Transferrin oqsilining tarkibida temir Fe+3 holatda bo‘ladi. Uning vazifasi temirni Fe+3 ishlatiladigan joylarga qon oqimi orqali tashib berishidir. Ferritin oqsilining tarkibida ham Fe+3 ioni holatida bo‘lib uning vazifasi transferrin oqsili tashib ketgan temirni to‘plab borishidir. Ichakdan temir, maxsus transferringa o‘xshab ketadigan oqsil ishtirokida qonga so‘riladi. Temir oqsillar bilan birikkanda uch valentlik holatda bo‘ladi, biroq bir oqsildan ikkinchi oqsilga o‘tganda Fe+3 holatdan Fe+2 holatga va yana Fe+3 ga aylanib turadi. Temir yetishmaganda anemiya kasalligi kelib chiqadi.