1.1.3-tuzilma. Ta`lim berishni boshqarish
Standartlashni qo`llanilishi o`qitishni boshqarish tizimi va o`quv moduli aloqadorligi 1.3- tuzilmada keltirilgan mexanizm asosida amalga oshiriladi.
MO`T muvaffaqiyatli amalga oshirish omillaridan biri aniq talablarga javob beruvchi dasturiy ta`minotni to`g`ri tanlashdan iborat. Bu talablar bilim oluvchi va o`qituvchi talablaridan hamda ko`pincha o`qitish jarayonining borishi hamda natijalarni nazorat qiluvchi administrator talablaridan kelib chiqadi.
MO`T o`quv jarayonini boshqaruvchi dasturiy ta`minotga ega bo`lgan tizimdir. MO`T bilim oluvchilar, o`quv materiallari, o`qitish natijalarining hisobini yuritadi.
Uning asosiy funktsiyalaridan biri BOni hisobga olish, identifikatsiya qilish (shaxsini aniqlash), o`quv materiallariga bo`lgan huquqini belgilash, o`quv jarayonini boshqarish, o`qitish va test nazorati natijalarini hisobga olish, elektron muloqot mexanizmi bilan integratsiya qilish, muloqotni boshqarish, joriy va analitik hisob berishga tayyorlash hamda tashqi axborot tizimlarini integratsiya qilishdan iborat.
Yuqorida keltirilgan tahlillardan ma`lum bo`ldiki, bugungi kun masofadan o`qitish tizimlarida axborotlarni uzatish va namoyish etish yuqori sifatda tashkil etilgan. MO`Tni navbatdagi taraqqiyoti BOning kompotentlik darajasiga moslashgan holda o`quv jarayonini tashkil qiluvchi va boshqaruvchi intellektual o`qituvchi tizimlarni (IO`T) ishlab chiqish bilan bog`liqdir.
IO`T quyidagilarni ta`minlashi lozim: BO bilan interaktiv muloqot, real vaqt rejimida nazorat va ko`makni amalga oshirish, BOning individual bilimlari, ko`nikma va malakalari darajalari asosida test sinovidan o`tkazish hamda joriy holatga mos o`qitish strategiyasini belgilaydi.
O`quv maqsadlariga yo`naltirilgan intellektual tizimlarning turli xil sinflarining mavjudligi bunday tizimlar imkoniyatlarining kengligini ko`rsatadi. Ulardan ayrimlarini qarab o`tamiz:
Bilimlarni tashkil etish va malakalarini takomillashtirish, didaktik masalalarini echuvchi axborot lug`at tizimlari;
Axborot lug`at tizimidan bilim oluvchi modelini mavjud qism tuzilishiga nisbatan farqlovchi maslahat tizimi;
Ma`lum o`rganishni hosil qilish didaktik funktsiyasiga ega bo`lgan, mashq qildiruvchi tizimlar (ekspert – mashq qildiruvchi). Bunday tizimlar BOning bilim, ko`nikmalarini belgilab, uning xatolarini to`g`rilovchi vositalarini birlashtirgan kengaytirilgan interfeys orqali amalga oshiruvchi tizim;
Hisoblash texnikasi yordamida o`qitish jarayonini boshqarish maqsadlarini amalga oshiruvchi mavjud adaptiv o`qituvchi tizim turlariga nisbatan murakkabroq bo`lgan boshqaruv tizimlar. Bunday tizimlar o`zida tashxislovchi, o`zining yakuniy maqsadlarini amalga oshirish uchun bilimlarni taqqoslovchi, o`qitish strategiyasini belgilash bilan erishilgan natijalarni taqqoslovchi timsollarni tanib olish va adaptiv tizimlar;
BOning aniq mavzu bo`yicha to`liq material bilan ta`minlovchi, uning xatti- harakatidagi xatoliklarni topib yordam beruvchi, ya`ni BOning ma`lum vositaviy muhitda ishlashini nazorat qiluvchi tizim.
Yuqorida sanab o`tilgan intellektual o`qitish tizimlari ham quyida keltirilgan texnologiyalar asosida ishlab chiqilmoqda:
o`quv kursi ketma–ketligini qurish (Aktiv va passiv); o`quvchi javobini intellektual tahlil qilish;
mashq echishda interaktiv qo`llab–quvvatlash;
misollar keltirish asosida mashq echishga yordam berish.
Yuqorida sanab o`tilgan texnologiyalar haqida qisqacha sharh keltirilgan:
O`quv kursi ketma – ketligini qurish texnologiyasining maqsadi, axborot bloklarni rejalashtirishni individuallashtirish, o`quv jarayoniga kirgan BOga bir muncha moslikni va o`quv topshiriqlarini ta`minlovchi ketma – ketlikni ishlab chiqishdan iborat. Qurilishiga ko`ra ketma - ketlik ikkiga bo`linadi: aktiv va passiv. Aktiv ketma-ketlikda qurish BOning shaxsiy imkoniyatlariga nisbatan shakllantirish qat`iy talab etiladi. Bunday tizimlarga quyidagi misollarni keltirish mumkin: ELM-ART-II, AST, ADI, ART-Web, ACE, KBS-Hyperbook, ILESA,
DCG, SIETTE va h.k.
Passiv (korrektiv), bu texnologiya o`quv maqsadlarini amalga oshirishda qaytar aloqa va aktiv o`qitishni talab etmaydi. U BOni ixtiyoriy tanlagan o`quv axboriy materialidagi topshiriqlarni bajargan natijasiga nisbatan shakllantiradi. Quyidagi tizimlarni misol tariqasida keltirish mumkin: InterBook, PAT-InterBook, CALAT, VC Prolog Tutor, Remedial Multimedia System va h.k.
BO javobini intellektual tahlil qilishda o`quv topshiriqlarini BOning yakuniy javobi bilan topshiriqlarini bajara olganligini tizim tahlil qiladi. Bu texnologiyaning maqsadi, BO topshiriqlarni qay darajada bajara olganligini va hattoki, berilayotgan topshiriqlarning to`g`riligini ham intellektual tahlil qiladi. Intellektual tahlil qiluvchi tizim BOning qaytar aloqadan uzoqlashayotganini ma`lum qiladi va BO modelini yangilaydi. Bunga klassik misol PROUST.
Mashqlar echishda interaktiv qo`llab–quvvatlashda BOning mashq echishini har bir qadamida yordam beruvchi intellektual texnologiya. Yordam berish bosqichlari turlicha bo`lishi mumkin: BOni mashqlar echishdagi noto`g`ri harakatini to`g`rilash va uni navbatdagi topshiriqni bajarish uchun maslahatlar beradi. Odatda, bunday texnologiyani intellektual trenajer ham deb yuritiladi. Mazkur texnologiya asosida ishlab chiqiladigan tizimlar BO harakatini kuzatadi,
uni tushunadi, holatiga mos zarur yordam va ko`rsatmalar berib boradi hamda BO modelni yangilaydi. Unga misol sifatida- LISP–TUTORni keltirish mumkin.
Misollar keltirish asosida mashq echishga yordam berish yangi texnologiyalardan bo`lib, BO yangi topshiriqni echishga ko`maklashadi. BOni xatolarini aniqlash uning funktsiyasiga kirmaydi. Lekin murakkab topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarishga misollar keltirish bilan tushuntirib boradi. Bunday texnologiya asosida ishlab chiqilgan tizimlarga quyidagilar misol bo`ladi: ELM- PE, ELM-ART i ELM-ART-II, AlgeBrain, ADIS.
Biroq, bu texnologiyalarda ham bilim oluvchini holatini nazorat qiluvchi va unga adaptivlikni ta`minlovchi komponenti bo`lgan bilim oluvchi modeli yaxshi o`rganilmagan. Shuning uchun masofadan o`qitish tizimida bilim oluvchini o`zlashtirishini nazorat qilish hamda adaptatsiya qilishini ta`minlashga sun`iy intellekt usullaridan bo`lgan timsollarni tanib olish va adaptiv boshqaruv tamoyillari asosida tadqiq qilish maqsadga muvofiqdir. Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rinadiki, Web texnologiya yoki MO`T yaratilgunicha ham adaptiv o`qituvchi tizimlar (AO`T) mavjud bo`lgan. Bu tizim avlodlari avvaldan rivojlanib, yangi texnologiyalar asosida takomillashib kelmoqda. Moslashuvchan o`qitish tizimlarining tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, Webda uning ikki turi mavjud bo`lib, bular intellektual o`qitish tizim (IO`T) va adaptiv gipermediya tizimlari. AO`T larini ishlab chiqishning an`anaviy muammosi, tadqiqot ishlarini IO`T lari doirasida olib chiqishdan iborat.
Moslashuvchanlik ixtiyoriy IO`Tni muhim maqsadlaridan biri bo`lib kelgan. Individga moslashish o`qitish jarayonining eng murakkab qismi hisoblanib, BO shaxsini, kompitentlik darajasini aniqlash, unga mos o`qitish jarayonini tashkil etish va boshqarish kabi muammolarni keltirib chiqaradi.
Ma`lumki, ta`lim berish murakkab psixopedagogik jarayonlardan iborat bo`lib, uni texnik tizimlarda amalga oshirish esa ishning murakkablik darajasini orttirib yuboradi. Bu jarayonni amalga oshirish quyidagi muammolarni echishni talab qiladi:
BOning shaxsi, shaxsiy xususiyatlari, fan sohasidagi bilimi va o`quv jarayoni davomida boshqa hodisalarni «Timsollarni tanib olish» usullari yordamida nazorat hamda aniqlab borish;
ta`lim berish jarayonini adaptatsiya usullari yordamida amalga oshirish zarur. Ushbu masalalarni ijobiy hal etish uchun «Timsollarni tanib olish»,
adaptatsiya usullari o`rnini aniqlash va ularni tadqiq qilish bilan bog`liq. Bu esa MO`Tni avtomatlashtirish ishini engillashtiradi, o`qitish uchun sarf - xarajatni kamaytiradi va uni samaradorligini oshiradi. O`z – o`zidan ma`lumki, bu masala hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Xulosa qilib quyidagi natijaviy ma`lumotlarni keltiramiz:
Masofadan o`qitishga moslangan o`quv – uslubiy axborotlar majmuasini yaratish muammosi;
Ta`lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarish dasturiy ta`minotlarini ishlab chiqish masalalari:
- ta`lim oluvchining ixtiyoriy vaqtdagi holatini nazorat qilish, baholash va unga taklif berish moduli hamda dasturiy ta`minoti;
- masofaviy ta`limni avtomatlashtirish, o`z navbatida sarf – xarajatni hisobga olgan holda ta`lim samaradorligini oshirish masalalari kunning dolzarb masalalari qatoriga kiradi.
Aniqlangan muammolarni birgalikda echishning matematik modeli timsollarni tanib olish nazariyasi va amaliyoti hamda adaptiv o`qitish mexanizmini yaratishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |