Bolalarning fikrlarini diqqat bilan tinglang. Agar kattalar yoshlarni tinglamasa, ular yoshlarning tajribalarini to'liq anglay olmaydilar. Ba'zan bolalar dunyoni kattalar singari ko'radi, lekin ko'pincha bolalarning nuqtai nazari bir-birinikidan farq qiladi. Biz o'qituvchilar bolalarga tushunchalarni tushuntirishda, o'quv ko'nikmalarini o'rgatishda va o'spirinlarni hayot haqiqatiga tayyorlashda qat'iyatli bo'lishimiz kerak.
Bolalarga o'z tushunchalarini ifoda etishga imkon beradigan sinf metodlarini ishlab chiqing. O'qituvchilar bolalarga mavzu yoki muammo bo`yicha o'rtoqlashishlariga imkon beradigan sinf tartiblarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilishi mumkin. Provokatsion materiallarni, shu jumladan, turli madaniyatlarning san'at asarlari asosidagi ko`rgazma orqali bolalarning hikoyalari, suhbatlari va tahlillari uchun forum yaratish mumkin. Ba`zi o'qituvchilar muammolarni hal etishda “Juftliklarda ishlang” metodidan unumli foydalanadilar. Bunda o'qituvchilar darsning boshida, o'rtasida bolalardan ma'lum bir savol yoki masala haqida o'ylashlarini so'rashadi, bolalar o'zlarining javoblarini muhokamani juftliklarda amalga oshiradilar. Bunday javoblardan o'qituvchilar bolalar nimani o'rganganliklari va ertasi kuni qanday ma'lumotlarni ko'rib chiqishlari kerakligini tushunishlari mumkin. Ushbu metodlar bolalarda o'zini namoyon qilishni kuchaytirishi mumkin
Sinovlarni, boshqa baholarni va asarlarni sharhlash Bolalarni kuzatish va tinglashdan tashqari, siz ularning topshiriqlarini va ular yaratgan boshqa ko'plab ish turlarini, jumladan, do'stlarga yozilgan yozuvlarni, test javoblari va boshqalarni o'rganishingiz mumkin. Sinovlar va ish namunalari bo'yicha bolalarning ishlashini ob`yektiv baholash uchun Siz quyidagi tavsiyalarga amal qilishingiz mumkin:
Bolalarning javoblarini baholashda aniq baho mezonlaridan foydalaning. Baholash mezonlaridan foydalanganingizda bolalarning faoliyati to'g'risida chiqaradigan qarorlaringiz haqiqatga yaqin bo`lishi kerak. Bajarilgan vazifaning ideal xususiyatlari ro'yxati, rubrikani loyihalash o'qituvchilar tomonidan baholashning adolatliligini oshirish uchun foydalanadigan keng tarqalgan taktikadir. Agar Siz baholash mezonlarni bolalarga oldindan e`lon qilgan bo`lsangiz (va biz sizga buni tavsiya qilamiz), bolalar o'z bilimlarini aniq standartlarga yo'naltirishlari mumkin va ularning faoliyatini baholaganingizdan so'ng Sizning fikr-mulohazalaringizni yaxshiroq tushunishadi.