Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish


-rasm. Fanlar bo`yicha o`quv darslarining uslubiy ta`minoti



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə11/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org

3.1-rasm. Fanlar bo`yicha o`quv darslarining uslubiy ta`minoti.



Boshqaruv bloki uslubiy ta`minot bo`yicha turli xil nazorat sinovlari uchun mo`ljallanadi.
O`quv bloki yoki didaktik portfel fan bo`yicha quyidagilardan tashkil topadi:
  • o`quv rejalar va dasturlar;


  • darslik va uslubiy qo`llanmalar;


  • an`anaviy bosma o`qitish vositalari;


  • kodogrammalar;


  • diapozitivlar;


  • o`quv kinofil`mlari;


  • jadvallar;


  • o`quv mashg`ulotlarini o`tkazish uchun didaktik materiallar;


  • o`quv jihozlari;


  • mul`timediali dars ishlanmalari;


  • o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi dasturiy vositalar;


  • virtual laboratoriyalar;


  • elektron entsiklopediya va lug`atlar.


Fanlar bo`yicha didaktik portfel doimiy yangilanib borishi va to`ldirilishi lozim. Uni elektron ko`rinishdagi tayyor mahsulot bilan yoxud xususiy mahsulotni yaratish bilan amalga oshirish mumkin. Aytib o`tish joizki, elektron ko`rinishdagi tayyor mahsulot bilan bir qatorda didaktik portfelni ta`lim muassasasida tayyorlangan o`quv mahsulotlar bilan ham to`ldirib borish ahamiyatlidir. Bu esa o`z navbatida birinchidan ta`lim muassasasi imkoniyatlarini ochadi va talabalarga differentsiallashgan yondashuv imkonini beradi.


Ushbu loyiha faoliyatida zamonaviy Internet-texnologiyadan foydalanish o`ta muhimdir. Loyiha bilan ishlash jarayonida ayrim talabalar HTML gipermatn tilini o`rganadilar, binobarin loyiha ishlari natijasi Web -sahifa tarzida tuziladi. Mazkur dasturiy vositalar asosida ta`lim muassasasida ma`lum fan yo`nalishlari bo`yicha elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari tayyorlanadi. Dasturni shunday yozish lozim bo`ladiki, yonma-yon joylashgan komp`yuterdagi foydalanuvchilar mutloq bir xil natija olmasligi zarur. Bundan tashqari yaratilgan dasturiy mahsulot o`qituvchiga talaba bajarayotgan har bir ishni kuzatib borish imkoniyatini yaratish zarur. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida eksperement natijalarini o`zida joylovchi nazorat fayli tashkil etiladi. Darsdan so`ng, o`qituvchi ushbu fayllarni ko`zdan kechirishi va tegishli natijalar bilan taqqoslash imkoni bo`lishi lozim.
Ushbu turdagi dasturiy mahsulotning amaliy jihatlaridan yana biri uning masofaviy ta`limga moslashgan bo`lishidadir.
Fan sohalari bo`yicha lozim materiallar bilan didaktik portfelni to`ldirish bilan bir qatorda ta`lim muassasasining pedagog - o`qituvchilari haqida umumiy ma`lumotlar pedagogik tajribasi, ma`lumoti, malaka oshirganligi haqida ma`lumot, yutuqlari, chop qilingan o`quv-uslubiy materiallarini ham kiritish muhim ahamiyatga ega.
Oliy ta`lim muassasasida Internet-muhitni yaratishning yana bir e`tiborli jihati shuki, u ham bo`lsa talabalarni psixologik-pedagogik quvvatlashdir. Axborotlashgan resurslar talabalarni nafaqat anketa yoki psixologik testlar bilan ularning xarakteridagi xususiyatlarni o`rganish, lozim bo`lganda talabalar va ota-
onalar uchun psixologik konsul`tatsiya xizmatini tashkil etishga yordam berishi ham lozim. Xizmatni ushbu turiga asosan qandaydir noma`lum sabablarga ko`ra bevosita psixologga to`g`ridan-to`g`ri savol bermaydigan talaba va ota-onalar jalb qilinadi. Ular komp`yuter bilan bevosita muloqotda bo`lib o`zi qiziqqan savollarga javob olishlari mumkin.

Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin