Qon yaratilishi, gemopoez - qon hujayralarining hosil boʻlishi, rivojlanishi va yetilishi. Odamda va sut emizuvchi hayvonlarda qon yaratuvchi aʼzolarni, umurtqasiz hayvonlarda, asosan, boʻshliqtardagi suyuqliklar va qonning oʻzida yoki gemolimfada hosil boʻladi. Qon yaratilishi uzluksiz jarayon boʻlib, koʻpchilik qon hujayralarining qisqa hayotiy sikli tufayli roʻy beradi.
Odam embrionida sariqlik xaltachasidagi mezenxima hujayralarida qon yaratuvchi hujayra hosil boʻladi; homila 3 oyligidan to tugʻilguniga qadar qon jigarda va taloqda, 4 oyligidan boshlab esa bir vaqtda koʻmikda ham hosil boʻla boshlaydi, 4-oydan boshlab limfa tugunlarish limfotsitlar shakllanadi.
Uch oylik homilada qizil qon tanachalarn — megaloblastlar (yadroli yirik hujayralar) yetilib, yirik eritrotsitlar (megalotsitlar)ga, soʻng eritroblastlarga aylanadi, ular asta-sekin normoblastlar bilan almashinadi. Yangi tugʻilgan bola va katta yoshdagi sogʻlom organizmda boʻladigan eritrotsitlar ana shu normoblastlardan vujudga keladi.
Barcha yetilgan qon hujayralari birbiridan farqlansa ham yagona boshlangʻich (ustun) qon yaratuvchi hujayralardan vujudga keladi.