Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish
MAVZU:TA’LIM MENEJMENTINI O’QITISHDA MASOFAVIY TA’LIMDAN FOYDALANISH YO’LLARI
Kirish
§1. Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitishning hozirgi holati va muammolari
§2. . Ta’lim menejmentini masofaviy kurslarni yaratishning kontseptual asoslari
§3. . Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitishda qo`llaniladigan texnik vosita va texnologiyalar
§4. . Ta’lim menejmentini masofaviy ta`limga mo`ljallangan texnik vositalar
Xulosa
Adabiyotlar
Texnika xavfsizligi qoidalari
Kirish
Mustaqillikka erishilgandan keyin barcha sohalardagi kabi ta`lim tizimida ham jiddiy islohatlar amalga oshirildi, ta`limning sifatini yaxshilashga kirishildi.
“Yosh avlod tarbiyasining muhim jihatlaridan biri, Prezident Islom Karimov Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi XIV yig’ilishida so`zlagan nutqida qayd etganidek, ularning qalbi va ongiga, kundalik turmush tarziga ota-bobolarimizdan qolgan bebaho meros, milliy urf-odat va an`analar”[1]ning mazmun-mohiyatini tushuntirish va singdira borishdan iborat.
Jamiyatning barcha qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni yuksak ma`naviyat va ma`rifat sohibi qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalasidir.
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatimizning rivojlangan davrida avvalgi metodik qo`llanmalarbilan cheklanib qolmasdan, unga fan-texnika yangiliklari, Internet va yuksak texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanganholda, ta`lim jarayonini тinglovchilari uchun yanada qiziqarli va mazmunli qilib o`tish maqsadga muvofiq. Respublikamizda bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Internet tarmog`ini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Shunga ko`ra, ta`lim tizimidagi o`quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari bilan birga kasb ta`lim yo`nalishiga tegishli fanlarining o`qitilishi ham davr talabi bo`lib qolmoqda.
Masofadan o`qitish usulida o`qituvchi bilan talaba bir-biridan masofa bilan ajralgan bo`lsa ham, doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o`qitishni nazorat qilishning alohida usuli bo`ladigan elektron pochta va Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |