Mavzu: ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydalanish yo’llari kirish


Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitishning kontseptual asoslari



Yüklə 66,65 Kb.
səhifə8/18
tarix22.12.2023
ölçüsü66,65 Kb.
#189577
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Mavzu ta’lim menejmentini o’QITISHDA MASOFAVIY ta’limdan foydal-fayllar.org



Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitishning kontseptual asoslari

Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitish tizimi uzluksiz ta`lim tizimida kunduzgi, sirtqi, eksternat o`qitish tizimlari qatorida ko`rilishi kerak. Pedagogikaning asosiy tamoyillarini o`zida aks ettiradigan shaxsiy yo`naltirilgan yondoshuv dunyo pedagogik jamoalari tomonidan zamonaviy ta`lim tizimlarining barcha shakllari uchun tan olingan. O`qitish markazida o`qitish jarayoni emas, talabaning shaxsiy imkoniyatlari va qobiliyatidan kelib chiqadigan bilish faoliyati, o`rganish turadi. O`qituvchining faoliyati talabalarning mahsuliy faoliyatining tashkil etilishiga yo`naltirilgan bo`lishi kerak. Binobarin, ta`lim tizimining asosiy maqsadi shaxsning intellektual va ma`naviy rivojlanishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, axborotlar bilan ishlashni o`rgatishdir.


Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitishdagi shaxsiy yo`naltirilgan yondoshuv Internet taqdim etayotgan ajoyib imkoniyatlarga suyangan holda o`quv jarayonining ta`lim darajasini sezilarli oshiradi.
Ta’lim menejmentini masofaviy o`qitish jarayonini shunday pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish lozimki, talabalarning quyidagi imkoniyatlari shakllansin:
  • aniq ilmiy yoki amaliy muammolarni echishga tadbiq eta oladigan zaruriy fundamental bilimlarni olish;


  • bilish faoliyati jarayonida kelib chiqqan muammolarni do`stlar bilan hal etish;


  • qo`yilgan masalalarni echish uchun zarur bo`lgan qo`shimcha axborot manbalari bilan ishlash;


  • barcha mavjud muammolarni bartaraf etish, egallangan bilimlarni amaliyotda qo`llash;


  • Internet texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil kuzatishlar olib borish;


  • o`z bilim darajalarni, erishilgan yutuqlarini baholash imkoniga ega bo`lish, o`z faoliyatini to`g`rilay olish.


Bir tomondan, barcha aytilganlar tanqidiy fikrlashni shakllantirishni keltirib chiqaradi. Boshqa tomondan, shunday pedagogik texnologiyalarni va tashkiliy shakllarni tanlash talab etiladiki, yuqorida keltirilgan o`qitish shartlarining tadbiqi


tanqidiy fikrlashning shakllanishiga xizmat qilsin. Tanqidiy fikrlash tushunchasiga to`xtalamiz. Uni qisqacha qilib shunday ta`riflash mumkin: «ketma-ket argumentlashtirilgan, maqsadga yo`nalgan o`ylash». Tanqidiy fikrlash bir nechta omillar bilan xarakterlanadi:
  • aqliy va ixtiyoriy boshqa faoliyatni rejalashtirishga intilish;


  • dogmatizmning qarama-qarshisi bo`lgan egiluvchanlik;


  • chidamlilik, maqsadga erishishdagi ketma-ketlik;


  • o`z-o`zini to`g`rilashga tayyorgarlik.


Zamonaviy komp`yuter didaktik dasturlari (elektron darsliklar, komp`yuter topshiriqnomalari, o`quv qo`llanmalari, gipermatnli axborot-ma`lumot tizimlari, arxivlar, kataloglar, ma`lumotnomalar, entsiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor dasturlar) bilimlarning ko`p sohalari kesishuvidan kelib chiqqan mul`timediya -texnologiyalari asosida yaratiladi.


Rangli komp`yuter animatsiyalaridan, yuqori ishlanadi. Sifatli grafika, videokator, sxemali, formulali, ma`lumotnoma (yordamchi prezentatsiyalari)dan foydalanish - o`rganilayotgan kursni dinamik tasvirlarning ketma-ket yoki tarmoqlangan zanjiri tarzida namoyish etish imkonini beradi. Mul`timediya - tizimlar didaktik materialni uzatishni yuqori darajada qulay va ko`rgazmali bo`lishini ta`minlaydi, bu o`rganishga qiziqishni orttirish va bilimlardagi bo`shliqlarni to`ldirishga xizmat qiladi.
Mul`timedia kurslari uchun umumiy bo`lgan quyidagi talablarni olish mumkin:
  1. fanga kirish (tarixi, predmeti, dolzarbligi, mutaxassislik bo`yicha dasturning boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va o`rni);


  2. fan (kurs) bo`yicha o`quv dasturi;


  3. fanni o`rganishning maqsad va vazifalari;


  4. kursni mustaqil o`rganish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar;


  5. mundarija;


  6. bo`limlar bo`yicha tuzilgan asosiy mundarija;


  7. bo`limlar bo`yicha nazariy va amaliy ma`lumotlar, testlar, savollar, trening uchun javoblari bilan mashqlar;


  8. yakuniy test;


  9. mustaqil ishlash uchun amaliy topshiriqlar;


  10. katta bo`lmagan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mavzular (mini-ITI);


  11. terminlarning izohli lug`ati;


  12. qisqartma va atamalar ro`yhati;


  13. xulosa;

  14. adabiyotlar ro`yxati(asosiy, qo`shimcha, fakul`tativ);

  15. kursning mavzulari bo`yicha darsliklardan, jurnallardan olingan va ilmiy maqolalar lavhalarini o`z ichiga olgan xrestomatiya (dayjest);


  16. qo`llanmaning muallifi haqida qisqacha ma`lumot.



Yüklə 66,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin