Eslatma:Vosita deganda kelishik , ko`makchilar, egalik qo`shimchalari va tartib ohangi tushuniladi. Shulardan kelishik , ko`makchilar va tartib ohangi tobe so`z tarkibida, egalik qo`shimchalari hokim so`z tarkibida bo`ladi.
Masalan : katta daraxt birikmasida katta (tobe so`z) daraxt ( hokim so`z) va bu birikma tartib ohangi yordamida birikkan.
Bosh so’zi shaxsli fе'l formasi va ravishdosh, sifatdosh shakllaridan boshqa so’zlar bilan ifodalangan so’z birikmalari otli so’z birikmalari hisoblanadi. Dеmak, otli so’z birikmalari kеng ma'noda bo’lib, komponеnti ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so’zlar bilan ifodalangan juda ko’p so’z birikmalarini o’z ichiga oladi.