Bolalarni biografik hisobotlarga taklif qilish Bolalar kattalarni yoshligida ularni xursand qiladigan, yengillashtiradigan, qoniqtiradigan yoki qayg'uli, g'azabli va g'amginliklarining sabablarini aytib berishga undaydi. Bolalarga o'z fikrlarini aytishga sharoit yaratib berish kattalarga bog'liq. Qanday qilib bolalarning fikrlarii bilan tanishish mumkin:
Sizning qayg'urishingiz haqida bolalarga xabar bering. Bolaning yuragiga ishonchli yo'l - bu mehr-muhabbatni samimiy va izchil ifoda etish hisoblanadi. Bolalarni yaxshi ko`ring. Bolaning ishonchini qozonganingizda bola ongida nima borligini aniqroq aytib berishi mumkin.
Bolalar bilan suhbatlashish ko'nikmalarini rivojlantiring. Ko'p hollarda kattalar bolalar bilan suhbatlashganda suhbatlar qisqa savol-javoblar asosida tashkil etilib, ulardan ko`zlangan javoblarni olishga qaratiladi. Ba`zida uzunroq suhbatlar alohida bola yoki kichik bolalar guruhi bilan tajriba asosida o`tkazilib, ko`proq ma`umotlarni yig`ishni talab qiladi. Avvalo, Siz ochiq savollar ("Kuningiz qanday o'tdi?") va yo`naltiruvchi savollar ("Maktabdan uyga qaytganingizda televizor ko'rdingizmi?") kombinatsiyasini sinab ko'rishingiz mumkin. Shuningdek, savol shaklida bo'lmagan ba'zi bir umumiy so'rovlarni qo'shing ("Menga bu haqda ko'proq ma'lumot bering"). Uzoq ketma-ket savollar bermaslikka harakat qiling, aks holda sizning tekshiruvingiz ko`zlangan natijani bermaydi. Savol bergandan so'ng, bolalarning fikrlarini shakllantirish va ularning so'zlari haqida haqiqatan ham g'amxo'rlik qilishingizni ta'minlash uchun kutib turing. Ba'zan bolalardan boshqa bolalarning hayotga qanday qarashlarini so'rash o'rinli bo'ladi. Bu ularning fikrlarini bayon qilishga yordam beradigan samarali usul bo'lishi mumkin. Masalan, bolalardan yutuq sinovlari to'g'risida fikrlarini so'rashdan ko'ra boshqa bolalarning his-tuyg'ularini so'rang ("O'tgan hafta sizning maktabingizdagi bolalar futbol musobaqasida g`olib bo`lganda o'zlarini qanday his qilishdi?" kabi).