Hid bildiruvchn sifatlar. Bu tur sifatlar predmetning hidini ifodalash uchun xizmat qiladi: xushbo’y, qo’lansa, sassiq, ifor, muattar va b. Bunday sifatlar tilning lug’at boyligida juda kam sonni tashkil etadi. Shu tufayli bunday belgi uchun predmet nomlaridan foydalaniladi, ya’ni hidni ifodalash uchun predmet nomiga
«hid» so’zini qo’shib aytish orqali qo’shma sifatlar hosil kilinadn: atir xidi, rayhon
hidi, yog’ hidi, kerosin hidi, baliq hidi kabilar. Uyg’ongan el jizg’inak, qo’lansa, hidni dimoqqa zo’rlab uradi (Sh u h r a t).
Hid bildiruvchn sifatlarni yanada mukammal o‘zlashtirish uchun uyga vazifa beriladi. Quyidagi sifatlarnitoping va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Go‘zal-go‘zal bog‘-u rog‘lar yurtimiz jamolidir. Qalin-qalin yog‘ayotgan qor inson ko‘ngil xotiralari sari yetaklaydi. Dag‘al-dag‘al bo‘lib ketgan qo‘llari uning mehnatsevarligidan nishona. Uzun-uzun o‘lchamdagi atlas, adras liboslar o‘zbek xotin-qizlari xusniga husn qo‘shadi. Yashil-yashil bo‘lib yotgan ona tabiat bahorning kirib kelayotganligidan darak beradi.Dono-dono ota-bobolarimiz bizni doim ezgulikka undaydi. Siyrak-siyrak sochlari uning kasalligi jiddiy bo‘lib o‘tganidan darak. G‘amgin-g‘amgin ma’sum so‘zlar ona ahvoliga jiddiy ta’sir etdi.
Vazn-og’irlik bildiruvchi sifatlar. Predmetning og’ir yoki engillik belgisini ifodalash uchun qo’llanadn: og’ir, engil, zildek, vazmin va b. O’ylashib ko’ramiz, uka,— dedi, oyoqlariga zilday og’ir choriqlarni kiyib (O y b e k).
O’rin va paytga munosabat bildiruvchi sifatlar. Bir qator si-fatlar o’rin va paytga munosabat bildirib keladi: tonggi, kuzgi, kechki, keyingi, avvalgi, qishki, yozgi, ertangi, uydagi va b.
Bu sifat turkumiga taalluqli so’zlar ko’pincha otlarga -gi, -ki, -dagi affpkslari qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |