Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə3/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org

1.1.1-sxema. Masofadan o`qitish.

Yuqorida aytib o`tilganidek, masofadan o`qitish tizimlarida turli darajadagi foydalanuvchilar ommasi bilan aloqani o`rnatish va o`quv jarayoniga tegishli ishlarni olib borishni amalga oshirish uchun quyidagi vositaviy elementlardan foydalaniladi:


  • O`qituvchi yoki t`yutor (yo`riqchi);


  • Bilim oluvchi (BO);


  • Boshqaruvchi;


  • Kommunikatsiya vositalari;


  • O`quv materiallari.


Zamonaviy MO`Tlarda axborot va komp`yuter texnologiyalari keng qo`llanadi. Bunda MO`T uchun asosiy dasturiy mahsulot komponentlari quyidagilardan iborat:


  • O`quv mazmunini ishlab chiqish vositalari (O`MIChV);


  • O`qitishni boshqarish tizimi (O`BT);


  • O`quv jarayoni qatnashchilari orasida axborot almashinuvini ta`minlovchi tizim;


  • O`quv materialini etkazib beruvchi tizim (veb-sayt).


Tizim komponentalarining aloqadorlik mexanizmlari hamda foydalanuvchi rolini 1.1.2 - tuzilmada aks ettirilgan:


1.1.2 – sxema

bu erda: BOMO – BO haqidagi ma`lumotlar ombori, O`MO-o`quv materiallari ombori, NO – BOning natijalari haqidagi ma`lumotlar ombori.


Hozirgi kunda masofadan o`qitishda ikki turdagi kommunikatsiya vositalaridan foydalanilmoqda:
    • Asinxron (off-line) – ma`lumotlar almashib ixtiyoriy vaqtda amalga oshiradi (elektron pochta, form, e`lonlar doskasi va h.k.);


    • Sinxron (on-line) – ma`lumot almashib joriy vaqt rejimida amalga oshiradi (video, audio konferentsiya, chat).


Ayni vaqtda, turli muassasalar tomonidan har xil standartlardagi o`quv kontentlarini etkazib berilishi birinchi tomondan kompyuterli o`qitish bozorini rivojlantirsa, ikkinchi tomondan o`quv materiallarini almashinuvini murakkablashtirib yubormoqda. Bu esa, o`quv materiallarini to`g`ridan–to`g`ri masofadan o`qitish tizimiga o`tkazishni qimmatlashuviga olib keladi, natijada psixologik me`yorlarga amal qilinmay ishlab chiqilgan elektron o`quv qo`llanmalar hisobiga bilim oluvchini stimulini pasaytirmoqda.



Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin