o‘zbek kompaniyasining ko‘rsatkichlarini Yaponiya ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashdan oldin, taqqoslanadigan
ko‘rsatkichlar ikkala mamlakatda ham bir xil metodologiya bilan aniqlanganligiga ishonch hosil qilishimiz
kerak. Bunday ishonchni har bir kompaniya ko‘rsatkichlarini vaqt bo‘yicha ham taqqoslashda hosil qilinsa
yaxshi bo‘ladi.
Hayotiy tajriba va son-sanoqsiz o‘tkazilgan statistik-ilmiy tekshirishlardan shunday xulosa chiqarish
mumkin – mutlaq va nisbiy miqdorlarni birgalikda qo‘llash kerak.
Alohida olingan nisbiy miqdor o‘zicha o‘rganilayotgan hodisa haqida aniq tasavvur bera olmaydi (xuddi
shu gaplarni mutlaq miqdorlar to‘g‘risida ham aytish mumkin). Masalan, ish haqi 50000 dan 200000 so‘mga
oshdi. Biz, bu yerda baralla aytamizki, ish haqi 3 marta yoki 300 % oshdi. Agarda 200000 so‘mdan 50000
so‘mga kamaysa, biz aytamizki ish haqi 75% pasaydi. Ko‘rinib turibdiki, ish haqining oshgan summasi ham,
pasaygan summasi ham 150000 so‘mga teng.
Foizlarni mutlaq miqdorlarsiz qo‘llash ham noto‘g‘ri tasavvurlarga olib keladi. Masalan, ikkita
kompaniyaning ishlab chiqargan mahsuloti bo‘yicha dinamika nisbiy miqdorini hisoblaylik va ikkalasida ham
o‘sish sur’ati 57 foizni tashkil qilgan. Ikkalasi ham bir xil ishlagan ekan, degan xulosa chiqarish mumkin,
agarda mutlaq raqamlarga e’tibor bermasak. Birinchi kompaniya o‘tgan yili 100 ta, joriy yilda 157 mebel ishlab
chiqardi, ikkinchisi esa tegishli ravishda 167819 va 263475 ta.
Demak, joriy davrda o‘tgan davrga nisbatan ikkala kompaniyada ham qo‘shimcha o‘sish sur’ati 57%
teng. E’tibor qilsak, birinchi kompaniyada ishlab chiqarish darajasi bir foizga o‘ssa mebellar soni 1
taga(100x0,01), ikkinchisida esa 1678 taga oshadi. Shuning uchun ham foizlar bilan bir qatorda, ularning
hisoblanish asosi bo‘lgan mutlaq miqdorlarni keltirish va ishlatish har qanday statistik tekshirishni yanada
boyitadi.
Dostları ilə paylaş: