Ta`lim muassasasining axborotlashgan muhitini yaratish
Oliy ta`lim muasssalarining barcha komp`yuter sinflarini internetga ulash va shu asnoda internetda mavjud ma`lumotlardan, shu jumladan elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanish imkoni yo`q vaziyatda lokal tarmoqda ishlovchi oliy ta`lim muassasasining internet-fazosini yaratish mumkin. Yaratilajak internet fazo fanlar bo`yicha didaktik portfel, o`qituvchilarning individual portfeli kabi bir turkum ma`lumotlardan tashkil topadi.
Oliy ta`lim muasssalarida yangi axborotlashgan muhitga asoslangan o`quv tizimini, Internet - oliy ta`lim muassasasi fazosini joriy qilish, unga elektron o`quv adabiyotlarini joylashtirish hamda masofaviy ta`lim shakl va metodlarining ilmiy- nazariy asoslari bayoniga to`xtalamiz.
Talabalarning fundamental tayyorgarlik darajasi sifatini oshirishga yo`naltirilgan o`qitishning yangi texnologiyalarini rivojlanishi tez o`zgarayotgan axborotlashgan jamiyatda zamonaviy oliy ta`lim muassasasi modernizatsiyasida ham asosiy yo`nalish hisoblanadi.
Yaqindagina komp`yuter texnologiyalaridan asosan tashkilotlar, banklar yoki ilmiy-tekshirish institutlarida foydalanish mumkin degan fikr hukmron edi. “Axborotlashgan ta`lim tizimi” tushunchasiga ayni vaqtda turli qarashlar va takliflar mavjud. Unga internet ta`lim federatsiyasi materiallariga asoslanib quyidagi ta`rifni berish mumkin:
Ta`lim muassasasidagi axborotlashgan muhit - ta`lim jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan axborot texnologiyalarining tizimi integratsiyasini ta`minlovchi maxsus tashkil etilgan komponentlar majmuasidir.
Internet-fazo muvofiqlashtiruvchi markazi oliy ta`lim muassasasining turli xizmatlarida foydalanish uchun dasturiy vositalar omboridan tashkil topadi. Boshqarish jarayoni ishini avtomatlashtirish, axborotlarni tahlil qilish va hisobot tuzish uchun maxsus dasturiy texnologiyalar majmuasini yaratish lozim bo`ladi. Fanlar bo`yicha o`quv darslarining uslubiy ta`minoti sxematik tarzda 1.9-rasmda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |