Tizimning rasmiy internet manzili: http://lamsfoundation.org.
LMS/LCMS tizimlari elektron ta‘limni (masofaviy ta‘lim jarayonini) tashkil
etishning asosiy funksiyalarini o‗z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga
o‗quvchilarning (o‗qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni)
ro‗yxatga olishi, foydalanuvchilarni o‗quv kurslardan chetlashtirish,
o‗quvchilarning mustaqil ta‘lim olish muhitini yaratish, o‗quvchi va
o‗qituvchilarning o‗zaro individual yoki/va guruh bo‗lib, hamkorlikda ishlashini
(Web2 elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni
boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron
nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq
turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketma-ketlikni to‗g‗ri joylashtirish, bo‗sh
qoldirilgan joyni to‗ldirish va boshqa turlari kiradi), har xil turdagi ijtimoiy
so‗rovlar tashkillashtirish, o‗quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish,
sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron
kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‗quv resurslarini eksport/import qilish
imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‗quvchilar, o‗qituvchilar (tyutorlar),
kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‗quv
kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi
davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi
operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini
maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o‗qituvchi (tyutor yoki
elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o‗quv-resurslarni
yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida
yaratilgan elektron o‗quv resurslarini yuklashi, o‗quvchilarning boshqa
o‗quvchilar/o‗qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron
doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini
tashkillashtirish, o‗quv jarayonida bo‗ladigan yangiliklarni barcha
foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi,
iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni
sanab o‗tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: