Me’yoriy axborot ta’minot tizim xizmati korxona rahbarlari va bo’limlarni (mehnat xavfsizligi bo’yicha) qo’llanmalar, mehnat xavfsizligi ishlarini boshqarish va javobgarligi bo’yicha standartlar va buyruqlar, profilaktika, tibbiy ko’rigini o’tkazish, xavfsiz mehnat bo’yicha korxona standartlarini ishga joriy qilish, o’ta xavfli uskunalarni biriktirish, mehnat xavfsizligi holati va uni yaxshilash chora-
tadbirlari bilan shug’ullanadi. U har yili xavfsiz mehnat xavfsizligi masalalari bo’yicha o’qitish va bilimlarni tekshirish, ishchi joylarini attestatsiya qilish va oqilona takliflar kiritish, mehnat xavfsizligi bo’yicha ko’rik-tanlovni o’tkazish hamda tashkil qilish, o’ta va yuqori darajada xavfli ishlardagi ishchilarni qayta attestatsiyadan o’tkazish, shuningdek ayrim turdagi ishlarni xavfsiz bajarilishini tashkil etishni ta’minlaydi.
213-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish haqida ma’lumot olish huquqi
Ish beruvchi mehnat shartnomasini tuzishda va boshqa ishga o ’tkazishda xodimni mehnat sharoitlari to ’g ’risida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli, shu bilan bog ’liq holda unga beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari haqida xabardor qilishi kerak.
Ish beruvchi xodimlarga yoki ularning vakillariga muayyan ish joyidagi va ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilishning holati haqida ham axborot berishi shart. (OzbekistonrespublikasiMK). Xo’jaliklar standartlarni o’z ixtiyori bilan bir martalik so’rovlar yoki blank-
buyurtma orqali doimiy ro’yxatga olingan abonementga asosan olishi mumkin. Tarmoq standartlarini xo’jaliklar talabnomasiga yoki bir martalik so’rovga asosan tarmoq standartlari ko’rsatkichlariga ko’ra olishlari mumkin.
Namunaviy qo’llanmalar ishlab chiqishga me’yoriy asos bo’lib mehnat bo’yicha respublikamizning qonunlari, standartlar tizimi, me’yorlar, qoidalar va boshqa hujjatlar xizmat qiladi. Namunaviy qo’llanma, xavfsizlik talablari, korxonaning texnologik hujjatlari va aniq sharoitlar ishchilar uchun asos bo’lib hisoblanadi. Ishchilar tomonidan qo’llanmalardagi ko’rsatmalarning bajarilishini nazorat qilish xo’jalik ma’muriyati va kasaba uyushmasi zimmasiga yuklanadi.
Xo’jalik rahbariyatining buyrug’i yoki farmoyishlari yangi qo’llanmalarni ishlab chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Qo’llanmalar bo’lim rahbarlari tomonidan ishlab chiqiladi, unga rahbarlikni esa tarmoq boshliqlari olib boradi. Ishchilar uchun qo’llanmalarning o’z vaqtida ishlab chiqilishi, qaytadan ko’rib va tekshirib chiqilishini nazorat qilinishi mehnat xavfsizligi xizmati tomonidan olib boriladi hamda ularning o’zlari uslubiy yordam ko’rsatadilar.