ikkita teng huquqli so‘z biri ikkinchisiga bo‘ysunmay bog‘lanishi. Ya’ni bir mustaqil so‘z boshqasiga ergashmay, izohlamay bog‘lansa, teng bog‘lanish deyiladi. Teng bog‘lanishda bir so‘z boshqasiga tobe bo‘lmaydi. So‘zlarning teng bog‘lanishi asosida SO‘Z QO‘SHILMALARI hosil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida har bir so‘z ma’no mustaqilligini, alohida-alohida narsalarni nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi. Ularni bir-biriga bog‘lovchi vosita sifatida teng bog‘lovchilar yoki sanash ohangi ishtirok etadi.
Tobe bog`lanish
Bir bo‘lakning boshqa bo‘lakka kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari, ko‘makchilar va so‘z tartibi va ohang yordamida bog‘lanishiga tobe bog‘lanish deyiladi.
Тobe bog‘lanish doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi:
.So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib keluvchi qism tobe bo‘lak sanaladi.
Tobe bo`lak Chiroyli (qanday?) Hokim bo`lak ko`ylak
Nutqiy birikuv ERKIN BOG‘LANISH deyiladi. Turg‘un birikuv xalq tomonidan, erkin birikuv esa bir kishi tomonidan yaratiladi.
Mustaqil so‘zning erkin bog‘lanishi 2 xil bo‘ladi:
Teng bog`lanish
Tobe bog`lanish
Teng bog‘lanish biri ikkinchisini izohlamaydigan bog‘lanishlar hisoblanadi: olma va anor; o‘qidi va yozdi; Salim, Halim;
Tobe bog`lanish mustaqil so‘zlarning bir-biriga o‘zaro tobe bog‘lanishidir.
Tobe bog‘lanish ikkiga bo‘linadi:
1.So`z birikmasi(telefonda gaplashmoq )
2.Gap(dugonam dizayner)
So`z birikmasi bo`lishi uchun qanday shartlar bo`lishi kerak?
So`z birikmasi
So`zlar ma`no jihatidan bir biriga mos bo`lishi kerak
So`zlar biri ikkinchisiga tobelanishi kerak
Qo`shimcha va yordamchi so`zlar mustaqil so`zlarni bog`lashi kerak
Kamida ikkita mustaqil so`z bo`lishi kerak