Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə2/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org

Ishning tuzilishi. Mazkur ish kirish qismi, to’rtta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, birinchi paragrafda masofaviy o`qitishning hozirgi zamonholati va muammolari, kamchiliklarini tuzatish nazarda tutilgan.
1I.Karimov.Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T.: “O’zbekiston”, 2004, 8-bet

Ikkinchi paragrafda masofaviy kurslarni yaratishning kontseptual asoslari, kursni elektron o`quv (EO`) qo`llanmalar bilan to`ldirib borish, uning uchun “Natata eBook Coppiler” dasturitizimidan foydalanishh aqida aytilib o`tilgan.


Uchinchi paragrafda masofaviy ta`limga mo`ljallangan portallar, ulardan qanday foydalanish, saytlardagi bo`limlari batafsil qaralgan.
To`rtinchi paragrafda Elektron universitetda adabiyotlar va internet- loyihalarni mustaqi lo`rganishi hamda bajarilishi aytiladi.
Malakani himoya qilishishida umumiy qaralgan masalaning yechimi va uning natijalari haqida yakuniy qismida keltirilgan. Olingan natijalardan davlatimiz va xorijiy davlatlar oliy o`quv yurtlarida o`qimoqchi bo`lgan abiturientlar, talabalar, qiziquvchi foydalanuvchilar hamda o`z malakalarini oshirish maqsadida o`qituvchi-hodimlar qo`llanma sifatidafoydalanishlari mumkin.

1§. TA’LIM MENEJMENTINI

MASOFAVIY O`QITISHNING HOZIRGI HOLATI VA MUAMMOLARI

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, ta`limda yangi masofaviy ta`lim yo`nalishining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi. Hozirgi kunda Respublikamiz ta`lim muassasalarida masofaviy ta`lim joriy ishiga katta e`tibor berilmoqda. Shu bilan birga fan – texnika taraqqiyoti bilimlar, ko`nikma, malaka tarkibining o`zgarishi hamda hajmining uzluksiz ravishda ortib borishi bugungi kun mutaxassislariga jiddiy talablar qo`yish bilan xarakterlanmoqda.

O`qitish jarayonida o`qituvchi bilan bilim oluvchi o`rtasidagi munosabatni masofadan turib zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo`llash asosida amalga oshirishga masofaviy ta`lim deb ataladi. Masofadan o`qitish tizimi (MO`T) auditoriya ma`ruza va mashg`ulotlariga qatnashishni qat`iy talab etmaydigan mustaqil ta`lim bo`lib, bu tizim bilim oluvchi o`ziga ma`qul vaqt va joyda o`qish sharoitini yaratishi bilan qulaydir. MO`T bilim oluvchidan faqat birgina uzluksiz, faol o`qishini talab qiladi. Bu orqali mutaxassisning bilimlari bilan bir qatorda sifat darajasi bo`lgan malaka ham o`sib boradi.
Demak, MO`T texnologiyasi, o`qituvchi va bilim oluvchi orasidagi o`zaro munosabatini qamrab olgan o`qitishning interaktiv kommunikatsiya texnologiyasidir. O`qituvchi bilim oluvchining individual xususiyatlarini hisobga oladi. Bilim oluvchi esa shu xususiyatlarga mos ravishda bilim olish imkoniga ega. Bu bilim oluvchiga materialni chuqur va mukammal o`rganish imkonini beradi. O`qituvchidan esa pedagogik malakasini doimiy ravishda oshirib borishini talab qiladi, chunki interaktiv o`qitish o`qituvchidan bilimlarini uzluksiz yangilab borishni talab etadi. MO`Tning texnik amalga oshirilishi o`zida bir muncha murakkab dasturiy apparatlar majmuasini aks ettiradi (1.1.1-sxema).


Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin