsiz bajarilishi va uni nazorat qilishga mas’ul.
Mehnat muhofazasi muhandisi - mehnat muhofazasi, xavfsizlik yo’llari va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir ishlarni tashkil qilishga hamda barcha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishga va amalga joriy qilinishini nazorat qilishga javobgar shaxsdir.
14-modda. Mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, assosiatsiyalar, boshqa xo ’jalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy (respublika) qo ’mitasi bilan kelishib o ’zlari tasdiqlaydigan nizomga muvofik, mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib boradilar.
Xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi), 50 va undan ziyod transport vositalariga ega bo ’lgan korxonalarda esa bundan tashqari yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklanadi.
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushmasi qo ’mitasi
bilan kelishilgan nizomlar asosida ishlaydi va o ’z maqomiga ko ’ra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi hamda uning rahbariga bo ’ysunadi.
Mehnatni muhofaza qilish xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar
mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlariga rioya etishlarini nazorat qilish, tarmoq bo ’linmalari rahbarlariga aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish haqida
bajarilishi shart bo ’lgan ko ’rsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish to ’g ’risidagi qonunlarni buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish haqida korxonalarning rahbarlariga taqdimnomalar kiritish huquqiga egadirlar.
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlarining
mutaxassislari ularning xizmat vazifalariga taalluqli bo ’lmagan ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.
Mehnatni muhofaza qilish va yo ’l harakati xavfsizligi xizmatlari korxona faoliyati to ’xtatilgan taqdirdagina tugatiladi. (Ozbekiston respublikasi MMQQ).
Xavfsizlik masalalari bo’yicha muhandis bevosita korxonaning boshlig’i va bosh muhandisga bo’ysunadi. U o’z ishini mahalliy kasaba uyushmasi qo’mitasi, mehnat muhofazasi bo’yicha komissiya, shuningdek, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sanoat-texnik nazoratchilari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.



    1. Yüklə 232,94 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin