Mavzu: smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Telegram, Instagram tarmoqlari



Yüklə 240,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/24
tarix22.12.2023
ölçüsü240,09 Kb.
#189343
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Mavzu smm platformalari bilan tanishish. Fasebook, YouTube, Tel

Veb–saytning auditoriyasi.
Internetdagi zaruriy va maqsadli guruh etarli 
miqdordami? Uning parametrlari (jinsi, yoshi, ma‘lumoti, qiziqishi va b.q) qanday? 
Kim uchun bu ishni qilyapsiz va odamlar internetdan foydalanadimi? 
Veb–saytning auditoriyasi.
Har bir Web–sayt asosan tashrif buyuruvchilar uchun 
yaratiladi. Hammaga ma‘lumki, hozirchalik O‗zbekistonda internetdan aktiv 
foydalanuvchilar soni yuqori emas. Bundan tashqari, ko‗plab foydalanuvchilar 
respublika tashqarisidagi axborotlarni qidirish maqsadida internetga kirish uchun 
haq to‗laydilar. Shunday qilib, eng ko‗p tashrif buyuruvchi Web–saytlarga rus–
zabon va ingliz–zabon auditoriyalar, ya‘ni eksport–import operatsiyalari, turizm 
transport bilan shug‗ullanadigan kompaniyalar kiradi. Veb saytning auditoriyasi 
kengaytirish maqsadida turli xil interaktiv xizmatlarni joriy etib bormoqda. Bu 
shuni ko`rsatadiki veb saytning auditoriyasi qanchalik yuqori bo‗lsa, moliyaviy 
mablag‗ topish ham shunchalik yuqori ko‗rsatkichga ega bo‗ladi. Lekin, keyingi 
paytda O‗zbekiston auditoriyalariga yo‗naltirilgan ko‗plab Web–saytlar paydo 
bo‗lmoqda. Tabiiyki, ulardan faqatgina internetda real holatdagi auditoriyalarga 
mo‗ljallanganlari tashrif buyuradilar. 
Veb sayt raqobatchilari
. Hozirgi vaqtda siz rejalashtirmoqchi bo‗lgan mavzu 
bo‗yicha o‗xshash veb–saytlar bormi? Ularga qatnashish qanday? Auditoriyaga 
ta‘sir etish mexanizmi qanday? Bu veb − saytlar yordamida biznes jarayon qanday 
usulda ishlaydi? Bunday veb–saytlar uyushmasi qanday tashkil qilingan? 
Veb sayt raqobatchilari.
Siz ochmoqchi bo‗lgan mavzu bo‗yicha bir-biriga 
o‗xshash veb–saytlar tahlili, ko‗pincha veb–sayt konsepsiyasini yaratish asosiga 
aylanib qolmoqda. Siz yaratayotgan veb–saytning tashqi ko‗rinishi raqobatchi veb–
sayt tashqi ko‗rinishiga o‗xshab qolmasligi kerak. Sayt–raqobatchilaring 
navigatsiya va strukturasining kuchli va kuchsiz tomonlarining tahlili ularning 
tajribasini o‗z maqsadlarimizda foydalanish mumkinligini ko‗rsatdi. Tashrif 
buyuruvchilarning veb–saytlarga bo‗lgan qiziqishini oshirishda servislar xizmati 
beqiyosdir. Veb–saytlarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish uchun yangi 
servislarni o‗ylab topish hamisha mumkindir. Raqobatchilar foydalanadigan 
internetdagi veb–sayt harakat qilish (ommalashtirish) usuliga ham e‘tibor qaratish 
zarur. Internetning zamonaviy rivojlanish bosqichida ixtiyoriy mavzuli veb–saytlar 
xohishlariga qarab, internet–uyushmalariga birlashadilar. Shu kabi maxsuslashgan 
yangilik va obzor–analitik veb–saytlar, zaxira kataloglari, forumlar va shu kabilar 
bunyod bo‗ladi. Ular etarli miqdordagi mavzuli veb–saytlar zamirida yuzaga 
keladilar. Shunday vertual mavzuli uyushma muhitida veb–saytingiz pozitsiyasini 
kuchaytiruvchi aniq strategiyani tadqiq etish zarur. Web–sayt tashqi qismini 
buyurtmachilar kabi veb–sayt tashrif buyuruvchilari uchun ham tayyorlash muhim 
hisoblanadi. Faqat shu holatdagina uning ommalashuviga mo‗ljal qilish mumkin. 
Veb saytning qiymati va qimmatliligi ortib borishi bilan ximoya tizimini ham 
mustahkam bo`lib borishi talab etiladi. 



Yüklə 240,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin