Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish


Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitish kurslarini yaratishga qo`yiladigan talablar



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə7/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org

Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitish kurslarini yaratishga qo`yiladigan talablar.

Pedagoglar masofaviy o`qitish kurslarini yaratishda quyidagi talablarni inobatga olishlari kerak:




    1. Motivatsiya - o`qitishning zarur qismi sanaladi va o`qitish jarayoni davomida qo`llab-quvvatlanib turilmog`i lozim. Tinglovchi oldiga qo`yilgan aniq maqsad katta ahamiyat kasb etadi. Agar tinglovchi oldiga qo`yilgan vazifalar uning tayyorgarlik darajasiga mos kelmasa motivatsiya keskin kamayadi.


    2. O`quv maqsadlarining qo`yilishi - tinglovchilar undan nima talab etilishini bilishi kerak. Dasturda maqsad va vazifalarning aniq ko`rsatilishi muhim hisoblanadi.


    3. O`quv materiallarini qabul qilishga sharoitlar yaratish-bunday sharoitlarni yaratishda qo`shimcha yordamchi materiallar (tinglovchilar uchun qo`llanma) qo`l keladi. Dastlabki test sinovlarini o`tkazish ham mumkin.


    4. O`quv materiallarini etkazish - har qanday o`quv masalalarini echish bilan bog`liq ravishda amalga oshiriladi. Bunda komp`yuter ekraniga chiqariladigan kadrlarni yaratish muhim muammo sanaladi, ma`lum qulay o`qish tamoyilidan foydalanish zarur bo`ladi.


    5. Teskari aloqa - bu mezon tinglovchi uchun katta ahamiyatga ega. Komp`yuter teskari aloqani amalga oshirishda yordam beradi.


    6. Baholash - tinglovchilar komp`yuter bilan ishlash jarayonida o`quv materiallarini qanday o`zlashtirayotganlarini bilib borishlari kerak. Ammo yakuniy baholashga qadar noto`g`ri javoblarni ko`rsatmaslik maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Tinlovchilarni kam qolgan topshiriqlar soni ko`p bajarilgan topshiriqlar soniga nisbatan ko`proq faollashtiradi. Masofaviy kurslarda

«tinglovchi-o`qituvchi-tinglovchi» muloqotining tashkil etilishi juda muhim hisoblanadi. Buning uchun tinglovchilar faoliyatini hamkorlikda o`qish yoki loyihalar metodlari, bahslar asosida tashkil qilish lozim.




Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin