Ferritin 24 ta protomerdan tarkib topgan oligomer oqsil bo‘lib, molekulyar og‘irligi 450000, diametri 12 nm atrofida bo‘lgan ichi g‘ovak sferik shaklga ega; bo‘shliqning diametri 7,5 nm, bu bo‘shliqqa protomerlar orasidan kiradigan 6 ta kanalchalar mavjud bo‘lib, shu kanalchalar orqali bo‘shliqqa temir ionlari (kamida 2500 ta temir ioni) kirib, temir yadrosini hosil qiladi. Ferritindagi zaxira temirning tarkibi [(FeO·OH)8 (FeO·OPO3 H2 )] ko‘rinishidagi gidroksidfosfat shaklida bo‘ladi.