mavzu soat juftlik Bolalar rivojlanishining genetik asoslari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə15/27
tarix06.03.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#86819
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Rivojlanish 4-mavzu

Embrionning rivojlanishi
Tuxum hujayra urug‘langach, organizmning individual rivojlanishi — ontogenez boshlanadi. Ontogenezning uchta tipi farqlanadi: 1. Lichinkali rivojlanish. Lichinkali ontogenez hasharotlarda, baliqlarda, ko‘pgina parazit chuvalchanglarda kuzatiladi. 2. Lichinkasiz rivojlanish. Lichinkasiz ontogenez baliqlarda, sudralib yuruvchilarda, qushlarda kuzatiladi. 3. Ona qornida rivojlanish. Bu odam va boshqa yuksak sut emizuvchilarda kuzatiladi. Ontogenez asosan ikkita: embrional va postembrional rivojlanish davriga bo‘linadi. Ko‘p hujayrali organizmlarning tuzilishidan qat’i nazar, embrional rivojlanish bosqichlari bir xil bo‘ladi. Embrional davr uchta asosiy bosqichlarga bo‘linadi: maydalanish, gastrulyatsiya va birlamchi organogenez.
Maydalanish. Ko‘p hujayrali organizmlarning dastlabki rivojlanish bosqichlari bitta hujayradan boshlanadi. Urug‘langan tuxum — bu hujayra, shu bilan bir vaqtda organizmning eng dastlabki rivojlanish bosqichidir. Bir hujayrali organizmning bir necha marta ketma-ket bo‘linishidan ko‘p hujayrali organizm hosil bo’ladi. Tuxum hujayra urug‘langach, bir necha daqiqadan keyin yadro va sitoplazma bo‘lina boshlaydi. Tuxum hujayra bir-biriga teng ikkita hujayraga, ya`ni ikkita blastomerga bo‘linadi.
Tuxum hujayra birinchi marta meridian tekisligida bo‘linadi. So‘ngra blastomerlarning har biri yana meridian tekisligida bir vaqtda bo‘linadi, natijada bir-biriga teng to‘rtta hujayra vujudga keladi. Navbatdagi bo‘linish ekvator tekisligida o‘tadi, sakkizta hujayra hosil bo‘ladi. Keyin meridinal va ekvatorial bo’linish navbatlashib, 16, 32, 64 ta va hokazo blastomerlar hosil bo’ladi, bular bir-biriga zich taqalib joylashgan hujayralardir. Har bo’linishdan keyin paydo bo’lgan hujayra kichrayib boradi, shuning uchun bu jarayon maydalanish deb ataladi. Maydalanish bosqichida hujayralar keyingi rivojlanish uchun to‘planib boradi.
Maydalanish ko‘p hujayrali embrion — blastula hosil bo’lishi bilan tugallanadi. Blastula sharsimon shaklga ega bo’lib, uning devori bir qavat hujayralardan tashkil topgan. Blastula ichi suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi, bu bo‘shliq birlamchi tana bo’shlig’i — blastosel deb ataladi. Maydalanishda mitoz sikli juda tez o‘tadi, blastomerlar o‘smaydi va ular hujayralarining soni ko‘paygan sari kichrayib boradi. Har xil turlarda maydalanishning o‘ziga xos tomonlari kuzatiladi. Misol uchun blastuladagi barcha hujayralar diploid to‘plamga ega, lekin tarkibidagi sariqlik miqdoriga qarab bir-biridan farq qiladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin